Lug‘at ishi:
chordevor – hamma tomoni devor bilan o‘rab olingan, to‘rt devor
biyday – ochiq, yalang; keng
sharpa – kimsa yoki narsaning g‘ira-shira, bilinar-bilinmas qorasi
Hikoya mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu hikoya nima haqida ekan?
– Bola bo‘ridan nima uchun qochmadi?
– Hikoyadagi bola ijobiy qahramonmi yoki salbiy?
– Hikoyada sizni nima hayajonga soldi?
– Siz ham xatarli vaziyatlarga duch kelganmisiz?
– Akasining: “Hamma gap aql bilan irodada” degan gapini siz qan-
day tushunasiz?
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar hikoyani “Zanjir” usulida
o‘qiydilar.
“Mosini top” mashqi. Bu mashqda o‘quvchilar tartibsiz be-
rilgan asar qahramonlari va tabiat manzaralarini ularni ifoda-
lash uchun zarur bo‘lgan so‘zlar bilan moslashtirishlari lozim
bo‘ladi.
Masalan: kichkina qishloq, kulrang jonivor, g‘amgin chordevorlar...
Do'stlaringiz bilan baham: |