Ali sher navoi y nom I dagi sam arqand davlat uni versi teti fi zi ka fakulteti astronom I ya yo


Kosmik nurlar intensivligining fluktuasiyalari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/101
Sana13.07.2022
Hajmi3,05 Mb.
#786732
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
Bog'liq
a18da349d67725e606eab6bd3bb268ab GALAKTIK KOSMIK NURLAR ASTROFIZIKASI

Kosmik nurlar intensivligining fluktuasiyalari

Ma’lumki, kosmik nurlar quvvatli spektrlarining dinamikasi sayyoralararo 
fazoda zarbali to’lqinlarni tarqalishiga bog’liqdir. Odatda kuchli quyosh 
chaqnashlari davrlarida sayyoralararo muhitda to’lqin tarqalib, kosmik 
zarralarining tarqalishiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Natijada KN intensivligini kichik 
davrli varasiyalari-fluktuasiyalari hosil bo’ladi. Bundan tashqari sayyoralararo 
magnit maydonlarini va Yer magnitosferasini tuzilishi o’zgarishi bilan bog’liq 
bo’lgan kosmik nurlar fluktuasiyalari ham mavjuddir. Shuning uchun kosmik 
nurlar fluktuasiyalarini qayd qilish va o’rganish, sayyoralararo magnit 
maydonlarni, quyosh shamoli katta masshtabli qo’zg’atishlarining frontini 
tuzilishini o’rganishni teskari metodi bo’lib hisoblanadi. 
Bu ishning asosiy maqsadi quyosh chaqnashlari va forbush effekt davrlarida,
ya’ni yer qo’zg’algan magnit maydonida joylashganida hosil bo’lgan KN 
fluktuasiyalarini o’rganishdan iboratdir. Buning uchun quyosh chaqnashlari va 
forbush effektlari davrlaridagi, hamda undan oldingi va keyingi davrlarda 
hisoblangan quvvatli spektrlar tekshirildi. 
KN larni quvvatli spektrlari Samarqand neytron supermonitorida qayd 
etilgan va barometrik effekt hisobga olingan eksperimental natijalarga ko’ra 
hisoblandi. 
Spektrlarni hisoblash har sutkada qayd etilgan eksperimental natijalar uchun 
12 soatlik siljish bilan o’tkazildi. Bir sutkali interval, har bir spektrda, bita quyosh-
chaqnashi yoki forbush-effekti to’g’risidagi eksperimental material to’la 
qamraladigan qilib tanlandi. Spektrlarni hisoblashda Tyuki va Parzen spektral 
tirqishlaridan foydalanildi, yuqorida qayd etilganidek bu tirqishlar bir chastota 
intervalidan boshqasiga juda kichik quvvat oqimiga egadir. 
Quyosh chaqnashlari va forbush effektlari uchun hisoblangan spektrlar 18-
rasmda o’zaro solishtirilgan. Rasmdan ko’rinishicha quyosh chaqnashlari 
davrlarida ham, forbush-effekt davrlarida ham kosmik nurlar quvvatli 
spektrlarining tuzilishi vaqtga bog’liq ravishda to’la o’zgarishi vujudga keladi.


120 
Quyosh chaqnashlari davrlari uchun hisoblangan spektrlarini tahlili 
ko’rsatadiki, chaqnashdan 5-6 soat oldin, davri 10-12 minut bo’lgan kvazi davriy 
tebranishlarining amplitudasi oshadi, natijada quvvatli spektrning yuqori 
chastotalar oblastining qiyaligi oshadi. Bunda spektrning past chastotalar sohasi 
o’zini teskari ravishda tutadi. Bunday holatning yuzaga kelishi bu sohada davri 30-
110 minut bo’lgan fluktuasiyalarni paydo bo’lishiga bog’liq bo’lsa kerak. 
Bunday fluktuasiyalarning mavjudligi 1960-1972 yillardagi quyosh 
chaqnashlari davrlarida ham kuzatilganligi ko’rsatilgan. Shunday qilib quvvatli 
spektrlarni dinamikasini o’rganish quyosh chaqnashlari kosmik nurlarni yuqori 
chastotali (~30~110 minut) fluktuasiyalarini hosil qilishini tasdiqlaydi. 
Forbush – pasayishi davrlarida ham quvvatli spektrlar o’zini xuddi quyosh 
chaqnashlari davrlaridek tutadi. Bunday vaqtlarda ham kosmik nurlar 
intensivligining quvvatli spektrlarida bir chastota intervalidan ikkinchisiga 
quvvatni «oqishi» kuzatiladi. Forbush pasayishidan oldingi vaqtlarida, kosmik 
nurlar intensivligining quvvatli spektrlarining yuqori chastotalar oblastida bir 
necha o’n minut va undan kichik davrli fluktuasiyalar kuzatilsa, forbush-pasayishi 
davrlarida past chastotalar oblastida davri 40-50 minutdan katta bo’lgan 
fluktuasiyalar kuzatiladi. 
Shunday qilib, quyosh chaqnashlari va forbush – pasayishi davrlaridagi 
quvvatli spektrlar dinamikasini tahlili, bu davrlarda kosmik nurlar intensivligini 
fluktuasiyalarini hosil bo’lish mexanizmi bir xilligini ko’rsatadi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish