– Bahor faslida tabiatda qanday hodisalar sodir bo‘ladi?
– Erkinjon tog‘ri ish qildimi?
– Shifokorni nega sehrgar deb o‘yladi?
– Ko‘nglidagi quvonch nega g‘ashlikka va xomushlikka aylandi?
Test topshiriqlari: 1. “Yomg‘ir” matnining qahramoni kim?
A) To‘lqinjon B) Erkinjon D) Umidjon E) Sobirjon
2. Erkinjon nega maktabga bormadi?
A) dars qilmagani uchun B) yomg‘ir yog‘gani uchun
D) dangasaligi uchun E) mehmon kelganligi uchun
3. Erkinjon nima deb bahona qildi?
A) boshim og‘riyapti B) qornim og‘riyapti
D) ko‘zim og‘riyapti E) oyog‘im og‘riyapti
4. Erkinjon kimni ko‘rib nafasi ichiga tushib ketdi?
A) onasini B) o‘rtoqlarini D) shifokorni E) o‘qituvchisini
5. Shifokor Erkinjonda qanday kasallik alomati paydo bo‘l-
ganligini aytdi?
A) tumov B) bosh og‘rig‘i D) ko‘z og‘rig‘i
E) mug‘ambirlik va yalqovlik