23
avvalgi 9-8 asrlarda Qadimgi YUnonistonda jismoniy
tarbiya tizimi yaratildi va
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Maxsus maktablarda tajribali o‘qituvchilar kurash,
shuningdek qisqa masofalarga yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va disk
uloqtirishdan tashkil topgan dastur bo‘yicha bolalar tayyorgarligiga alohida e’tibor
berganlar. SHu bilan birga shug‘ullanuvchilar qo‘l
jangini olib borish, toshlar
uloqtirish malakasini egallab borganlar.Kurashning boshqa jismoniy mashqlari
bilan bir qatorda san’atga tenglashtirilishi o‘sha davrning o‘ziga xos xususiyati edi.
Kurash bilan o‘sha davrning yirik vakillari-olimlar,
shoirlar, davlat arboblari,
sarkardalar shug‘ullangan. Qadimgi YUnoniston Olimpiya o‘yinlari vataniga
aylandi (e.a.766 y). Birinchi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kurash mustaqil sport turi
bo‘lib (e.a.708 y.dan boshlab) kiritilgan. O‘sha davrdagi ko‘pgina taniqli arboblar-
matematik Pifagor, faylasuf Evripid va Aflotun, Suqrot hamda boshqalar Olimpiya
o‘yinlari g‘oliblari bo‘lishgan.
Dzyu-do
YAponcha djiu-djitsu kurashi zamonaviy dzyudo asosi hisoblanadi. Uning
afsonaviy imkoniyatlari XIX asrning oxirida shakllandi. Bu qurolsiz qo‘l
jangini
olib borish usuli Evropaga eng rivojlangan davrda kirib keldi. Doktor Dzigaro
Kano zamonaviy dzyudoning asoschisi hisoblanadi. Dzyudo kurash, ya’ni–
“yumshoq yo‘l” deb nomlandi. Kano 1882 yil universitetni tamomlab, Tokioning
Eyse ibodatxonasida birinchi dzyudo maktabi-“Kadokan”ni ochdi.
Dzyudo asoschisining hisoblashicha, bu sport
turi usullarini mukammal
o‘rganish bilan, kuchli, lekin epchil bo‘lmagan kishi ustidan g‘alabaga erishish
mumkin. Dzyudoda eng asosiysi – bu kuch emas, balki yuqori mahorat,
takomillashgan bellashuv texnika va taktikasidir. Dzyudo bo‘yicha
birinchi
musobaqalarda ishtirokchilarning vazn toifalariga qarab bo‘lmaganlar.
Sambo
XX asrning 30 yillarida Rossiyada yangi kurash turi – sambo shakllana
boshladi. Ushbu sport turining paydo bo‘lishi va rivojlanishida V.S.Oshchepkov
va A.A.Xarlampievlar tashabbus ko‘rsatadilar. Sambo kurashi texnik-taktik
tavsiflariga ko‘ra dzyudo kurashiga yaqin. Sambo kurashining asoschilaridan biri
24
V. Oshchepkov dzyudo kurashini YAponiyadagi “Kadokan” maktabida o‘rgangan.
Uning rahbarligi ostida 1931 yilda yangi kurash turini o‘rganish boshlandi. YAngi
kurash turida V.Oshchepkov kurashchilar kiyimini o‘zgartirdi.
U yaponcha
kurashdagi an’anaviy shim va kimonodan voz kechdi, ularni sport kalta shimi
hamda maxsus kurtka bilan o‘zgartirdi. V. Oshchepkov sport oyoq kiyimini ham
o‘zgartirib,
yunon- rum kurashidagi kabi, lekin qirg‘og‘i yumshoq poyabzallarni
kiritdi. Texnik harakatlardan tashlashlar va oyoqlardan ushlab olib qoqish hamda
oyoqlarga og‘riq beruvchi usullarni kiritdi. SHu bilan birga bo‘g‘ib ushlab olish
usullarini bekor qildi. YAngi kurash turi 1938 yilda tan olindi.
Ushbu kurash
turining nomi bir qator o‘zgartirishlardan so‘ng 1947 yilga kelib rasmiy ravishda
“Sambo” deb ataldi. U so‘zlarning qisqartirilmasidan hosil qilingan bo‘lib,
“samozashita bez orujiya” - “qurolsiz o‘z-o‘zini himoya qilish” demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: