Test topshiriqlari:
1.Shoiraning dars xonasida qanday qog‘ozlar ilib qo‘yilgan?
A) dars jadvali B) maqtov yorlig‘i
D) chizgan rasmlari E) kun tartibi
2. Habiba opa qayerda ishlaydi?
A) fabrikada B) maktabda D) do‘konda E) zavodda
3. Shoira qayerga bordi?
A) maktabga B) kutubxonaga D) dugonasinikiga E) buvisinikiga
4. Shoiraning dugonasi kim?
A) Qutbi B) Habiba D) Zebo E) Nodira
5. Shoira qanday qiz?
A) dono B) mehnatkash D) ziyrak E) dangasa
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Hikoya nima haqida ekan?
2. Shoira nega xursand bo‘ldi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Shoira” hikoyasini o‘qish.
133-d a r s
Mavzu: “Do‘stlik” (Xudoyberdi To‘xtaboyev).
Do'stlaringiz bilan baham: |