74
8.
Relikt nurlanish deb qanday nurlanishga aytiladi?
9.
Xabbl doimiysi nimani ifodalaydi.
10.
Kengayuvchi koinot modelini tushuntiring.
11.
Katta portlashdan keyingi materiyani evolyusiyasini tushuntiring.
Ma’ruza – 2. Galaktik kosmik nurlarning asosiy xarakteristikalari
Reja:
I. Galaktik kosmik nurlarning ximiyaviy tarkibi.
II. Galaktik kosmik nurlarning energetik spektri.
III. Elektronlar va galaktika.
IV. Fotonlar.
Darsning maqsadi:
Talabalarga galaktik
kosmik nurlarning ximiyaviy
tarkibi va energetik spektrini tushuntirish.
Tayanch iboralar:
galaktika, o’ta yangi yulduzlar, protonlar,
yadrolar,
elektronlar,
- kvantlar, sinxrotron nurlanish, radionurlar, diffuz nurlanish, diskret
manbalar, atmosfera jalasi.
Dars o’tish vositalari:
sinf doskasi, plakatlar, darsliklar, o’quv
uslubiy
qo’llanmalar, fizik lug’atdan foydalanish, tarixiy ma’lumotlar.
Dars o’tish usullari:
takrorlash, suhbat va savol-javob hamda munozara
asosida jonli muloqot o’tkaziladi, masalalar yechiladi, iboralarga izohlar beriladi.
I . Galaktik kosmik nurlarning ximiyaviy tarkibi.
Kosmik nurlar deb koinotda tug’ilgan katta energiyalargacha tezlashtirilgan
zarralar (yadrolar, ko’pchiligi protonlar) dastasiga aytiladi. Amalda kosmik nurlar
energiyasi bir necha MeV-dan katta bo’lgan
koinotdan Yerga tushayotgan
zarralardir.
Energiyasi
Гэв
E
5
0
10
1
,
0
intervalda
yotuvchi
zarrralarning
xarakteristikalari (zaryadi, energiyasi, ximiyaviy tarkibi va hokazolar) to’g’ri yo’l
bilan Yerning sun’iy yo’ldoshlarida o’rnatilgan asboblar yordamida o’lchansa,
energiyasi E
o
>10
15
eV bo’lgan zarralarning xarakteristikalari teskari yo’l bilan
keng atmosfera yog’dusini qayd qilish yo’li bilan aniqlanadi. Keng atmosfera
yog’dusi, birlamchi kosmik zarrani Yer atmosferasidan o’tish
jarayonida yuz
beruvchi yadro elektromagnit kaskadi deb ataluvchi jarayon natijasida hosil bo’lib,
turli xil zarralarning dastasidan iborat bo’lib, Yer yuzida katta maydonlarda
sochilgan bo’ladi.
Hozirgi paytda olingan eksperimental natijalar geliosferaga mansub bo’lib,
bu joyda Quyosh faoliyati ta’siri ostida birlamchi kosmik nurlarning
xarakteristikalari o’zgargandir.
Kosmik nurlarni ximiyaviy tarkibi va energetik spektrini o’rganib, ma’lum
modellar yordamida bunday zarralarning manbasidagi ximiyaviy tarkibi va spektri
qanday bo’lishini aniqlash mumkindir.
75
Kosmik zarralarni ximiyaviy tarkibini aniqlashga
doir birinchi tajribalar
Bradt, Piters va boshqalar tomonidan 1949 yili amalga oshirilgandir. Buning uchun
ular fotoemulsiyadan foydalangan. Tajribada aniqlanishicha, kosmik nurlarning
tarkibida protonlardan tashqari turli (Li, Be, B)
elementlarning yadrolari
mavjuddir, bunday elementlar Quyosh sistemasida kamdir.
Zarralarni ximiyaviy tarkibini aniqlashda berilgan kosmik zarra o’zining
zaryadiga ko’ra qaysi yadrolar gruppasiga mansub ekanligini ko’rsatish odat
bo’lgan (1-tablisa). Guruhlarga ajratishda berilgan gruppaga kiruvchi yadrolar
qandaydir xususiyatlariga ko’ra bir-biriga yaqin ekanligi hisobga olinadi. L
gruppaga yengil yadrolar kirganki, ular yulduzlarda uchramay, kosmik nurlarning
tarkibiga kiradi. M gruppaga mansub bo’lgan yadrolar yengil yadrolar bo’lib, ular
koinotda ham, kosmik nurlar tarkibida ham bir xilda mavjuddir. V va VH
gruppalariga
shunday yadrolar kirganki, ular koinotda juda kam uchraydi. Shu
vaqtgacha bir nechta zaryadi
90
Z
bo’lgan yadrolar qayd etilgandir. Ko’pchilik
modellarda kosmik zarralarning manbai yulduzlar deb olinadi va bu yulduzlardan
qayd qilingan kosmik zarralar tarkibi yulduz tarkibidek bo’ladi.
Kosmik zarralar manbadan chiqib Yerga yetib kelguncha bo’laklarga
bo’linadi, ya’ni fragmentasiyalanadi. Fragmentasiya natijasida shunday yadrolar
paydo bo’ladiki (Li,Be,B va g’ayralar), ular manbada juda kamdir. Masalan, L
gruppasiga kiruvchi yadrolar M gruppasiga kiruvchi yadrolarga ko’ra manbada 10
6
marotiba kamdir. Kosmik nurlarda esa bu nisbat quyidagichadir:
05
,
0
30
,
0
)
3
,
0
7
,
6
/(
)
3
,
0
2
(
Do'stlaringiz bilan baham: