“Yosh novvoy” o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi ekranda tandir
rasmini ko‘rsatadi. O‘quvchilar har bir misrada “non“ so‘zi qatnashgan
gapni to‘g‘ri topib, tandirchaning ichiga yopishtirishlari zarur bo‘ladi.
Mehmonga non qo‘yishar,
Eng avval non yeyishar.
Mehmon uyga yo‘l olar,
To‘g‘ram-to‘g‘ram non qolar.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Oydin kecha” hikoyasining 1-qismi bilan tanishamiz.
O‘qituvchi tomonidan hikoya muallifi haqida qisqacha ma’lumot be-
riladi. O‘qituvchi hikoya mazmuni haqida gapirib beradi. Mav zu
o‘quvchilarga “Ichda o‘qish” usulidan foydalanib, o‘qittiriladi.
Mavzudagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |