III. Yangi mavzu bayoni. Bugun biz “Ko‘kyol” hikoyasining 2-qismi bilan tanishamiz.
O‘qituvchi “Ko‘kyol” hikoyasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. Er-
takda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi: oqsoqol – soch-soqoli oqargan keksa odam
jing‘il – yulg‘un o‘simligi
qo‘shog‘iz – ketma-ket o‘q otadigan miltiq
qayishmoq – bukilmoq
O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:
– Bo‘rijarda uni kim kutib oldi?
167
– Iso bobo Oqshunqorni nima qildi?
– Bo‘rijarda qanday voqea ro‘y berdi?
– Ko‘kyolni qanday qilib qo‘lga tushirishdi?
O‘quvchilar javoblari umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.