O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/154
Sana13.07.2022
Hajmi6,42 Mb.
#793086
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154
Bog'liq
GANDBOL-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

Kuchni tarbiyalash 
Kuch zamonaviy sport trinirovkasi amaliyotida sportchining eng muhim jismoniy 
fazilatlaridan biri bo‘lib xioblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada o‘yinchining maydonda 
xarakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi darajasini belgilaydi. 
Tezkorlikni tarbiyalash 
Jismoniy fazilatlardan biri bo‘lgan tezkorlik deganda, biz gandbolchining ma’lum sharoitda 
qisqa vaqt ichida, eng ko‘p xarakatlarni bajara olish qobilyatini tushunamiz. 
Chaqqonlikni tarbiyalash
Chaqqonlik – bu sportchining muvofiqlashgan va ular aniqligini bevosita kuchning va 
tezlikning yuqori darajasi ko‘rsatilishi bilan bog‘liq kompleks qobilyatidir. Muvofiqlashuv jixatidan 
murakkab xarakatlarni yaxshi o‘zlashtirish paydo bo‘layotgan vaziyatlarni to‘g‘ri baholash, 
to‘satdan o‘zgarayotgan sharoitlarga amal qilib, murakkab xarakat vazifalarni muvofaqqiyatli 
echish qobilyati bilan tavsiflanadi. Gandbolchi uchun nixoyatda muxim narsa, bu tayanchsiz 


135 
xolatda bajariladigan muvofiqlashgan xarakatlar, tez o‘zgaruvchi sharoitlarda to‘p bilan bo‘ladigan 
xarakatlar, muvozanatni saqlay bilish va arientatsiyani saqlashning a’lo darajada rivojlanishidir. 
Chidamlilikni tarbiyalash 
Chidamlilik – markaziy asab tizimining holati, funksional tayyorgarlik, jismoniy fazilatlar, 
harakatlanish malakalarining toliqishga bardosh berishi xamda psixologik turg‘unlik bilan 
belgilanadi. Chidamlilik darajasi faollik ko‘rsatgichlari va uzoq davom etgan musobaqa 
xarakatlarning samaradorligi bilan baxolanadi. 
Egiluvchanlikni tarbiyalash
 
Egiluvchaulik – bu gandbolchilarning o‘yinda uchrab turudigan xarakatlarni katta 
amplitudada bajara olish qobilyati. Bo‘g‘inlarning xarakatchanligi mushaklar va paylarning 
cho‘ziluvchanligiga bog‘liq. Shuning uchun ham dastavval barcha bo‘g‘inlarning xarakatchanligini 
oshirishga aloxida e’tibor berish kerak. 
Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlar majmuasi. 
o‘yinchilar to‘p bilan darvoza maydonining o‘ng tomonida joylashadi. Qarama-
qarshi darvozaning erkin to‘p tashlash chizig‘ida oralig‘i bir-biridan 3 
m
masofada to‘rt ustuncha 
o‘rnatiladi. Hujumchilar maydonning yon chizig‘i bo‘ylab to‘pni yerga urib olib yurib, 
ustunchalarni oralab o‘tadi va darvozabonga to‘pni uzatadi, so‘ng o‘zi qarama-qarshi darvoza 
tomon otilib yugurib darvozabon qaytargan to‘pni ilib oladi va uni yerga urib olib yurishdan 
foydalanib darvozaga otadi. 
To’pni olib yugurish: Belgilangan chiziqda ikkta to’ldirma to’p turadi oraliq 
masofasi 8 m tashkil qiladi. Talaba to’ldirma to’p yoniga kelik ishora yoki buyruqni kutadi. 
Ishoradan keyin talaba to’ldirma to’pni yerdan olib ikkinchi to’ldirma to’p tomon yuguradi va 
to’plarni almashtirib yana orqasiga yani belgilangan chiziqa yugurib borib orqasiga qaytadi. Mashq 
30 sek ichida bajariladi. Bunda belgilangan vaqt ichida talaba nechi marta belgilangan chiziqa borib 
qaytishi xisoblanadi. 
Sakrab to’pni uloqtirish: To’ldirma to’pni 8 m li masofada 30 sek davomida 
sherigiga sakrab ikki qo’llab uloqtirish. Bu jarayonda talabalar to’pni ilganda o’tirib, sakrab bosh 
yuqorisidan uloqtirishi zarur. Bu oyoq harakatlarini hisobga olish ahamiyatli. Chunki to’pni ilib 
o’tirib turish, yuqoriga sakrab to’ldirma to’pni to’g’ri uloqtirish kerak. 

m
erkin to‘p tashlash chizig‘ida oraliq masofa 2,5-3 
m
da 6 ta to‘p. Bir necha to‘p 
maydoning yon chizig‘ida joylashgan. Darvoza maydonining chap burchagida joylashgan har bir 
himoyachi navbatma-navbat har bir to‘pga oldinga chiqib, ularga qo‘lini tekkazib, 6 m chiziqqa 
qaytadi va yon chiziqda yotgan to‘pni olib darvozabonga uzatadi, so‘ng qarama-qarshi darvoza 
tomon otilib yuguradi, darvozabondan qaytib olgan to‘pni darvozaga otadi; 
Sherigiga to’p uzatish. To’ldirma to’pni 3 m li masofada harakat davomida sherigiga
ikki qo’llab uloqtirish.Belgilangan masofadan turib to’pni bexato uloqtirish. Bunda to’p ko’krak 
oldidan uztiladi va ko’krak oldidan qabul qilinadi. 
To’pni otish texnikasiga oid mashqlar to’plami. 
Sherigiga to’pni Sakrab uzatish.Gandbol to’pini 8 m li oraliq masofada harakat
davomida sherigiga 3 qadamlam sakrab uloqtirish.bunda qadamlar soniga etibor beriladi. To’pni 
yuqoridan uloqtiriladi.Topni sherikiga tog’ri uzatish nazorat qilinishi kerak.


136 
o‘yinchilar o‘rta chiziqda joylashadi. Erkin to‘p tashlash chizig‘ining o‘ng tomonda 
bir necha to‘plar qo‘yiladi. Hujumchi darvoza tomon tezlashib yuguradi va to‘pni olib darvozaga 
otadi, shundan so‘ng yana orqaga tezlashib yuguradi, yana yotgan to‘pni olib darvozaga otadi. Har 
bir o‘yinchi 8 tadan darvozaga to‘p otishni bajaradi. To‘p otish usulini murabbiy ko‘rsatadi; 
xuddi shuning o‘zi, faqat maydon o‘rta chizig‘ida orasi 3 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish