Lug‘at ishi:
ohista – sekin
yarqiraydi – yaltiraydi
charx uradi – aylanib uchadi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida
“Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” she’ri o‘quvchilarga navbati
bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Shoir she’rda tinchlik ramzi bo‘lgan oq kaptarni nimaga o‘xsha tadi?
–
“Qotil”, “battol”, “jallod”, “odamxo‘r” so‘zlarining ma’nosini
–
izoh lang.
“Kabutarlar” o‘yini. Ekranda ketma-ket savollar ko‘rsa tiladi.
To‘g‘ri javob ko‘rsatilgan tugma bosilsa, kabutar uchib chiqadi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savol-javob
o‘tkazilib, dars yakunlanadi. O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolli-
giga ko‘ra baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |