476
sislari, biznes foydalanuvchilari va kompaniya rahbari
yuqori darajadagi har xil
tahlillar hamda kuzatilgan jarayonlardan kelib chiqqan boshqaruv yoki bozor
sohasidagi qarorlarni qabul qilishda foydalanishlari mumkin.
BI
tizimi tashkilotga
ko’rinishni, samaradorlikni yaxshilashga va javobgarlikni mustahkamlashga
yordam beradi.
BI
ning kamchiliklari shundaki, bu ko’p vaqt talab qiladigan va
juda murakkab jarayon hisoblanadi.
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHIDA AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Z.X. Nosirova (o’qtuvchi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
)
J.Ravzatov
(magistrant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU)
Hozirgi davrda ijtimoiy hayotning har bir sohaga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining keng joriy etilishi natijasida raqamli iqtisodiyotning roli
yildan-yilga ortib bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning yaralishi va taraqqiy etishi
yangi texnologiyalarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu ikki
mavzuni bir-biridan ajratish mumkin emas. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish
raqamli iqtisodiyotni qurish uchun zarur negizni yaratadi. Qaysi sohaga nazar
tashlamang, “raqamli” so‘ziga duch kelamiz.
Sohani rivojlantish, uning kelajagini
o‘ylash, unga eng so‘nggi rusumdagi texnik-uskunalarni, dasturiy mahsulotlarni
joriy qilmasangiz, ishchi-xodimlar uchun kundan-kun qulay shart-sharoit yaratib
bermasangiz, imkoniyat darajasida faoliyatingizda
inson omilini kamaytirib
bormasangiz, raqobatga bardosh berolmay, o‘z-o‘zidan chetga chiqib qolasiz.
Raqamlashtirish
bu hayotning turli sohalariga, jumladan iqtisodiyot,
ta’limning barcha bosqichlari, madaniyat,
tibbiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi,
xizmat ko‘rsatish va boshqa jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy qilishdir.
Raqamli iqtisodiyot esa raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va
elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat
natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar va xizmatlar
yig‘indisi. Raqamli iqtisodiyotining izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim
omili zamonaviy AKT-infratuzilmani yaratishdir. Axborot-texnologik
platforma-
larda faoliyat ko‘rsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa
shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda.
Raqamli iqtisodiyot jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan,
iqtisodiyot
sohasida ham muhim rol o‘ynaydi. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish jarayoni
iqtisodiyotda qo‘shimcha qiymat yaratishning barcha bosqichlarida zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internetni joriy etish hisobiga yangi
texnologik darajaga o‘tish bo‘yicha kompleks vazifalardir. Davlatning raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va
umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi.
477
Raqamli texnologiyalar tomon burilishga butun jahon internet tarmog‘i
va sifatli
aloqaning rivojlanishi sababchi bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga
buyurtma berish uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Agar e'tibori-
mizni jahon hamjamiyatiga qaratadigan bo'lsak, bugungi zamonaviy-iqtisodiy
rivojlanish
va raqabatbardoshligini oshirish dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojla-
nishning qaysi modelini tanlamasin mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jaligidagi
mavqei va o’rni uning raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Xalqaro
iqtisodiy raqobat texnik taraqqiyotning eng muhim omili hisoblanadi va uning
ta’sirida ishlab chiqarish, boshqaruv texnologiyalarining doimiy yangilanib borish
jarayoni davom etadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari
yangilanadi va sifati
ortib boradi. Raqobatbardoshlik deganda odatda tovar ishlab chiqaruvchilarning
minimal rentabellikni ta’minlovchi narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab
chiqarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi. Shuningdek, turli internet do‘konlar,
elektron to‘lov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda. Faqat hozirgi kungacha
foydalanuvchilar katta xarajatlar talab qilmaydigan
kichik bitimlarni amalga
oshirmoqdalar, o‘rtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emaslar.
Endigi masala o‘rtacha va yirik iqtisodiy bitimlar va moliyaviy operatsiyalarni
raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: