Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


Jam oalar to ‘g‘risida tushuncha



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/133
Sana13.07.2022
Hajmi5,21 Mb.
#788001
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133
Bog'liq
Hozirgi-zamon-tabiiy-fanlar-konsepsiyasi.Хамидов

Jam oalar to ‘g‘risida tushuncha. 
Jam oa - bu ekosistemaning tirik ajralmas 
qism i b o ‘lib, m a’lum b ir hu d u d n i egallagan, b ir-b irig a o 'z a ro t a ’sir 
ko'rsatuvchi populyatsiyalaryig‘indisi hisoblanadi. Jam oa dinam ik harakatda 
b o ig a n birlik bo'lib, unda turli xil tropik darajada bo 'lg an organizm lar 
hayot kechiradi. Jam oa orqali energiya oqimi ham da ozuqa m oddalarining 
uzluksiz alm ashinuvi bo'lib turadi. Jam oaning tizim i m a ’lum vaqt ichida 
asta-sekinlik bilan shakllanadi. Ana shunga misol qilib, vulqonlar ta ’sirida 
hosil bo'lg an yalang'och tog' jinslarida asta-sekinlik bilan jam oaning hosil 
b o 'lish jarayonini model qilib olish m umkin. Bunday jinslarda tuproq hali 
bo'lm aganligi sababli daraxtsim on o'simliklar o'sm aydi. Biroq har xil yo'llar 
bilan kelib qolgan suvo'tlari va lishayniklar o'sib, joylashib oladilar va 
jam oaning dastlabki tizim ini shakllantiradilar. S ekin-asta halok bo'lgan va 
parchalangan organizmlarning qoldiqlari tuproq qatlam ining hosil bo'lishiga 
olib keladi. N atijada bunday joylarda m oxsim onlar va paporotniklarning 
o'sishi va rivojlanishi uchun im koniyatlar tug'iladi.
Pirovardida ulardan so 'n g yuqori taraqqiy etgan urug'li o'sim liklarning 
o 'tsim o n , butasim on va hattoki daraxtsim on vakillari paydo b o 'la bosh- 
laydi. A na shu yuqorida aytilganidek, m a’lum davr ichida bir turlarning 
ikkinchi turlar bilan alm ashinishi ekologik suksessiyalar deyiladi.
N isbatan doimiy shakllangan, o 'z -o 'zin i tiklay oladigan va tashqi muhit 
bilan uzviy aloqada, tenglikda bo'luvchi jam oani K LIM A KS jam oa d e­
yiladi. Shunday holat hayvonlar jam oasida ham kuzatiladi. Bunga sabab, 
o 'sim lik lar turlarining alm ashinishi, qo'shni jam o ad an hayvon tu rlari­
ning migratsiyasi natijasida bo'ladi. Tog' jinslarida dastlabki paydo bo'lgan 
suksessiyalar birlam chi suksessiya deyiladi.
Ikkilam chi suksessiya deb, ilgari yashagan tirik organizm lar qoldiqlari 
b o 'lg an , biroq hozirgi kunda o'sim liklar juda kam rivojlangan joylarda 
boshlanayotgan suksessiyaga aytiladi. Yoki Orol dengizining qurib, uning 
o 'm id a yangi o'sim lik va hayvon jam oalarining paydo bo'lishi ham ekologik 
suksessiyaning yaqqol m isolidir.
K o 'lning qurib, uning o 't, o'sim liklar o'sadigan botqoqlikka aylanishi 
va u n d an buta o'sim liklarining paydo bo'lishi ekologik suksessiyaga misol 
b o 'lad i. Bu jarayonda o 'sim liklar bilan birga hayvon turlari ham o'zgaradi. 
A na shunday ikkilamchi suksessiyaga misol qilib, kesilgan o'rm onlarn i, 
qishloq xo'jaligida foydalanilgan, biroq so'ng tashlab qo'yilgan joylarni 
olish m um kin. A na shunday joylarda o'sim liklarning sporalari, urug'lari, 
vegetativ ko'payish organlari (ildizlari, piyozboshlari) saqlanib qolib, 
suksessiyaning shakllanishiga olib keladi. Birlamchi va ikkilam chi sukses- 
siyalarda ham asosiy rolni uni o 'rab turgan flora va fauna hal qiluvchi 
rolni o'ynaydi. Ana shular ishtirokida suksessiyalar b o 'lib turadi. Klimaks
108


jam oalarida k o ‘pincha bitta dom inant yoki bir necha kodom inant turlari 
bo'ladi. D om inantlik ko'pincha subyektiv tushuncha bo 'lib, od atd a k o'p 
biom assa va hosil beruvchi turlari do m en an tlar deb ataladi.
Suksessiya nazariyasini birinchi bo 'lib asoslab bergan kishi Klem ents 
(1916) dir. U Shim oliy Amerika hududidagi jam oalarni o 'rg an ib , klimaks 
jam oalar tarkibining o'zgarishiga asosiy sabab iqlim ekanligiga ishonch 
hosil qilgan. U ning fikricha, m a ’lum bir iqlim sharoitida faqatgina bitta 
klimaks jam oasi yashashi mumkin. Bunga m onoklimaks konsepsiya deyila­
di.
Hozirgi kunda esa ko'proq poliklim aks konsepsiyasi ishlatilm oqda. Bu 
konsepsiyaga asosan klimaks jam oa faqatgina iqlim om illari asosidagina 
em as, balki bir qancha boshqa xil om illar ( drenajlar, tu proq, topografi- 
ya, yong'inlar) t a ’sirida shakllanishi m um kin. U zoq m uddat davom ida 
yashay oladigan jam oalarga chin klimaks jam oa deyiladi. C hunki ularda 
vaqtli klimaks jam oalarga nisbatan o'zgarishlar sekinlik bilan bo'lib tu ra ­
di.

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish