3.5. Sport kurash turlari texnikasi va taktikasiga o‘rgatish
Kurashchilarni 3 xil turish texnikasiga o‘rgatish:
Baland turish. Kurashchi o‘ng oyog‘i oldida chap oyog‘i orqada, tizza sal
bukilgan xolda, qo‘llar ko‘krak oldida bo‘ladi.
O‘rta turish. O‘ng oyoq yoki chap oyoq oldinga tizza bukilgan xolda, orqa
oyoq ham bukilgan xolda bel egilib, gavda qismi belda bir oz balandroq turadi.
Past turish. Bunda kurashchini oyoqlari bukilgan xolda tizzasi gilamga
tegishiga bir oz qoladi. Bel va gavda qismi ham o‘ta egilgan xolda kurashchi
harakatlanadi. Parterda 3 xil turishda bo‘ladi. YUqori parter, O‘rta parter, Past
parter. Har bir turishning qoidasi bor.
Sportcha kurashda kurashchi raqibni chalg‘itib bir harakat bilan uni oyog‘i,
qo‘li, yoki bo‘ynidan, qo‘ltig‘i tagidan, belidan mahkam ushlab olib shu ushlagan
joyidan unga xujum bilan usul qo‘llaydi. Kurashchi qadam tashlab raqibni qo‘ltig‘i
92
tagidan o‘tib raqibni parter holatiga tushiradi. Raqibni kurashchi bo‘ynidan va
elkasidan kuchli siltash bilan parterga tushirib o‘zi tezda orqasiga o‘tib oladi.
Kurashchi raqibni oyog‘idan ushlab o‘ziga qulay tomonga ag‘daradi yoki usul
bajaradi.
Zarb bilan uloqtirish natijasida kurashchi gavdasi va qo‘li bilan raqibni
ag‘daradi. Qayirib uloqtirish–bunda raqib o‘z bo‘yi o‘qi atrofida buriladi. Elkadan
oshirib uloqtirish usulda raqibni qo‘li yoki oyog‘i, boshi va qo‘ltig‘i tagidan ushlab
olib elkalardan oshirib gilamga tashlaydi. Orqadan oshirib burilib uloqtirish usulda
kurashchi raqibga orqasi bilan burilib bel tos yordamida raqibni oldinga yiqitadi.
O‘tirib usul bajarishda – kurashchi raqibni qo‘lidan ushlab oyoq orasidan qo‘lini
o‘tkazib cho‘kkalab olgan xolda raqibni ko‘tarib gilamga yiqitadi.
Kurashchi raqibni xujumiga va yo‘nalishiga qarab unga qarshi usul bajaradi.
O‘tirgan xolda (parterda) bunda kurashchi gilamga o‘tirib raqibga oyog‘ini tirab
keyin orqasi bilan dumalatib, uni o‘zini ustidan oshirib yuboradi. Raqibni qo‘lini
elkasidan ushlab bir qo‘lni qo‘ltig‘i tagidan o‘tkazib teskari o‘tirib belidan va
elkasidan oshirib uloqtiradi. Kurashchi avvalo raqibni soxta va aldov harakatlar
bilan harakat qilib chalg‘itadi.
Kurashchi raqibga bir usul harakatini boshlab 2- usulni bajarishi bilan fint
ishlatadi. Kurashchi raqibga o‘ng tomondan xujumni boshlab chap tomonga usul
bajarish bilan raqibni muvozanatdan chiqaradi. Bir usulni harakatini yarmini
boshlab raqibni qarshiligini va uning tayyorgarligini razvedka qilib oladi. Takroriy
xujumni ketma-ket bajarib, oxirgi harakat xal qiluvchi, qolganlari esa aldamchi
harakat xisoblanadi.
Kurashchi raqibini oyog‘i, qo‘li, beli, boshi va gavdasi bilan to‘sib uni
harakatini sustlashtiradi. Bunda kurashchi raqibni belidan, oyog‘idan bo‘yin
orqasidan qo‘lidan ushlab to‘sib unga harakat qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Raqibni
qulochidan chiqishda uni bog‘lamini tez harakatlar bilan uzish zarur. Bunday
holatda oldinga, orqaga, yoki chapga va o‘ng yonboshlarga chiqib ketish bilan
bajariladi. Raqibini xujumini to‘xtatish uchun undan ximoya qilish bilan uni
xujumiga qarshi usul bajariladi.
93
Raqibni parter holatda yoki yotgan holatda va tik turgan holatda, belidan,
qo‘ltig‘i ostidan, belidan, oyoq yoki qo‘lidan va bo‘ynidan bir qo‘l bilan mahkam
bog‘lam bilan ushlab turiladi. Og‘riq beruvchi usullarni bajarishda bo‘g‘imlarni
qayirish, qattiq bukish yoki paylarni ezish mumkin bo‘ladi. SHunda raqib og‘riqni
xis qiladi. Qo‘ldan, oyoqdan, beldan, bo‘yindan ushlab olib qo‘l yoki oyoq
yordamida qisib og‘riq beradi.
Sambo, Dzyudo kurashida bo‘g‘ishda kimanodan yoki kiyimidan ushlab
qattiq bo‘g‘iladi. Ushlab turishda maxsus qo‘l bilan, bo‘yin yoki oyoq bilan,
bo‘yindan, boshi bilan ma’lum vaqtgacha mahkam ushlab turiladi. Bu harakatlarni
bajarishda qo‘pol harakatlar qilish man etiladi. Noto‘g‘ri bog‘lanish ham mumkin
emas. Og‘riq beruvchi usullar bajarayotganda raqibni qo‘li, oyog‘i, bo‘yni qismini
to‘g‘ri ushlab turib og‘riq berish kerak. Raqibni bir qo‘li bo‘sh bo‘lishi kerak. SHu
qo‘li bilan gilamga urib kurashni to‘xtatishni ishorasini xakamga bildiradi.
Sport kurash texnika va taktikasi – bellashuv jarayonida 15-20 ta shakldagi
harakatlar texnika va taktikasini kurashchi xujumda qo‘llaydi. Xujum yaxshi taktik
jihatdan tayyorlangan vaqtda kuch va tezkorlik ishlatiladi. Kurashchi kuchni talab
etmaydigan taktik harakatlarni qo‘llayotib kuchni tejaydi va bellashuv oxirigacha
ish qobiliyatini saqlaydi. Kurashchi chaqqon va egiluvchan bo‘lishligi uchun o‘zini
xujum yoki ximoya paytida kerakli texnik va taktik harakatlardan foydalanishi
lozim.
Kurashchini raqib qarshisidagi har bir harakati raqibga ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan: qattiq ushlash, qadamlash elka bilan surish. Qo‘ldan tortish bo‘ynidan
yoki gavdasidan mahkam ushlash kabi harakatlar kurashchini chaqqon va
epchilligidan dalolat beradi. Kurashchi oqilona texnik va taktik harakatni
qo‘llaganda jismonan kuchli bo‘lgan raqibni ham engadi. Kurashchini
muvozanatini saqlashda asosan oyoqlariga mustahkam tayanch nuqtasini yig‘ib,
gavda, bel, oyoq qo‘lini mustahkam bir meyorda ushlab turish.
Bellashuvni olib borish asosan raqib tayyorgarligiga bog‘liq. Bellashuvda
bo‘sh raqib bilan bo‘ladigan kurashda kurashchi “Sof g‘alabani” maqsad qilishi
kerak. Kuchli raqib bilan esa ochkolar bo‘yicha g‘alabaga erishish kerak.
94
Bellashuvda-Razvedka, xujum, qarshi xujum, ximoyalanish, faollikni namoyish
qilish, ustunlikni ushlab qolish, kuchni tiklash, gilam chetida ushlab olishni amalga
oshirish, xavfli holatni amalga oshirish, yuqori malakali kurashchilar uchun
xususiy tayyorgarlik bo‘lib xisoblanadi.
Kurashchi taktik va texnik tayyorgarligi yaxshi bo‘lsa u har qanday vazndagi
kurashchi bilan kurasha oladi. Og‘ir vaznli bo‘yi uzun kurashchini aldash va soxta
harakatlar bilan chalg‘itib uni charchatish kerak. Unga tez va chaqqon usullar bilan
uni chapchitish zarur bo‘ladi. Engil vazndagilar bilan kurashganda ularga aldov
harakatlar berib qo‘pollik qilmay ko‘proq qarshi usul yoki ximoyani qattiq ushlash
zarur.
Sport kurashdagi usullar: Tik turib uloqtirishlar oldinga engashib usul bo‘lib
unda raqibni qo‘lidan va belidan ushlab 180 gradus burilib belidan oshirib gilamga
uloqtiradi. Elkadan oshirib (burilib)-usul bo‘lib bunda kurashchi raqibni qo‘llari,
qo‘l va oyog‘i, boshi va oyog‘i, kiyimidan ushlab olib tutib turgan elkalardan
oshirib gilamga tashlaydi.
Uloqtirishlar: qo‘llar bilan uloqtirishlar-raqibni orqaga, oldinga, yon
tomonlarga bir zarb bilan ko‘tarib siljib muvozanat xolatidan chiqarib so‘ng
uloqtirib yiqitish. Oyoq bilan uloqtirish ich tomonidan, boldirdan, tovonini
tashqariga, ichkariga qaratib ilib uloqtirish. Gavda bilan uloqtirish: soni va
elkasidan oshirib uloqtirish, qo‘llarini ushlab olib, raqibga o‘girilib, qo‘llar bilan
uloqtirish, qo‘li va bo‘yni elkasiga qilib uloqtirish.
Ximoya harakatiga qarshi usul ishlatish bilan xujumga o‘tish yoki undan
qochish. Qulay ximoyalanib olib, qarshi xujum qilishdan iborat. Usulga ximoya
qilib o‘zini harakatidan foydalanish. Ximoya, qo‘l, oyoq va gavda bilan bajariladi.
Qarshi usullar. Raqibni bajarayotgan usuliga qarshi usul qilish yoki raqib
xujumiga qarshi xujum qilish kerak bo‘ladi. Raqibni qaysi usulni bajarishini sezib
unga qarshi usul ishlatish kerak. Qarshi uloqtirish, javob uloqtirishlari, ximoyadan
keyin uloqtirishlar bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |