tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida
shikoyat qilishga haqli.
254 -modda. Amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport (harakatlanish hujjati) o‘rniga yangi
pasport(harakatlanish hujjati) berish
Oldingi
tahrirga qarang.
Ayblov hukmi chiqarilganda
yoki ushbu Kodeksning
84-moddasi
asosida aybdorlik
to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining,
tergovchining,
prokurorning yoki sudning qaroriga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasport
(harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.
(254 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
29-bob. LAVOZIMDAN ChETLAShTIRISh
Oldingi
tahrirga qarang.
255-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari va
muddatlari
Basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish joyida qolsa, jinoyat ishi bo‘yicha
haqiqatni
aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga to‘sqinlik qiladi yoxud
jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa,
ular lavozimidan
chetlashtirilishi mumkin.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan
tartibda, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning
423
,
438-moddalarida
nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish
mazkur protsessual majburlov
chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlar bekor bo‘lguniga qadar o‘tgan vaqt mobaynida
qo‘llaniladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov
chorasi qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud
tomonidan bekor qilinadi.
(255-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llash
rad qilingan
yoki u bekor qilingan taqdirda, aynan o‘sha ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala
bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga lavozimdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladigan yangi
holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.
(255-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: