IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Tez javob” o‘yini. O‘quvchilar bilan qatorlararo musobaqa
o‘tkaziladi. Ertak mazmuni yuzasidan savollar tuzishadi va bir-
birlariga berishadi. To‘g‘ri va tez savollar tuzgan hamda javob
bergan qator g‘olib bo‘ladi.
Darslik bilan ishlash.
“Harfdan gapgacha” mashqi. O‘quvchilar berilgan harf-
lardan birini tanlaydilar va sxemalar asosida avval shu harf
ishtirok etgan so‘zni, so‘ng shu so‘z qatnashgan gapni topib,
o‘qiy dilar.
Yerto‘la. Yerto‘lada podshohdan boshqa bir necha odamlar ham bor
ekan.
Kabobchi. Kabobchilar gilamni podshohning o‘rdasiga olib bordilar.
Topshiriqni faol bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |