G. M. Davlyatova, O. N. To’ychiyeva, D. R. To’xtasinova



Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/119
Sana13.07.2022
Hajmi2,33 Mb.
#786726
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Bog'liq
f1cc2f034931e6c79a1564bb3c3a3e9f sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

1.2. Fanning vazifalari 
Har qanday fanning o’z vazifasi bo’lganidek «Sanoat korxonalarida ishlab 
chiqarishni tashkil etish » fanining ham o’z maqsad vazifalari bor. 
O’zbekiston Qomusi va Respublikada qabul qilingan barcha qonun va qoidalar 
asosida kursning vazifalari quyidagilardan iborat: 
Korxonalarda jonli va buyumlashgan mehnat sistemasini yaxlit va yagona 
hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning asosi deb qarash; 
Korxonalarda ishlab chiqarish tizimining o’zgarish shakllari va yo’llari, ishlab 
chiqarish faoliyatining maqsad va vazifalari, ularni amalga oshirish yo’llari va 
baholash mezonlarini o’rganish; 
Ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyati, ahamiyati, mazmunini, asosiy va 
yordamchi ishlab chiqarish, korxona infrastrukturasining amaliy masalalarini 
o’rganish; 
Iqtisodiy islohot sharoitida korxonalarda boshqarishni, ayniqsa iqtisodiy 
boshqarishni, rejalashtirish, baholash moliyalash, kreditlash muammolarini 
yechishni o’rganish. 


19 
Demak, korxonalar faoliyatini tashkil etish fanining bosh vazifasi talabalar va 
mutaxassislarni hamda shu fanni o’rganuvchilarni ushbu fan mazmuniga tegishli 
barcha nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir. 
 
1.3. Fanning mazmuni va uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi 
«Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish » fani o’z mazmuni 
mohiyatiga ko’ra juda ko’p qirrali va u ishlab chiqarish jamoasi hayotining 
ko’pgina sohalarini qamrab oladi. Mazkur fanning predmeti, ob’yekti, maqsadi, 
funksiyalari, o’rganish usullari va moddiy boyliklarni yaratishga xo’jalik rahbarligi 
jarayoni yuzaga keladigan vazifalar tarkibi bilan belgilangan va kursning dasturida 
to’la aks ettirilgan. 
Bu fan bir qator fanlar bilan o’zaro aloqada bo’lib, ularning yutuqlaridan keng 
foydalanadi. Jumladan, falsafa, iqtisodiy nazariya, makroiqtisodiyot va 
mikroiqtisodiyot, huquqshunoslik, sanoat va agrosanoat iqtisodiyoti, statistika, 
buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tashkil etish, moliya, kredit sohasi, 
texnologiya fanlari bu kursni o’rganishda yordamga keladilar. 
Ishlab chiqarishni tashkil etish fani eng avvalo iqtisodiy nazariya va sanoat 
iqtisodiyoti fanlari rivojlanishi natijasida shakllangan. Uning yetuklik darajasi 
umumiy va xususiy iqtisodiy nazariyaning naqadar rivojlanganligiga bog’liq. 
Bu fan texnika fanlari bilan ham bog’liqdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish fani 
texnika va texnologiyani bevosita o’rganmasa-da, uning iqtisodiyotga ta’sirini
chetlab o’ta olmaydi,
aksincha, texnologik jarayonlarni xom-ashyo, materiallar, 
energiyadan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish davrini qisqartirish, ishlatish 
jarayonini uzluksiz ishlab chiqarish oqimida tashkil etish, maxsulot sifatini 
oshirishga erishish orqali muxandislik-iqtisodiyoti nuqtai nazardan ko’rib chiqadi. 
Mexanika shakliga tegishli fanlar mashina va agregatlarni konstruksiyalash va 
texnikaviy ekspluatasiya qilish masalalarini o’rganadi. Ishlab chiqarishni tashkil 
etish fani mehnat qurollarini texnologik va mehnat jarayonlari bilan o’zaro 


20 
bog’liqlikda ko’rib chiqadi, mashina va apparatlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yish va 
ulardan oqilona foydalanish, jihozlar birligidan maxsulot olishni ko’paytirish, 
sozlash tizimini yaxshi tashkil etishni ta’minlaydi. 
«Ishlab chiqarishni tashkil etish» fani iqtisodiy kibernetika va informatika fani 
bilan bevosita bog’liqdir. Chunki bu fanlar axborot ta’minotini, ishlab chiqarishni 
modellar yordamida ifodalash va tasvirlash masalalarini, sistemaning tashqi muhit 
bilan aloqasini, axborot oqimlarining paydo bo’lish qonuniyatlarini aniqlab berish 
orqali tashkiliy muammolarni samarali yechishga xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, fan va texnika rivojining kuchayishi 
hamda bu omilning alohida ahamiyat kasb etishi natijasida ijtimoiy-psixologik 
masalaga talab o’smoqda. Shu sababli korxonalarda ishlab chiqarish jamoasini 
vujudga keltirishda va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda psixologiya, 
pedogogika, sotsiologiya va huquqshunoslik fanlaridan unumli foydalanish lozim. 
Shunday qilib bu fan juda ko’p ilmiy fanlar bilan uzviy aloqadordir. Lekin ular 
bilan tutashib ketmaydi va mustaqil soha masalalarini o’rganadi. Ayni vaqtda 
korxona ishini tashkil etishning samarali shakllarini va usullarini ishlab chiqadi, 
ishlab chiqarish jarayonlarining tartibligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni 
muntazam bajarishga intiladi. 

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish