A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

6 - b o b . INFLATSIYA
м
и
^^ш^дввдвоиивя
6.1. Inflatsiyaning mohiyati va turlari
Muomalada qog‘oz pullar va tanga pullarning mavjudligi 
inflatsiyani 
vujudga keltiruvchi 
iqtisodiy 
kategoriyalardan biri 
hisoblanadi. «Inflatsiya» termini - lotincha so‘zdan olingan bo‘lib -
«shishirilgan», 
«bo ‘rttirilgan», 
«ко ‘pchigan»
kabi 
ma’nolami 
anglatadi. 
Inflatsiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd 
pullarning sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va xizmatlaming 
bahosini o‘sib borishini anglatadi.
Inflatsiya so‘zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A. Delmar 
tomonidan 1864-yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSH Federal 
hukumati 1861 - 1865-yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida 
davlatning xaraj atlarini qoplash maqsadida muomalaga juda katta 
miqdorda qog‘oz pullami emissiya qilishi sabab boldi. G'arbiy Yevropa 
mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflatsiya termini birinchi jahon 
urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920-yillaming 
o‘rtalaridan keng miqyosda paydo bo‘ldi.
Biroq, shuni ta’kidlash joizki, inflatsiya natijasida pullarning 
qadrsizlamshi, 
ulaming 
to‘lov 
qobiliyatining 
pasayishi 
kabi 
muammolar tarixan qog‘oz pullar muomalaga chiqarilishi va 
tangalaming zarb qilishi davridan boshlangan. Dastlabki davrlarda 
inflatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, hukumat 
tomonidan iqtisodiyotga haddan ortiqcha sifati va og‘irligi talab 
darajasidan past bo‘lgan haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan tanga pullar 
muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. Masalan, Qadimgi Gretsiyada 
miloddan awalgi VI asrda metall tangalaming tarkibida qimmatbaho 
metallaming hajmini yarmidan ko‘prog‘ini oddiy metallarga, ya’ni 
haqiqiy qiymatga ega boimagan metallarga almashtirildi. Xuddi shu 
holat Rim Imperatorlari tomonidan ham amalga oshirildi. 0 ‘rta asrlarga 
kelib, ko‘pchilik davlatlaming hukumdorlari kumush tangalami mis 
tangalarga, keyinchalik oddiy alyumin metallarga almashtirdi. Bu 
jarayon hukumatga qimmatbaho metallami tejash evaziga mamlakat
121


xazinasiga juda katta boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullaming 
to'lov qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi.
Muomalada qog‘oz pullaming paydo bo‘lishi natijasida tanga - pul 
bilan bogliq inflatsiya muammosi qog‘oz - pulga o‘z o‘mini bo‘shatib 
beradi. Davlatning buquaziya boshqarish tuzumining vujudga kelishi 
davrida o‘rta asrlarda pul muomalasida paydo boigan muammolami 
barqaror pul tizimini tashkil etish orqali bartaraf etishga urinishlar 
boidi.
XVIII - XIX asrlarda va XX asming boshlarida birinchi jahon 
urushiga qadar inflatsiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud 
boiib, davriy xarakterga ega edi. Masalan, inflatsiya muammosi 
Fransiyada - 1789 - 1791-yillarda Buyuk fransuz revolyutsiyasi 
davrida, Angliyada Napoleon bilan urush davri - XIX asming boshlarida 
mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy etilgan mamlakatlarda 
uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.
Birinchi jahon urushi davrida oltin monometallizm tizimining 
barbod boiishi va qog‘oz pullaming oltin tangalarga qat’iy belgilangan 
kurs asosida ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat o‘zining 
inflatsiyaga qarshi kurashish mexanizmidan mahrum boidi. Shu 
davrdan boshlab, inflatsiya iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega boigan 
va keng qamrovli muammo sifatida barcha mamlakatlarda namoyon 
bo l a boshladi.
Inflatsiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi 
olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell, 
S.Bryu va K.Eklund inflatsiyani iqtisodiyotda baholaming o‘rtacha 
ko‘tarilishi sifatida30, P.Xeyni esa pulning sotib olish qobiliyatining 
pasayishi yoki qiymatming yo‘qolishi ekanligini ta’kidlaydilar31.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflatsiyani vujudga kelishi 
1930-yillarda muomalaga haddan ziyod qog‘oz va tanga pullami 
chiqarilishi natijasida iqtisodiyotning «pul kanallari» tolishi yuz beradi, 
bu, o‘z navbatida, inflatsiyaga olib kelishi ta’kidlandi, 1940-yillarda esa 
inflatsiyaning sababi iqtisodiyotda qog oz pullar to io v vositasini 
bajarishi har qanday holatda inflatsiyani keltirib chiqarishini e’tirof 
etishdi, 1950-yillarda inflatsiyani kelib chiqishining asosiy sababi 
sifatida uning yetarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar 
bilan ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar.
w Макконнелл K.P., Брю C.JI. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. В. 2 т.: Пер. с англ. 11 - го изд. Т. I. — 
М.: Республика, 1992 С. 163.
л Хейне П. Экономической образ мышления. -М.:, 1991. С.484.
122


1960-yillarda iqtisodchi olimlar inflatsiya murakkab, ko‘p omilli 
ijtimoiy - iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir 
qilishi natijasida vujudga keladigan iqtisodiy kategoriya sifatida 
baholadilar.
Inflatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga qator xorijiy va mahalliy 
olimlar o‘zlarining fikrlarini bildirgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi 
olimlari V.A. Shegorsov va V.A. Taranlar «Inflatsiya - bu tovarlar va 
xizmatlar sifati va iste’mol qiymati o‘zgarmagan holda ulaming bahosini 
o‘sib borishidir, bu jarayonda pulning qadri pasayib boradi.»32, deya 
ta’kidlaydilar.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor Sh. Abdullayeva 
inflatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga: «Inflatsiya so‘zining iqtisodiy 
mohiyati -muomalada mavjud boigan tovarlar va ulaming bahosiga 
nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi», deya ta’rif 
beradi33.
Guvohi bolganimizdek, inflatsiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar 
bildirilgan. Fikrimizcha, 

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish