A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


0 ‘zbekistonda tijorat banklari kapitaliga o4rnalilgan



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

218


0 ‘zbekistonda tijorat banklari kapitaliga o4rnalilgan
minimal talab darajasi va dinamikasi
Joriy etilgan
sana
Tijorat
banklari
uchun
Chet el kapitali
ishtirokida
ochilayotgan
banklar uchun
Xnsusiy banklar
uchun
1.01.1998 y.
1,5 mlii.
AQSH dol.
ekvivalent.
5 mln. AQSH dol.
ekvivalent.
0,3 m b. AQSH
dol. ekvivalent.
1.01.2000 V.
2,5 mln.
5,0 mln.
0,3 mln.
1.01.1999v.
2,5 mln.
5,0 mln.
1,25 mln.
1.01.2005 v.
5,0 mln.
5,0 mln.
2,5 mln.
1.01.2008 y.
5,0 mln.yevro
ekvivalent.
5,0 mln.yevro
ekvivalent.
2,5 mln.yevro
ekvivalent.
1.01.2011 y.
10,0 mln.
5,0 mln.
5,0 mln.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari aksiyador mulkchilik 
shaklida tashkil etiladi. Bu borada 1998-yil 2-oktabrda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Aksiyadorlik - tijorat banklari faoliyatini 
takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. 
Ushbu farmonga ko‘ra, tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlaming 
va bank Kengashlarining roli oshirildi. Quyidagi rasmda tijorat banklari 
tashkiliy tuzilishining namunaviy ko‘rinishi keltirilgan.
Tijorat banklari faoliyati uning boshqaruv organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Bankning boshqaruv organi quyidagilar hisoblanadi:
1. Aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi;
2. Bank Kengashi (kuzatuv kengashi);
3. Bank Boshqaruvi.
Aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi bankning oliy boshqaruv organi 
hisoblanadi. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatiga 
kiruvchi masalalar bank Kengashi yoki Boshqaruviga topshirilmaydi. 
Bank Kengashining miqdoriy tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishi qaroriga ko‘ra belgilanadi. Aksiyadorlar soni 500 gacha 
bo‘lgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklaming bank 
Kengashi miqdoriy tarkibi kamida besh a’zodan, 501 dan 1000 gacha 
bo‘lgan banklarda kamida yetti a’zodan va 1000 dan ortiq bo‘lgan 
banklarda kamida 9 a’zodan iborat bo‘lishi lozim.
219


Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklaming bank 
Kengashi a’zolari umumiy soni aksiyadorlar sonidan qat’iy nazar 
beshtadan kam boimasligi kerak.
0 ‘zbekistonda tijorat banklarini tashkil etish va ulaming faoliyatini 
nazorat qilish 
Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9- 
sentabrda tasdiqlangan «Banklami ro‘yxatga olish va ularga litsenziya 
berish tartibi to‘g‘risida»gi 22. - sonli Nizom asosida amalga oshiriladi. 
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar mamlakatimizdagi barcha tijorat 
banklari mazkur nizomga asosan tashkil etiladi va tugatiladi.
Markaziy bank tijorat banklariga bank operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda asosiy 
omil bo iib quyidagilar hisoblanadi:
1. Biznes rejaning maqbulligi.
2. Kapitalning adekvatligi.
3. Daromadlilikning kelgusi istiqbollari.
4. Ko‘zda tutilayotgan rahbaming malakasi va obro‘-e’tibori.
5. Bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjadaming amaldagi 
qonunchilikka muvofiqligi.
220


6. Monopoliyaga qarshi choralar.
Dastlab tashkil etilayotgan banklaming ustav kapitalida banklaming 
ishtirok etishiga yo‘l qoyilmaydi, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va 
shu’ba banklami tashkil etish hollari bundan mustasno.
Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitalida bir aksiyadoming 
ulushi yigirma foizdan ortsa Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi 
lozim. Bir aksiyador yoki o ‘zaro bog‘langan aksiyadorlar guruhining 
tijorat banki ustav kapitalidagi ulushi ustav kapitali umumiy 
raiqdorining 25 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat bankiarining muassislari 
moliyaviy jihatdan barqaror boiishlari lozim. Muassislaming moliyaviy 
barqarorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
1. Balansning nolikvidligi.
2. To‘lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik.
3. Yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb e’lon qilinishidan 
qat’iy nazar uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi.
4. Yuridik shaxs taqdim etgan shaxs zarur hollarda ustav kapitalini 
oshira olmasligini ko‘rsatsa.
5. Bankda mulk sotib olinishi ko‘zda tutilishi natijasida bankka 
yoki uning ompnatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini 
ko‘rsaiuvchi boshqa hollar ma’lum b o is a
Tijorat banklanni tashkil etishda barcha shaxslar ham ishtirok etishi 
maqsadga muvofiq kelmaydi. Bimday shaxslar tarkibiga:
1. Bankrotlikka uchragan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari, 
boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari yoki yirik ishtirokchisi va 
yuridik shaxsning bankrotligi ulaming harakatlari oqibatida yuzaga 
kelganligi faktlari ma’lum bo‘Isa
2. 0 ‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida ishlami 
noto‘g ‘ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini riamoyish 
qilgan shaxslar.
3. Offshor hududlarda ro‘yxatga olingan norezident yuridik 
shaxslar.
4. Davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, 
jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, budjetdan tashqari fondlar, budjet 
muassasalari va tashkilotlari, agar boshqa holat qonunlarda ko‘zda 
tutilmagan boisa.
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari quyidagi tasis 
hujjatlarini Markaziy bankka taqdim etishi lozim:
221


a) muassislar tomonidan imzolangan va ulaming muhrlari bilan 
tasdiqlangan tasis shartnomasi;
b) muassis - aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va bank 
Kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi;
v) tasis yig‘ilishining bayoni. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav 
kapitali miqdori, ustav va biznes - rejani tasdiqlash, bank Kengashi, 
taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash to‘g‘risidagi qaror bo‘lishi 
lozim.
Mustaqillikka erishgandan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda turli 
mulk shaklidagi qator banklar tashkil etildi, ulaming asosiy qismi 
mamlakatimiz moliya - kredit bozorida samarali faoliyat yuritib 
kelmoqda. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va 
iqtisodiy islohodaming chuqurlashuvi natijasida ulaming ayrimlarini 
maqomi o‘zgartirildi, ayrimlari boshqa banklarga qo‘shilib yoki 
umuman 
faoliyatini 
to‘xtatdi. 
2010-yil 
1-yanvar 
holatiga 
mamlakatimizda jami 30 ta tijorat banklari tashkil etilgan bo‘lib, 
ulaming uchtasi davlat banki, beshtasi xorijiy kapital ishtirokidagi 
qo‘shma banklar, 13 tasi xususiy banklar, qolganlari aksiyadorlik tijorat 
banklari hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklar iqtisodiyotning muhim 
moliyaviy «qon tomirlari» hisoblanib, ulaming faoliyatini tashkil etish 
va nazorat qilish mamlakatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari 
asosida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda bu boradagi jarayon doimiy 
ravishda rivojlanib va takomillashib bormoqda.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish