Tadqiqotlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

Muammoga yondashuv.
Ushbu bo‘limda muammoni hal qilish uchun qabul 
qilingan yondashuv ko‘rib chiqilishi lozim (approach to the problem). U tadqiqotda 
rioya qilinadigan nazariy asoslar tavsifi, har qanday ishlab chiqilgan tahliliy 
modellar, tadqiqot rejasiga ta’sir etadigan omillar va gipotezalar tavsifidan iborat 
bo‘lishi lozim. 
Tadqiqot rejasi.
Tadqiqot rejasiga (research design) bag‘ishlangan bo‘lim 
tadqiqot o‘tkazishning detallarini aks ettiradi. U qabul qilingan tadqiqot rejasi 
strukturasini, zarur axborotlarni, birlamchi va ikkilamchi manbalardan ma’lumot 
to‘plashni, shkalalash usullarini, anketa ishlab chiqish va uni dastlabki sinab 
ko‘rishni, tanlama to‘plam belgilash usullari va dala ishlarini o‘z isiga oladi. Bu 
masalalar tushunish oson bo‘lgan uslubda, maxsus atamalarni suiiste’mol qilmagan 
holda bayon qilinadi.
Ma’lumotlar tahlili (data analysis).
Ma’lumotlarni tahlil qilish rejasi 
tavsiflanadi, ma’lumotlarni tahlil qilish strategiyasi va foydalaniladigan usullar 
asoslab beriladi. Usullar oddiy, texnik atamalarsiz tavsiflanishi lozim. 
Natijalar.
Hisobotning ushbu bo‘limi odatda eng katta bo‘lib, bir nechta 
bobdan iborat bo‘lishi mumkin. Natijalar (results) ko‘pincha nafaqat umumiy, balki 


327 
qismlarga bo‘lingan (bozor segmenti, geografik hudud va b) taqdim etiladi. Natijalar 
ularning muvofiqlashtirilganligi (masalan, vaqt bo‘yicha) asosida yoki mantiqiy 
ketma-ketlikda tavsiflanishi lozim. Masalan, tibbiy xizmatlar marketing tadqiqotida 
natijalar to‘rt bobda ifodalandi. Birinchi bobda umumiy natijalar, ikkinchi bobda – 
turli geografik hududlar o‘rtasidagi tafovutlar, uchinchi bobda – tijorat va notijorat 
kasalxonalari o‘rtasidagi farq, to‘rtinchi bobda esa – shifixonadagi o‘rinlar bo‘yicha 
farqlar keltiriladi. Natijalarning bayon qilinishi axborot ehtiyojlari va marketing 
tadqiqoti muammosining tarkibiy qismlarlari bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi 
lozim. Detallarni jadval va grafiklar ko‘rinishida ifodalash lozim, olingan asosiy 
ma’lumotlar esa matn ko‘rinishida muhokama qilinadi. 
Cheklovlar va ogohlantirishlar. Marketing tadqiqotlarining barcha loyihalari 
vaqt, budjet va boshqa tashkiliy omillar bilan asoslanadigan cheklovlarga 
(limitations) ega. Bundan tashqari, ishlab chiqilgan tadqiqot rejasining cheklovlarini 
turli xatolar bilan bog‘lash mumkin. Ushbu bo‘lim ehtiyotkorlik bilan va puxta 
yozishni talab qiladi. Bir tomondan, tadqiqotchi rahbariyat natijalardan boshqa 
maqsadlarda foydalanmasligiga, masalan, ularni mos kelmaydigan bosh to‘plamlarga 
tarqatmasligiga ishonchi komil bo‘lishi lozim. Boshqa tomondan, bo‘limdagi 
ogohlantirshilar buyurtmachining tadqiqotga ishonchini pasaytirmasligi yoki uning 
muhimligii pasaytirib ko‘rmasligi lozim. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish