O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/154
Sana13.07.2022
Hajmi6,42 Mb.
#793086
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   154
Bog'liq
GANDBOL-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

To‘pni olib qo‘yish. 
Bu muxim usul yordamida jamoaning qarshi xujumga o‘tishi 
taminlanadi. Himoyadagi o‘yinchi to‘p uzatilgan vaqtda uni olib qo‘yish maqsadida o‘zi to‘sib 
turgan xujumchining oldidan to‘pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin qo‘zg‘alishi lozim. 
To‘pni urib chiqarish.
Bu xarakat to‘p olib yurgan xujumchi bilan kurashda bajariladi. 
Himoyaga qulay payt poylab xujumchiga yaqinlashadi, to‘pni urib chiqaradi va uni egallashga 
xarakat qiladi. To‘pni urib chiqarish uni otish uchun qo‘lni orqaga uzatib, siltash xarakatini 
bajarishda ham qo‘llaniladi. Himoyachi bunday xolatda xujumchining to‘pni otmoqchi bo‘lgan 
qo‘lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo‘l kafti bilan to‘pni tushuradi.
To‘pni to‘sish.
Darvozaga yo‘naltirilgan to‘pni qarshilik ko‘rsatishda qo‘llaniladigan asosiy 
vosita xisoblanadi. YUqoridan, o‘rta va pastdan kelayotgan to‘pni bir va ikki qo‘l bilan to‘sish 
mumkin. To‘sishni bajarayotgan himoyachi qanchalik xujumchiga yaqin bo‘lsa, to‘p yo‘nalishini 
aniqlash shunchalik oson bo‘ladi. SHuning uchun himoyachi to‘pni ushlashga tayyorlanishda diqqat 
bilan xujumchini shuningdek, to‘pni kuzatishni va o‘z vaqtida to‘p otayotgan o‘yinchini to‘xtatish 
uchun chiqishi lozim. Xujumchi to‘p otishdan oldin himoyachi bevoita qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, 


154 
kaftlarini oldinga qaratib bir- biriga yaqinlashtiradi va to‘pni to‘sishda qo‘l barmoqlarini jaroxatdan 
saqlash uchun mushaklarini taranglashtiradi. 
Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog‘liq, shular orasida muximi raqiblarga kutilmagan 
vaziyatda otish yo‘nalishini va usulini o‘zgartirishdir. To‘pni ko‘zlagan joyga yo‘naltirishda, tezlik 
muxum rol o‘ynaydi- uning kuchi tezligiga bog‘liq. 
To‘p otish texnikasini bajarishda uning inersiyasi va vaznini hisobga olish zarur, to‘p otayotgan 
qo‘lining keng aplitudadagi xarakati mushaklar qisqarishiga va gavdadagi barcha mushaklarning 
qisqarishiga qulay sharoit yaratadi. Lekin o‘yinda bir necha qadamdan so‘ng, keng amplitudada 
qo‘lni silkitib to‘p otishni qo‘llash anchagina mushkul.shuning uchun o‘yinchilar va 
murabbiylarning ijodiy izlanishdan maqsadi tez otish texnikasini (xarakatni tezlashtirib, to‘p 
ilgandan so‘ng darrov sakrab va xakozo) yaratishga qaratilgan.
To’pni egalash texnikasini o’rgatish va rivojlantirish yo’llari. 
To’pni erkin holatda uloqtirish: Ikkita talaba sherik bo’lib oraliq masofa 8 m ni 
tashkil etadi, 30 sekund ichida necha marta to’ldirma to’pni bir- biriga otishi tekshiriladi. 
Belgilangan vaqt davomida to’ldirma to’pni uzatishi xisobga olinadi. Bunda belgilan chiziqdan va 
masofa saqlagan holatda harakat amalaga oshiriladi. Jarayon o’ng va chap qo’llarni almashtirib 
to’pni sherigiga uloqtirish orqali 
tezlikda bajarilishini ta`minlashi kerak. 
Mashq jarayonlarida talabalar ilish va 
uzatish mahoratini ,qo’llarni to’pga 
to’g’ri yo’naltirish orqali rivojlanishini 
ko’zda tutilgan. 
gandbolchilar maydonda 
kallona 
bo’lib 
joylashadilar. 
Ishtirokchilarning 
kalonaning 
yon 
tarafida bir ishtirokchi ikkinchisi esa 
ximoyada joylashadilar. Kalonadagilar 
to’pni yon tarafdagi ishtirokchiga to’pni 
uzatip ximoyachiga qarab yuguradilar 
yon tarafdagi ishtirokchi to’pni qabul 
qilib darxol xujumchiga qaytaradi xujumchi esa ximoyachining ustidan darvozaga to’p otadi. 
Mashq navbat bilan bajaradilar(1-rasm) 
joyda o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni baland va past darajada yerga urib olib yurish; 
har xil harakatda (o‘tirib, tizzalarni bukib, qarshi qadamlarda harakat qilib, orqa bilan 
oldinga harakat qilib, oldinga sakrash harakatlari, 180º va 360º o‘girilishlardan foyda-lanib) har xil 
usullardan foydalanib, to‘pni yerga urib olib yurish; 
1-rasim 


155 
2-rasim 
joyida to‘pni yerga urib olib 
yurib, murabbiy ishorasi yoki signaliga binoan 
oldinga 4-5 masofaga otilib yugurish va yana 
to‘pni yerga urib olish yurishni davom ettirish;
o‘tirib to‘pni yerga urib olib 
yurib, ishoradan so‘ng darxol turib otilib 5-6 
m
masofaga yugurish va yana to‘pni olib yurishni 
davom ettirish; 
Ikki 
xujumchi 
va 
ikki 
ximoyachilar 
maydodnda 
joylashadilar. 
Xujumchilarda bita to’p bo’lib ximoyachilarni aldab o’tib 
go’l urishlari lozimdir(2-rasm).
yotib (orqa bilan qorinda) to‘pni yerga urib, ishoradan so‘ng darxol turib 5-6 
m
masofaga otilib yugurish va yana to‘pni olib yurishni davom ettirish. 
Belgilangan chiziqda ikkita talaba sherik bo’lib oraliq masofa 7 m ni tashkil etadi, 
to’ldirma to’pini bosh orqasidan uloqtiradi. 30 sekund davomida mashqni amalga oshirilshi 
tekshiriladi. Bu jarayonda talaba to’ldirma to’pning og’irligini hisobga olib harakatni amalga 
oshirishi, to’pni bosh yuqorisidan to’g’ri uloqtirishi ya’ni bunda qo’llarni to’gri ko’tarish, tirsaklarni 
bukmagan holatda bosh yuqorisiga olib chiqish va uloqtirishni aniq bajarishni nazorat qilishi zarur. 
Belgilangan vaqt davomida to’ldirma to’pni uztishi xisobga olinadi. 
o‘yinchi sherigi bilan kuchsiz qo‘llarini ushlab olib, bir-birini o‘ziga tortadi va kuchli 
qo‘llari bilan to‘pni yerga urib olib yuradi (so‘ng qo‘llar almashtiriladi); 
o‘yinchi sherigi bilan to‘pni yerga urib olib yurish vaqtida baravariga bir-birini itarib 
yuborishga harakat qiladi. 
to‘psiz o‘yinchi maydon bo‘ylab erkin harakat qiladi, to‘p bilan bo‘lgan o‘yinchi 
to‘pni yerga urib olib yurib uning ortidan harakat qiladi; 
to‘psiz o‘yinchi maydon bo‘ylab erkin harakat qiladi, to‘p bilan bo‘lgan o‘yinchi 
murabbiy ko‘rsatgan 2-3-4 
m
oraliq masofani saqlab, uning ortidan harakat qiladi; 
to‘psiz o‘yinchi kutilmaganda to‘xtab qoladi, to‘p bilan bo‘lgan o‘yinchi past to‘p 
olib yurishdan foydalanib, to‘xtab qolgan o‘yinchini aylanib o‘tadi; 
To’pni yerdan dumalatish: Belgilangan chiziqdan ikkita talaba sherik bo’lib oraliq 
masofa 8 m ni tashkil etadi. Talaba o’zining sherigiga to’pni yerdan uloqtirishi zarur.To’pni 


156 
3-rasim 
uloqtirish masofasi 8 m ni tashkil etadi. 
Belgilangan vaqt, 30 sekund ichida mashq amalga 
oshiriladi. Belgilangan vaqt davomida to’ldirma 
to’pni uzatishi xisobga olinadi. 
Yarim o’rta amplua joyida bir 
ishtirokchi joylashadi va markazda bir ishtirokchi 
joylashadi. Ximoyada bir ishtirokchi joylashadi 
markazdagi ishtirokchi yarim o’rtada joylashgan 
ishtirokchiga to’p uzatib turadi yarim o’rtadagi 
xujumchi ximoyachini aldab o’tib darvozaga to’p 
otishi lozim(3-rasm) 
Aylanma harakat bilan to’pni 
uloqtirish: Belgailangan chiziq va masofada talabalar sherigi 
bilan oraliq masofani saqlab ya’ni 8 m ni hisoblab oladi.To’pni 
ko’krakdan uloqtirib ilgandan so’ng joyida turgan holatda bir marta aylanib harakatlanadi va 
to’pni yana ko’krakdan uloqtiradi. Mashq 30 sek ichida bajariladi. Belgilangan vaqt davomida 
to’ldirma to’pni uztishi xisobga olinadi.
To’pni olib yugurish: Belgilangan chiziqda ikkta to’ldirma to’p turadi oraliq 
masofasi 8 m tashkil qiladi. Talaba to’ldirma to’p yoniga kelik ishora yoki buyruqni kutadi. 
Ishoradan keyin talaba to’ldirma to’pni yerdan olib ikkinchi to’ldirma to’p tomon yuguradi va 
to’plarni almashtirib yana orqasiga yani belgilangan chiziqa yugurib borib orqasiga qaytadi. Mashq 
30 sek ichida bajariladi. Bunda belgilangan vaqt ichida talaba nechi marta belgilangan chiziqa borib 
qaytishi xisoblanadi.
Sakrab to’pni uloqtirish: To’ldirma to’pni 8 m li masofada 30 sek davomida 
sherigiga sakrab ikki qo’llab uloqtirish. Bu jarayonda talabalar to’pni ilganda o’tirib, sakrab bosh 
yuqorisidan uloqtirishi zarur. Bu oyoq harakatlarini hisobga olish ahamiyatli. Chunki to’pni ilib 
o’tirib turish, yuqoriga sakrab to’ldirma to’pni to’g’ri uloqtirish kerak. 
Sherigiga to’p uzatish. To’ldirma to’pni 3 m li masofada harakat davomida sherigiga
ikki qo’llab uloqtirish.Belgilangan masofadan turib to’pni bexato uloqtirish. Bunda to’p ko’krak 
oldidan uztiladi va ko’krak oldidan qabul qilinadi. 
Sherigiga to’pni Sakrab uzatish.Gandbol to’pini 8 m li oraliq masofada harakat
davomida sherigiga 3 qadamlam sakrab uloqtirish.bunda qadamlar soniga etibor beriladi. To’pni 
yuqoridan uloqtiriladi.Topni sherikiga tog’ri uzatish nazorat qilinishi kerak.
Sherigiga to’pni aylanib uzatish. Gandbol to’pini 3 m li oraliq masofada harakat
davomida sherigiga 3 qadamlam aylanib uloqtirish.Muvozanatni saqlab to’pni to’g’ri 
uzatish.Belgilangan masofadan chiqmaslik zarur. 


157 
Sherigiga to’pniYarim o’tirgan holda uzatish. Gandbol to’pini 3 m li oraliq masofada 
harakat davomida sherigigayarim o’tirgan holda uloqtirish.To’pni to’gri otish va bexato ushlash 
kerak. 
Sherigiga to’pni sakrab o’tirgan holda uzatish. Gandbol to’pini 3 m li oraliq 
masofada harakat davomida sherigiga sakrab o’tirgan holda uloqtirish.To’pni to’gri otish va 
bexato ushlash kerak.Belgilangan masofadan chiqmaslik zarur. 
Sherigiga to’pni yerda yumalatib uzatish. Gandbol to’pini 8 m li oraliq masofada 
harakat davomida sherigiga yerda yumalatib uloqtirish.Bunda to’gri yerdan dumalatish va to’pni 
yerdan tez va bexato qabul qilish kerak.
Sherik bilan 2 ta to’pni yerda va havodan uzatish. Gandbol to’pini 3 m li oraliq 
masofada harakat davomida sherigiga 2 ta to’pni yerda va havodan uloqtirish.Belgilangan 
masofadan chiqmaslik zarur. Biribchi to’p havoda otiladi , ikkinchisi yerdan ya’ni yerga sapchitib 
sherikiga uzatiladi. 
Sherigiga Yarim o’tirgan holda2 ta to’pni yerda va havodan uzatish. Gandbol 
to’pini 3 m li oraliq masofada harakat davomida sherigigayarim o’tirgan holda
uloqtirish.Belgilangan masofadan chiqmaslik zarur. Biribchi to’p havoda otiladi , ikkinchisi yerdan 
ya’ni yerga sapchitib sherikiga uzatiladi. 
Sherigiga to’pni yerda va havodan uzatish. Gandbol to’pini 8 m li oraliq masofada 
harakat davomida sherigiga yerdan yumalatib uloqtirish.B irinchi topyerdan uzatiladi, ikkinchisi 
esa havodan uzatiladi. Belgilangan masofadan chiqmaslik zarur.Bitta topda bajariladi. 
Sherigiga to’pni yerga sapchitib uzatish. Gandbol to’pini 8 m li oraliq masofada 
harakat davomida sherigiga yerga sapchitib uloqtirish.Bitta to’pda bajariladi.Harakatda otiladi va 
harakatda ilib oladi. Belgilangan masofadan chiqmaslik zarur.Otilgann sherikiga to’g’ri yetib 
borishi kerak. 
Sherigiga to’pni sakrab o’tirgan holda uzatish. Gandbol to’pini 8 m li oraliq 
masofada harakat davomida sherigiga sakrab o’tirgan holda uloqtirish.To’pni to’gri otish va 
bexato ushlash kerak. Belgilangan masofadan chiqmaslik zarur.Otilgann sherikiga to’g’ri yetib 
borishi kerak. 
Sherigiga to’p uzatish. Gandbol to’pni 8 m li masofada harakat davomida sherigiga
ikki qo’llab bosh orqasidan uloqtirish.Otilgan top bosh orqasidan uloqtirilib sherikining ko’krak 
qismmiga to’gri kelishi kerak.Belgilangan masofadan chiqmaslik zarur. Otilgann sherikiga to’g’ri 
yetib borishi kerak. 


158 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish