218
Demografik tamoyillarda
oilaning soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiy davri
bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti,
millati kabilar inobatga
olinadi hamda bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo‘l, foydalanuvchi maqomi, iste’mol
jadalligi, bog‘lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, tovarga bo‘lgan
munosabati hisobga olinadi.
10.2.
Iste’mol bozorining ko‘lami va xususiyati
Iste’mol bozori – uy xo‘jaliklari va individual xaridorlarning o‘z ehtiyojlari
uchun sotib oladigan barcha tovarlar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iste’mol bozori
ko‘lamini o‘rganishda uni bir qancha belgilariga ko‘ra turkumlash mumkin. Xususan,
tovarlarni iste’mol qilish davriyligiga ko‘ra ularni:
➢
uzoq muddatli iste’mol tovarlari;
➢
qisqa muddatli iste’mol tovarlari;
➢
xizmat turlariga ajratish mumkin.
Iste’mol tovarlari bilan savdo qilish xususiyatiga ko‘ra esa ularni:
➢
kundalik iste’mol tovarlari;
➢
dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar;
➢
alohida talabga ega bo‘lgan tovarlar;
➢
passiv talabdagi tovarlarga bo‘lish mumkin.
Ushbu turkumlash belgisi va tegishli guruhlariga
kiruvchi tovarlar xususida
batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Ko‘pgina hollarda kundalik iste’mol tovarlari guruhiga faqat oziq-ovqat
mahsulotlarini kiritish, bizning mamlakatimiz aholisi uchun ko‘nikma bo‘lib qolgan.
Chunki, dastlabki ma’muriy iqtisodiyot tizimidagi keng ko‘lamdagi
ixtisoslashuv
bevosita sanoat iste’mol bozorida ham takrorlanar edi. Hozirgi vaqtda esa ko‘pgina
firmalar va savdo shaxobchalari xorijiy tajriba va savdo qilishdagi mahalliy
ko‘nikmani nazarda tutib, kundalik iste’mol tovarlarni bir muncha to‘gri
shakllantirishga yondoshmoqdalar.
219
Kundalik iste’mol tovarlariga kundalik turmush
uchun zaruriy oziq-ovqatlar,
kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy mayda tovarlar,
ayrim
kanselyariya tovarlari, kundalik ruznomalar, ommabop
oynomalar va hokazolarni
kiritish mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko‘ra ularni o‘z
navbatida yana 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:
a) doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar;
b) impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar;
v) favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar.
Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar-xaridorlar tomonidan dastlabki ko‘nikmaga,
odatga ko‘ra tanlovsiz, qiyoslashsiz sotib olinadi. Masalan, oila uchun ko‘nikmadagi
non mahsuloti turi, xo‘jalik sovuni, o‘simlik yog‘i va hk. Impulsiv tarzda sotib
olinadjigan tovarlar guruhiga esa xaridor doim ular xaqida o‘ylamaydigan,
lekin
uchrashi bilan beixtiyor xarid etadigan tovarlar kiradi.
Favqulodda holatlar uchun xarid odatda retseptsiz sotiladigan dori-darmonlar,
uy xasharotlariga qarshi dorilar, zontlar, tuzatish tovarlari va shunga o‘xshash xaridor
duch kelgan sharoitdagina zarur bo‘lgan tovarlardan tashkil topadi.
Dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar safiga: mebellar, kiyim-kechaklar,
uy-ro‘zg‘or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlardan qiyoslashni, narx, moda,
dizayn jihatdan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab etadi. Ushbu
tovarlar
o‘xshash (sifat jihatidan bir biriga yaqin, lekin dizayni va narxi jihatidan
farqlanadigan) hamda alohida ko‘rinishdagi (rangi, fasoni, nav jihatidan)
xarid didi
va holatiga mos bo‘lgan tovarlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: