Asosiy qoidalar


-modda. Protsessual majburlov choralari qo‘llanganda muddatlarni hisoblash



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

315-modda. Protsessual majburlov choralari qo‘llanganda muddatlarni hisoblash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxsni ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i va tibbiy muassasaga joylashtirishda
muddat ushbu choralar amalda qo‘llanilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Ushbu Kodeksning 
226
,
245 
va 
268-moddalarida 
ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, shaxs darhol ozod qilinishi lozim.
(315-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni qabul qilishga
vakolatli shaxsga topshirilgan yoxud xabar qilingan bo‘lsa, muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi.
Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar pochtaga topshirilgan bo‘lsa,
qamoqda saqlanayotgan yoxud tibbiy muassasadagi shaxslar uchun esa, dastlabki qamoq yoki
tibbiy muassasa ma’muriyatiga topshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tgan deb hisoblanmaydi.
316-modda. Muddatni uzaytirish
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar unda nazarda tutilgan hollardagina uzaytirilishi
mumkin.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki
sudning ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat protsessning
manfaatdor ishtirokchisi qilgan iltimosga binoan muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi,
prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
317-modda. Muddatni tiklash
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi,
prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash
haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror
qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat
qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
Belgilangan muddat o‘tkazib yuborilgandan so‘ng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning
ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash
haqidagi masala hal qilinguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish