Asosiy qoidalar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

268-modda. Sud ajrimi
Sudya shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib,
shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni
rad qilish haqida ajrim chiqaradi.
Sudning shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi ajrimida: tibbiy muassasaga
joylashtiriladigan shaxs haqidagi ma’lumotlar; uning protsessual holati; shaxs joylashtirilayotgan
tibbiy muassasaning nomi; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; ehtiyot chorasi
to‘g‘risidagi qaror, zarur hollarda esa, shaxsni mazkur muassasaga ko‘chirish to‘g‘risidagi farmoyish
ko‘rsatiladi.
Sudya ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi
iltimosnomani ko‘rib chiqib, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish
haqida yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risida
ajrim chiqaradi.
Ushbu moddaning 
birinchi 
va 
uchinchi qismlarida 
nazarda tutilgan sud ajrimi o‘qib
eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa
himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi.
Ushbu moddaning 
birinchi 
va 
uchinchi qismlarida 
nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan
mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga
joylashtirilayotgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va
qonuniy vakil tomonidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest
bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq
sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat
yoki protest berilishi sud ajrimining ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu
materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki
soatdan kechiktirmasdan ko‘rib chiqishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi
protsessual majburlov chorasini qo‘llashga yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi


muddatini uzaytirishga yoxud mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli.
(268-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli 
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish