Asosiy qoidalar


-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish, ekspert tekshiruvi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

447-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish, ekspert tekshiruvi
uchun namunalar olish
Sud tergovida tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish va ekspert tekshiruvi uchun
namunalar olish ushbu Kodeksning 
125 — 131

153 — 156

188 — 197-moddalarida 
nazarda tutilgan
qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va
o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidirlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud ushbu harakatlarni o‘tkazishda ko‘maklashishni surishtiruvchi yoki tergovchidan talab
qilishga haqlidir.
(447-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish hamda namunalar olish jarayoni va
natijalari, shuningdek mazkur sud harakatlarining yuritilishi munosabati bilan bildirilgan iltimoslar,
mulohazalar va tushuntirishlar sud majlisining bayonnomasida qayd qilinadi.
448-modda. Sud tergovining tamomlanishi
Barcha dalillar tekshirib chiqilganidan keyin raislik qiluvchi taraflardan ular sud tergovini
to‘ldirmoqchilarmi va to‘ldirmoqchi bo‘lsalar, nima bilan to‘ldirmoqchi ekanliklarini so‘raydi. Basharti
bu haqda iltimos qilinsa, sud uni muhokama qiladi va hal etadi.
Iltimoslarni qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha harakatlar bajarilganidan so‘ng
raislik qiluvchi sud tergovini tamom bo‘lgan deb e’lon qiladi.
53-bob. TARAFLARNING MUZOKARASI VA SUDLANUVChINING OXIRGI SO‘ZI
449-modda. Taraflar muzokarasining mazmuni va tartibi


Sud tergovi tamomlanganidan so‘ng sud taraflarning muzokarasini eshitishga o‘tadi.
Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi. So‘ngra
jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi,
sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so‘zga chiqadi.
Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, shuningdek himoyachi va jamoat
himoyachisining so‘zga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi.
Taraflar o‘zlarining nutqlarida sud tergovida ko‘rib chiqilmagan dalillarni keltirishga haqli
emas. Tekshirish uchun sudga yangi dalillarni taqdim etish lozim bo‘lsa, taraflar sud tergovini
yangidan boshlash to‘g‘risida iltimos qilishlari mumkin.
Davlat ayblovchisi sud tergovining yakunlarini inobatga olib, o‘z nutqida sudlanuvchining
aybliligi yoki aybli emasligi to‘g‘risidagi xulosasini asoslantirishi lozim. Davlat ayblovchisi sudlanuvchi
aybli degan xulosaga kelganda, unga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan jazo turi va me’yori haqida
sudga o‘z fikrini bayon qiladi.
Taraflar nutq so‘zlab bo‘lganlaridan keyin, ulardan har biri boshqa tarafning nutqlarida
aytilgan masalalar yuzasidan e’tirozlar yoki mulohazalar bilan yana bir martadan so‘zga chiqishlari
mumkin. So‘nggi e’tiroz bildirish huquqi hamisha himoyachi va sudlanuvchiga beriladi.
Sud taraflarning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin emas, lekin
raislik qiluvchi muzokarada ishtirok etayotgan shaxslarning nutqlarini, basharti ular ko‘rilayotgan
ishga daxli yo‘q holatlarga taalluqli bo‘lsa, to‘xtatib qo‘yishga haqlidir.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish