Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/133
Sana13.07.2022
Hajmi5,21 Mb.
#788001
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133
Bog'liq
Hozirgi-zamon-tabiiy-fanlar-konsepsiyasi.Хамидов

Issiqxona sam arasi. 
Yerdagi hayotning bosh m anbayi quyosh radiatsi- 
yasidir. Quyosh radiatsiyasining bir qismi (taxm inan 30 %) Y er yuzasi va 
atmosfera asosan bulutlar orqali darhol kosmosga qaytariladi. 55 % ga yaqini 
atmosfera orqali Yerga tushadi va havo shaffof bo'lganligi tufayli quyoshdan 
keladigan qisqa to'lqinli radiatsiya atmosferaning bevosita kuchli isishiga sabab 
bo'la olmaydi. A m m o u Yer yuzasini isitadi va isigan Yer yuzasi uzun 
to ’lqinli radiatsivani tarqatadi. Atm osferani tashkil qiluvchi ayrim gazlar 
yoki “ issiqxona gazlari” ushbu radiatsiyani yutish qobiliyatiga ega va sh u n ­
ing hisobiga atm osfera isiydi.
Yer yuzidan yuqoriga tarqaladigan uzun to 'lqinli radiatsiyaning katta 
qismi atm osferadagi suv bug'lari, karbonat angidrid gazlari va boshqa ta b i­
iy issiqxona gazlari bilan yutiladi. Bu gazlar Yer yuzasidagi energiyaning 
bevosita kosmosga chiqib ketishiga to'sqinlik qiladi. Agar energiyaning kos­
mosga tarqalishi qarshiliksiz amalga oshganda Yer yuzasidagi harorat hozir- 
gidan deyarli 30° С pastroq b o 'la r edi. Yer usti xuddi M ars sayyorasiga 
o'xshash sovuq, unum siz, o'sim lik qatlam isiz, hayotsiz b o 'la r edi.
Insonlar hayoti o'sim lik va hayvonlar hayoti singari sayyoram izni o 'rab
turgan atm osfera deb ataladigan havo okeani ostida rivojlanadi. Inson fao­
liyati natijasida hozirgi vaqtda amalga oshgan asosiy o'zgarishlar — bu Y er 
atmosferasidagi o'zgarishlardir. Dinozavrlami yo'q qilgan asteroidlarga qara­
ganda ham bugun atm osferani o'zgartirishga olib keladigan x atti-h arakat- 
larimiz teranroqdir. Bu shundan iboratki, biz atm osfera gazlari m uvoza- 
natini o'zgartirdik va o'zgartirishda davom etayapm iz. Bu ayniqsa karbonat 
angidrid ( C 0 2), m etan (C H 4), azotning chala oksidi ( N ,0 ) kabi asosiy 
issiqxona gazlari uchun tegishlidir. T abiatda bu gazlar asosan kislorod (21 
%) va azot (78 % )dan iborat atm osferaning 0,1 % dan ham kam rog'ini 
tashkil qiladi. Lekin issiqxona gazlari h ar holda zarur, chunki ular Y er 
atrofidagi q o 'ra kabidir. Bu tabiiy ko'rpasiz Y er yuzasi ancha sovuq b o 'la r 
edi. Lekin keyingi vaqtlardagi m uam m olardan biri shundaki, inson fao­
liyati oqibatida bu k o 'rp a qalinlashib borm oqda. M asalan, energiya olish 
uchun ko'm ir, neft, tabiiy gaz yoqiladi yoki o 'rm o n la r kesiladi ham da 
atmosferadagi C 0 2 miqdori oshadi. Yirik qoram ollar sonining ortishi rivoj­
langan qishloq xo'jaligi, to g '-k o n sanoati yana bir issiqxona gazi m etan - 
ning asosiy m anbayidir. Agar bu jarayonlar uzluksiz ortib borsa, XXI asrda
185


C 0 2 ning darajasi toindustrial darajadan ikki m arta ortishi aniqroqdir. Agar 
em issiyalarni kam aytirish b o 'y ich a zarur choralar k o ‘rilmasa, 2100-yilga 
borib C 0 2 ning m iqdori uch m arta ortishi m um kin.
O lim larning fikriga qaraganda, issiqxona gazlari m iqdorining ko'payishi 
oqibatida dunyo m iqyosida havo harorati ko'tariladi va iqlim molekulalari 
bo'yicha keyingi yuz yil ichida harorat 1,0 dan 3,5 °C gacha ko'tarilishi 
m um kin. H aroratning bu ko‘tarilishi eng yuqori b o ‘lib, oxirgi 9000-yilda 
am alga oshgan o'zgarishlar ichida eng tezkori b o'lsa ajab emas.
Iqlimning isishi boshlanadi, deb hisoblashga ayrim asoslar bor. Iqlim 
o'zgarishi bo'yicha hukum atlararo ekspertlar guruhi (IU X E G ) fikrlariga ko'ra 
toindustrial davrdan beri, ya’ni taxm inan 1850- yildan boshlab Yer yuzidagi 
havoning o'rtacha global harorati taxm inan 0,5 °C ga oshgan.
Kelajakdagi haroratning ortishi bizga, bizni o 'ra b turgan olam ga q an ­
day t a ’sir ko'rsatishini aytish qiyin, chunki iqlim faqatgina atm osferada 
am alga oshadigan jarayonlar bilan belgilanib qolm asdan, balki u yana oke- 
andagi, kriosferadagi (m uzliklar, dengiz m uzliklari), geosfera (Yerning 
quruqlik yuzasi) va biosfera (tirik organizmlar) jarayonlariga ham bog'liqdir.
Iqlim ning o'zgarishi m illionlab odam larning yashash sharoitlari bilan 
bog'liq bo'lgan harorat va yog'inlar rejimini o'zgartirishi m um kin, bu esa 
o 'z navbatida iqtisodiyotning qishloq xo'jaligi va chorvachilik kabi tarm oq - 
lariga o 'z ta ’sirini k o'rsatadi, haroratning oshib borishi okean sathining 
ko'tarilishiga olib keladi. N atijada minglab orollar va qirg'oqbo'yi pastlikla- 
rining suv ostida qolish xavfi tug'iladi, bu esa o 'z navbatida o 'ta kuchli 
tangliklar — ocharchilikka va boshqa halokatlarga olib kelishi mumkin. G lo ­
bal iqlim o'zgarishining yashirin, am m o yuzaga chiqishi m um kin bo'lgan 
oqibatlariga bir nechta m isollar keltiram iz.

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish