2) to‘pni еrga urib olib yurib, darvozabon maydoniga yakuniy zarba berish uchun
yaqinlashish;
3) bir necha himoyachini ta’qib qilishga majbur etish va ta’qibdan ozod bo‘lgan
sherigiga to‘pni uzatish.
Agar oldinda ochiq turgan jamoadoshi bo‘lsa to‘pni еrga urib olib yurish lozim
emas.
Uzluksiz ravishda qaysi jamoadoshga to‘pni uzatish kerakligini aniqlash lozim.
To‘pni ta’qib etayotgan o‘yinchiga uzoq masofada bo‘lgan qo‘lda еrga urib olib yurish
kerak. Ta’qib etuvchi qanchalik yaqin bo‘lsa, to‘pning еrga urilib qaytishi shunchalik past
bo‘lishi kerak. Ta’qib qiluvchi yaqinida to‘pni tez-tez еrga urib olib yurish maqsadga
muvofiq emas. Yuqori tezlikda yugurib ketayotgan o‘yinchiga to‘pni uzatib berish uning
to‘psiz tezlikka erishib to‘pni еrga urib olib yurish imkonini beradi. Bu usul raqib darvozaboni
o‘zining maydonida joylashgan bo‘lsa va o‘yin maydoniga chiqmagan bo‘lsa qo‘llaniladi.
To‘pni uzatishni qo‘llash.
To‘pni uzatish davrida jamoadosh o‘yinchining maydondagi joylashishi, tezligi,
harakatlanish yo‘nalishi va ta’qib etuvchi raqibining yaqinligini inobatga olish kerak. Bu
omillar to‘pni uzatish usulini tanlashda ta’sir ko‘rsatadi.
To‘p uzatishlar ochiq va maxfiy bo‘ladi.
Ochiq to‘p uzatishlar – bu to‘p uzatishlarda to‘p tayyorlov harakatlarga muvofiq
yo‘naltiriladi.
Ochiq to‘p uzatishlar quyidagi turlardan iborat:
- oldinga to‘p uzatish (bu ochiq to‘p uzatish turida to‘p jamoadoshiga uzatiladi. Uzatish o‘z
o‘rnida turib yoki harakatda bajarilishi mumkin).
- kuzatuvchi to‘p uzatish (bu ochiq to‘p uzatish turida to‘p jamoadoshga izma-iz uzatiladi).
2 – rasm. Yopiq pozitsiyadan to‘p otishni qo‘llash sxemasi
- qarshi to‘p uzatishlarda to‘p jamoadosh harakati yo‘nalishiga qarshi yo‘nalishda
malga oshiriladi.
Yashirin to‘p uzatishlar–bu to‘p uzatishlari to‘p tayyorlov harakatlarga muvofiq
bo‘lmagan yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Bularga qo‘l panjalari yordamidagi, bel va
bosh ortidan, oyoq ostidan bajariladigan to‘p uzatishlar kiradi. Bu to‘p uzatishlarni amalga
oshirishda jamoadoshlar o‘zaro bir-birini yuqori darajada tushunishni, butun diqqat-
e’tiborini o‘yinga qaratishni talab etadi, chunki bu to‘p uzatishlar faqat kichik masofalarda
va raqib jamoasi o‘yinchilarining bevosita yaqinligida amalga oshiriladi. Hujum natijasi
ko‘pincha yashirin to‘p uzatishlarni mahorat bilan qo‘llay bilishga bog‘liq bo‘ladi.
Yashirin to‘p uzatishlarni amalga oshirish shartlari:
- to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshi yo‘nalishiga harakat etmaslik:
- to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshiga nazar tashlamasdan, faqatgina pereferik qarash
bilan uni nazorat etish;
- to‘pni tez va aniq uzatish (to‘p uzatishning maxfiyligi oshkor bo‘lmasligi uchun);
- ta’qib etuvchi uzatilgan to‘pni olib qo‘ymasligi uchun bevosita ta’qib etuvchining
yaqiniga borish kerak.
Har bir aniq o‘yin holatida to‘pni uzatish usulini puxta tanlab olish, to‘p uzatish tezligini
to‘g‘ri rejalashtirish, to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshning maydondagi joylashishni to‘g‘ri
aniqlab olish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: