124
4.4. Kurash mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish
Kurash mashg‘ulotlari va musobaqalar jarayonlarida
jarohatlanishlar sodir
bo‘ladi. Jarohatlanishlarning sabablari quyidagicha. Organizmni etarli darajada
qizdirmaslik. Jismoniy yuklamalarni jismoniy tayyorgarlik darajasi, yosh va jins
ko‘rsatkichlarga muvofiq kelmasligi. Og‘ir jismoniy yuklamalardan so‘ng dam
olish tadbirlarini yaxshi tashkil etilmasligi. Kurashchilar organizmida kasalliklarni
mavjudligi. Kurashchilarni tayyorgarligida dori vositalardan o‘zboshimchalik
bilan
foydalanish.
Kurash mashg‘ulotlari va musobaqalarida sodir bo‘ladigan jarohatlanishlar
xaqida nazariy bilimlar berib borish kerak. Lat eyish, muskullarni cho‘zilishi va
ezilish tufayli sodir bo‘ladi. Lat egan joy mayda qon tomirlari yoriladi, qon to‘ladi,
ko‘karish sodir bo‘ladi. Qattiq og‘riq bo‘lib, terida issiqlik paydo bo‘ladi. Tez
yordam: sovuq suvga tutish, muz qo‘yish, og‘riq
qoldiruvchi dori ichish,
shifokorga murojaat qilish.
Pay cho`zilishi noto‘g‘ri harakatlar hamda og‘ir jismoniy yuklamalar ta’sirida
yuz beradi. Pay cho‘zilganda shish paydo bo‘ladi. Qattiq og‘riq bo‘lib,
terida
issiqlik paydo bo‘ladi. Tez yordam: sovuq suvga tutish, muz qo‘yish, og‘riq
qoldiruvchi dori ichish, siqib bog‘lash, shifokorga murojaat qilish kerak.
Suyaklarni sinishi kurash harakatlarida xavfsizli koidalariga rioya qilmaslik
oqibatida sodir bo‘ladi. Suyakni ochiq va yopiq sinish shakllari mavjud. Suyakni
ochiq sinishida muskullar va teri butunligi zararlanib, qon ketishi sodir bo‘ladi. Tez
yordam: jarohatdan qon ketish to‘xtatiladi, zararsizlantirish dorilar qo‘llaniladi.
Jarohat bog‘lanadi. Suyaklar harakatsizligini ta’minlash uchun taxtakach bilan
bog‘lanadi. Jarohat yuzasi ochiq qoldiriladi. Og‘riq qoldiruvchi dori beriladi. Tez
tibbiy yordam chaqiriladi.
Suyaklarni yopiq sinishida muskul va yumshoq to‘qimalar zaralanmaydi.
Kurashda qo‘l,
oyoqlarni sinishi, qovurg‘a, o‘mrov suyagini sinishi hamda kam
holatda son suyagi va umurtqa pog‘onasini sinishi uchraydi. SHuningdek
bo‘g‘imlarni chiqish holati ham ko‘p uchraydi, asosan qo‘lning chig‘anoqdan,
elkadan va oyoqlarni to‘piqdan va tizzadan chiqish holatlari ko‘p bo‘ladi. Tez
125
yordam: Sovuq suvga tutish, muz qo‘yish, og‘riq qoldiruvchi dori ichish, siqib
bog‘lash kerak, Suyaklar harakatsizligini ta’minlash uchun taxtakach bilan
bog‘lanadi. SHifoxonaga olib boriladi.
Terini yirtilishi – kurashchilarning to‘qnashuvi, yoki gilamga surkalishi
hamda jixozalardagi mashqlarda sodir blishi mumkin. Terining ochiq jarohatlari
paydo bo‘ladi. Tez yordam: Terini
antiseptik vositalar spirt, brilliant ko‘ki yoki
yod eritmasi bilan tozalanadi. Bog‘lov qo‘yiladi.
Miyaning chayqalishi kurashchilar bosh bilan qattiq to‘qnashilganda yoki
bosh bilan yiqilganda sodir bo‘ladi. Belgilari kurashchi boshi aylanib yiqiladi,
xushsiz bo‘lib qoladi, ko‘ngli aynib, qusadi. Nafas olishi va yurak urishlar soni
tezlashadi. Tez yordam: yotqizib qo‘yiladi, gavdasiga, bo‘yniga va bosh sohasiga
muz yoki sovuq suvga shimdirilgan sochiq qo‘yish mumkin.
Tez tibbiy yordam
chaqiriladi.
Jarohatlanishlar murabbiyning nazariy va amaliy bilim saviyasi pastligi,
kurashchilarni mashg‘ulotda jiddiy ishtirok etmaganligi, razminka mashqlar etarli
darajada bajarilmaganligi, kurashchining surunkali
kasalliklari mavjudligi,
bajarilayotgan mashqlar va jismoniy yuklamalar shug‘ullanuvchining jismoniy
tayyorgarliklari, yosh va jins ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lmasligi, jismoniy
mashqlar va harakatlarni bajarish va o‘rganishda texnika xavfsiligi qoidalariga
rioya qilmaslik, kurash honalari tibbiy gigienik
hamda texnik talablarga mos
bo‘lmasligi sababli sodir bo‘ladi.
Kurash mashg‘ulotlarida jarohatlarni o‘rganishda asosiy ko‘rsatmalar va
tavsiyalar hamda holatlarni o‘rganish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: