443-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari
bayonnomalarini tekshirish
Taraflarning iltimoslariga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra raislik qiluvchi, xalq
maslahatchilaridan biri yoki sud majlisining kotibi surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qo‘shib
qo‘yilgan, ish uchun ahamiyatli bo‘lishi ehtimol tutilgan yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini
va tergov harakatlari bayonnomalarini o‘qib eshittiradi.
Sudning talabiga ko‘ra yoki boshqa shaxslarning tashabbuslari bilan taqdim qilingan
hujjatlarni sud o‘qib eshittiradi va taraflarga taqdim qiladi, ular esa shu hujjatlarning ishga
ahamiyati bor-yo‘qligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon qiladilar. So‘ngra sud hujjatlarni ishga qo‘shish
yoki tegishliligiga qarab qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
444-modda. Ko‘zdan kechirish
Sud ko‘zdan kechirishni ushbu Kodeksning
135 — 141-moddalarida
nazarda tutilgan talablarga
va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Sud surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qo‘shilgan ashyoviy dalillarni, shuningdek
taraflar va boshqa shaxslar bevosita sud muhokamasida taqdim etgan narsalarni sud majlisi zalida
taraflarning ishtirokida ko‘zdan kechiradi. Sud ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga ekspertlarni,
mutaxassislarni, guvohlarni ham jalb etishi mumkin.
Sud joy, binolar, inshootlar, xonalarni, shuningdek sud majlisi zaliga keltirib bo‘lmaydigan
transport vositalari va boshqa obyektlarni ular turgan joyga borib ushbu moddaning
ikkinchi
qismida
nazarda tutilgan shaxslar ishtirokida ko‘zdan kechiradi.
445-modda. Guvohlantirish
Sud tergovida guvohlantirishni sud ushbu Kodeksning
142 — 147-moddalarida
nazarda
tutilgan talablarga hamda quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Guvohlantirish yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lsa, alohida xonada shifokor yoki
boshqa mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida
o‘tkaziladi. Guvohlantirish o‘tkazib bo‘linganidan so‘ng protsessning mazkur ishtirokchilari sud
majlisi zaliga qaytib kiradilar va u yerda taraflarning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning
ishtirokida shifokor yoki boshqa mutaxassis guvohlantirilgan shaxsning badanida izlar yoki belgilar
aniqlangan bo‘lsa, shu xususda axborot beradi hamda taraflarning, sudyalarning savollariga javob
beradi. Bu ma’lumotlar, shuningdek guvohlantirilgan shaxsning hamda xolislarning mulohaza va
tushuntirishlari sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi va ular shifokorning, boshqa
mutaxassisning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |