ro’y beradigan o’zgarishlarga qarshi kurashishga ham asoslangan va qaratilgandir. Immun tizimi
funktsiyasining buzilishi eshak yemi (krapivnitsa) hamda rinit (burun ichi kasalligi)dan tortib, to
revmatoidli artrit va xavfli yangi o’smalargacha bo’lgan turli xil
kasalliklarga olib kelishi
mumkin.
3.
Immunlogiya rivojlanish tarixi
.
Immunologiya tadqiqodlarning muayyan bir yo’nalishi tarzida infektsion kasalliklar bilan
kurashishning amaliy zaruriyatidan paydo bo’lgan. Uni ko’pincha klassik (eski) hamda
zamonaviy (yangi) turlarga ajratadilar. Yangi immunologiya chechak, quturish, sibir kuydurgisi
va boshqalarga qarshi emlashlarni tayyorlab bergan klassik
turdan ajralib chiqqani bois, bu
bo’linish shartlidir.
Ilk bor chechakka (suvchechakka) qarshi emlash ishlari Iso payg’ambar tug’ulgunga
qadar, ming yillar oldin Xitoyda amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar ham mavjud.
CHechak toshmalari bo’lgan odamlardan sog’lom odamlarni kasallikning og’ir shakllaridan
himoyalash uchun emlash ishlari keyinchalik Hindiston, Kichik Osiyo, Yevropa, Kavkaz hamda
Rossiyada ham keng tarqalgan.
Emlash ishlari o’rnini keyinchalik ingliz vrachi
E. Djenner
tomonidan XVIII asr oxirida
ishlab chiqilgan vaktsinatsiya (lotincha «vacca» - sigir degan ma’noni anglatadi) metodi egalladi.
U kasal hayvonlarni parvarish qiluvchi sutchilar ba’zan sigirlardagi chechakning nihoyatda
kuchsiz
formasi bilan kasallanib, biroq bunda hech qachon haqiqiy (asl, tabiiy) chechak bilan
kasallanmaganiga e’tibor qaratadi. SHu kabi kuzatishlar tadqiqodchilar qo’liga odamlarning
kasalligi bilan kurashishning real imkoniyatlarini yaratib berdi. 1796-yili, o’z tadqiqodlarini
boshlaganidan 30 yil o’tib E. Djenner sigir chechagi bilan vaktsinatsiyalash
metodini amalda
sinab ko’rishga qaror qildi. Tajriba muvofaqqiyatli o’tdi va shundan buyon E. Djenner tajribasi
bo’yicha vaktsinatsiyalash butun dunyoda keng tarqalib ketdi.
Infektsion immunologiyaning vjudga kelishini buyuk frantsuz olimi
Lui Paster
nomi
bilan bog’laydilar. Infektsiyalarga barqaror immunitetni hosil qiluvchi vaktsina preparatlarini
qidirishga qaratilgan izlanishlarga ilk qadam tovuq vabosi (o’lat) qo’zg’atuvchilari
ustida olib
borgan Pasterning kuzatishlaridan so’ng tashlandi. Paster mazkur kuzatishdan so’ng quyidagi
xulosaga keladi: qarib (ma’lum bir muddat yashagan) qolgan mikroorganizmlar (turli xil
mikroorganizmlar) o’z zararli ta’sirlarini yo’qotgan holda infektsiyaga chidamliligi bo’lib
qolishadi. Bu narsa ko’plab o’n yilliklarga vaktsina materialini (har bir qo’zg’atuvchi uchun) u
yoki bu usulda yaratish tamoyilini (printsipini) yaratishni, patogenning
immun xususiyatini
saqlab qolgan holda uning zararliligini (yuqumliligini) kamaytirishga erishish imkoniyatlarini
ochib berdi. Paster vaktsinatsiya printsiplarini ishlab chiqib, ulardan amaliyotda muvofaqqiyatli
foydalangan bo’lsada, u infektsiyadan himoyalanish jarayonida mavjud omillar haqida bilmas
edi. Infektsiya yuqtirmaslik mexanizmlaridan birini ayta
olgan dastlabki kishilar
Do'stlaringiz bilan baham: