Surishtiruvchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga
va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga;
jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida
ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida
ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror
qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar
bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida
yozma topshiriqlar berishga; boshqa
surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar
tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish,
majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning
ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov
harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi
ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida
iltimosnoma
berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning
240
va
243 -moddalariga
muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini
to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida,
shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga,
shuningdek mazkur
protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan
tartibda bekor qilishga; murdani
eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar
berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga;
amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish
haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
(38 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Surishtiruvchi surishtiruvning yo‘nalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul
qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oldingi
tahrirga qarang.
Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi
ehtiyot chorasini qo‘llash uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash pasportning
(harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish
haqidagi, ayblanuvchini
lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish
tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini
qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish
haqida prokurorga taqdimnoma kiritish to‘g‘risidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish
haqidagi, tugallangan ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga rozi
bo‘lmasa, o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni
yuqori turuvchi prokurorga
taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning
ko‘rsatmasini o‘z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo‘yicha surishtiruv yuritishni boshqa
surishtiruvchiga topshiradi.
(38 -moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Surishtiruvchining o‘z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma
topshiriqlari va chiqargan
qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor
shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
(38 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: