“O‘ylab top” o‘yini.
1. Dunyoda bir narsa borki, u bo‘lmasa hech kim bir-birini tani-
maydi, u nima? (ism)
2. Qaysi joyda daryolar suvsiz, shaharlar uysiz bo‘ladi? (xaritada)
3. Qaysi hayvon qish bo‘yi boshini pastga qilib uxlaydi? (ko‘r sha-
palak)
4. Hayvonlardan birining nomini ikki tomondan o‘qilsa ham o‘zgar-
maydi. Bu qaysi hayvon? (kiyik)
5.Yumuq ko‘z bilan nimani ko‘rish mumkin? (tush)
6. Qaysi joyda osmon pastda bo‘ladi? (quduqda)
7. Suvga tushsa mingta, Suvdan chiqsa bitta. (otning dumi)
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz sizlar bilan “Mo‘jiza” hikoyasi bilan tanishamiz.
O‘qituvchi “Mo‘jiza” hikoyasini ifodali o‘qib beradi. Hikoya
mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar hikoyani “Davom ettir” usulida
o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
dog‘da qoldirib – armonda qoldirib jir boylagan – semirgan
Do'stlaringiz bilan baham: |