Asosiy qoidalar


-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoki ayblanuvchining



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

267-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoki ayblanuvchining
tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki
tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy
sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud tibbiy muassasaga
joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar
mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi,
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning
sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
(267-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida,
materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida ko‘rib chiqiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi,
shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, o‘ziga nisbatan ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy
muassasaga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilayotgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi
jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati, qonuniy vakillar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Tibbiy


muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar uning sog‘lig‘i imkon bersa, sud majlisida qatnashishga
haqli. Zarur hollarda surishtiruvchi yoki tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
(267-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning
kelmaganligi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
uchun monelik qilmaydi.
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash
zaruratini asoslab beradi. So‘ngra tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar u sud majlisida
ishtirok etayotgan bo‘lsa, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim
qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma
surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joyda yoki tibbiy muassasa joylashgan yerda, ushbu
moddada nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(267-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani
ko‘rib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual
normalarga va talablarga rioya etilganligini hisobga oladi.
(267-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli 
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish