149
7-BOB. MARKETING TADQIQOTLARI TAHLILI: USULLAR
VA TAHLIL MYeTODOLOGIYASI
7.1. Marketing tadqiqotlarida iqtisodiy tahlilning ahamiyati
Marketing tadqiqotlarini statistik tahlil qilish fanining mohiyati va mazmuni
ham islohotlar davrida tubdan o‘zgardi. Oldin tahlilning natijasi asosan rejani bajarish
uchun ichki imkoniyatlarni axtarib topishga qaratilgan bo‘lsa, endilikda har bir
korxonaning ichki imkoniyatlarini moliyaviy-marketing tadqiqotini yaxshilash uchun
safarbar qilishga qaratiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, har bir korxona va tarmoqdagi o‘sish
yoki pasayish dinamikasini
statistik usullar orqali tahlil qilganda, to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishimizni kuzatib
turibmiz. Bundan ko‘rinib turibdiki tahlilning maqsadi ham o‘zgardi. Oldin tahlil
yaxshi yutuqlarni oshkora etgan bo‘lsa, endilikda yaxshi
usullarning tijorat siri
ekanligini ko‘rsatib beradi. Bu bevosita marketing tadqiqotlarini tahlil qilishga ham
daxldordir.
Bozor munosabatlariga xos bo‘lgan raqobat har bir korxonani o‘z tijorat
sirlarini saqlashga majbur qiladi. Bunday sharoitda marketing
tadqiqotlarini tahlil
qilishning umumiy usuli bo‘lishi lozim. Lekin har bir korxona ushbu umumiy usullar
orqali o‘zining ichki imkoniyatlarini topadi va u o‘ta muhim bo‘lsa tijorat siri sifatida
saqlashlari mumkin. Xullas , raqobat har bir korxonani, ularning mulk shaklidan
qat’iy nazar, samarali ishlashini talab qiladi. Samaradorlikni
uzluksiz oshirib borish
uchun uning holatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo qiladi. Bu tadbir faqat
tahlil orqali amalga oshishini e’tirof etgan holda shuni ta’kidlash lozimki, bozor
iqtisodiyoti sharoitida barcha iqtisodiy mexanizmlar, jumladan
statistik va iqtisodiy
tahlil ham, uning usullari ham keskin takomillashtirilishini talab qiladi.
Marketing tadqiqotlarini tahlil qilishda bir qancha usullar qo‘llaniladi. Hozir
iqtisodiy tahlil nazariyasiga bag‘ishlangan ko‘plab adabiyotlar mavjud. Ammo ushbu
adabiyotlarda tahlil usullarini yoritishga turlicha yondoshilgan. Ko‘plari amaliyotga
qo‘llanilishi
qiyinligidan tashqari, bozor iqtisodiyoti uchun yaroqsiz holatga kelib
qolgan, chunki ularning ko‘pi, ta’kidlaganimizdek, rejali iqtisodiyotga mo‘ljallangan
150
edi. Bundan tashqari adabiyotlarda tahlilda qo‘llaniladigan usullarning soddalikdan
murakkablik sari ifodalanishi ta’minlanmagan.
Marketing tadqiqotini tahlil qilishda juda ko‘p usullar qo‘llaniladi.
Shu fan
vujudga kelgandan so‘ng ularni fanning metodi bilan birga berar edi. Endilikda esa,
usullarga alohida to‘xtalib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lib bermoqdalar.
Bu guruhlar mazmuni va mohiyati jihatidan bozor iqtisodiyoti sharoitiga ham to‘g‘ri
keladi. Shu tufayli barcha usullarni hozirgi sharoitda ham ikki guruhga bo‘lib
o‘rganishni taklif qilamiz. Bunga quyidagilar kiradi:
1) an’anaviy usullar;
2) matematik usullar. Bularning tuzilishi quyidagi 7.1 - rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: