PCI Express shinasi
. PCI Express texnologiyasining mohiyati,
parallel shinalar
o‘rniga, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni amalga
oshiruvchi ko‘p sonli turli xil qurilmalarni, yuqori tezlikka ega
ma’lumotlarni
ketma-ket tarzda uzatib beruvchi bog‘lanishlar
bilan
almashtirshdan iboratdir. Bu ISA/EISA/PCI shinalarida amalga oshirilgan
shinali topologiyadan
,
lokal kompyuter tarmoqlarining topologiyasiga,
ya’ni
kommutatsiyalanadigan Ethernet texnologiyasi topologiyasiga
o‘tishni anglatadi. PCI Express, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalar –
protsessor, asosiy xotira va ma’lumotlarni kiritish chiqarish qurilmalarini
bog‘lovchi,
universal kommutator
rolini bajaradi. PCI Express ning
kofiguratsiyasi 5.10-rasmda keltirilgan. 5.11-rasmda esa PCI Express ning
protokollar steki va paketining formati keltirilgan.
USB shinasi
. PCI va PCI Express shinalari yuqori tezliklarga ega
tashqi qurilmalarni bog‘lash uchun ishlab chiqarilgan. Ma’lumotlarni
uzatish tezliklanri nisbatan past bo‘lgan qurilmalar – sichkoncha,
klaviatura va printer kabi qurilmalar uchun, PCI va PCI Express
shinalaridan foydalanish unchalik to‘g‘ri bo‘lmay qoldi.
1993 yili ettita kompaniyaning vakillari (Compaq, DEC, IBM, Intel,
Micro-Microsoft, NEC i Nothern Telecom), past tezliklarga ega qurilmalar
134
uchun, to‘g‘ri keladigan optimal shinani ishlab chiqish maqsadida birga
to‘plandilar. Keyinchalik ularga boshqa yana ko‘pgina ishlab
chiqaruvchilar ham qo‘shildilar. Natijada, shaxsiy kompyuterlarda hozir
juda keng qo‘llanilayotgan
USB
(Universal Serial Bus
, rus tilida -
универсальная последовательная шина) – ma’lumotlarni ketma-ket
uzatuvchi universal shina ishlab chiqildi.
5.10-rasm. PCI Express tizimining standart joylashishi.
5.11-rasm. PCI Express ning protokollar steki (
a
) va paketining formati
(
б
).
135
USB shinasi, asosiy shinaga ulanadigan
ildiz konsentratordan
(rus
tilida - корневой концентратор или корневой хаб, root hub) iboratdir
(5.6-rasmga qaralsin). Ushbu konsentrator ma’lumotlarni kiritish-chiqarish
qurilmalari yoki boshqa qo‘shimcha konsentratorlarning kabellarini ulash
uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalari (raz’yomlariga) ega. Foydalanuvchi
yanglishib, kabelni noto‘g‘ri ulab qo‘ymasligi uchun, kabelning
konsentratorga ulanadigan konnektori, uning qurilmalarga ulanadigan
konnektoridan farq qiladi.
USB shinasining kabeli –
to‘rtta
o‘tkazgichdan iborat, ulardan
ikkitasi ma’lumotlarni uzatish uchun, bittasi ulanadigan qurilmalarni
kuchlanish bilan ta’minlash uchun (+5V), qolgan bittasi - esa erga ulanish
uchun mo‘ljallangan. Ushbu tizimda - 0 raqami, kuchlanishning o‘zgarishi
bilan, 1 raqami esa kuchlanishdagi o‘zgarishning yo‘qligi bilan uzatiladi.
Ketma-ket uzatilayotgan nollar – bir xil vaqt oraliklarida takrorlanayotgan
impulslar oqimini hosil qiladi.
USB shinasida ma’lumotlarni uzatish – kompyuter tarmoqlaridagi
kabi,
kadrlarni almashinish
asosida amalga oshiriladi. 5.12-rasmda USB
shinasining asosiy konsentratori har bir millisekund oralig‘ida, unga
ulangan qurilmalarga uzatib turadigan kadrlari keltirilgan.
5.12-rasm. USB shinasining asosiy konsentratori har bir millisekund
oralig‘ida, unga ulangan qurilmalarga uzatib turadigan kadrlari.
136
USB shinasining konsentratori har bir millisekund oralig‘ida (+ 0,05
ms), yangi kadrni uzatib, unga ulangan barcha qurilmalarni vaqt bo‘yicha
sinxronlashni
amalga oshirib turadi. Bu bilan USB shina, kurilmalarni
qachon ulanishiga qarab, ularni ma’lumotlarni uzatish uchun tayyorlab
ham qo‘yadi. USB shinasining USB 1.0 versiyasi 1,5 Mbayt/sek, USB 1.1
versiyasi 12 Mbayt/sek va USB versiyasi esa 480 Mbayt/sek tezlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |