57
XULOSA
Ochig’i, bugun mahalliy aholi
madaniy hordiq chiqarishi, dam olishini
mazmunli o’tkazishi uchun shaharda zamonaviy va har tomonlama qulay
sharoitlarga ega turarjoy binolari etarli emas. Hozirda rejamizga kura zamonaviy
qurilish ya’ni, “quti” lardan xoli bo’lib, butun dunyo
talablariga mos keladigan
jilodor tarzlar, keng asfalt ko’chalar, yuqori darajadagi qulaylik boshqacha qilib
aytganda o’zligimizni saqlab qolishimiz kerak.
Ana shu jihatlar tahlil qilinib, barcha qulaylikka ega,
milliy va zamonaviy
uyg’unlikdagi, turli konstrukstiyalar, yoritqich uskunalari, zamonaviy jihozlarni
o’z ichiga olgan shinamligi yuqori tururjoy binosi loyihasini ishlab chiqdim.
Samarqandda joylashgan tarixiy me’moriy
yodgorliklarga mos va
Samarqandning uy-joy qurilishining tarixiy an’analarini e’tiborga olgan xolda
Samarqandning tarixiy qismidagi aholi sharoitlarini e’tiborga olib “Samarqand
shahridagi 5 qavatli 36 xonadonli shinamligi yuqori darajadagi turar - joy binosini
loyihalash”ga bag’ishlangan bitiruv malakaviy ishimda quyidagi masalalar maqsad
qilib qo’yildi va ular quyidagi tartibda hal qilindi:
-
Arxitekturaviy qism – binoni qurilish maydoniga bog’lash amalga oshirildi,
qurilish maydonining umumiy xarakteristikalari ko’rsatildi. Binoning konstruktiv
yechimlari ishlab chiqildi. Shu bilan bir qatorda qurilish maydonining va qurilishni
olib
borishning talablari yaratildi, mehnat muxofazasi va yong’in xafvsizligini
ta’minlash qo’llanmalari ishlab chiqildi. Qavat rejalari, qirqimlari ishlab chiqildi;
-
hisoblash qismida – bino to’laligicha Lira dastur majmuasida hisoblanib
kuchlanish – deformastiyalanish holati tahlil qilib chiqildi. Kavakli ko’p teshikli
plita misolida qavatlararo yopma,
monolit ustun, to’sin va devorlar hisobi bajarildi;
-
armaturalash monolit ustun, monolit to’sin va erto’la devorlari va poydevor
uchun amalga oshirildi;
-
Mehnat muhofazasi qismida - qurilishdagi havfli va zararli ishlab chiqarish
omillar ko’rsatib o’tildi. Ba’zi zararli moddalarning me’yoriy xavfliliginnng ayrim
ko’rsatkichlari jadvallarda ko’rsatib berildi. Kirish yo’riqnomasi maxsus adabiyot,
58
ko’rgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy
texnik vositalardan foydalangan holda o’tkazilishi tavsiya etildi.
Ushbu diplom loyiha ishida keltirilgan ko’p qavatli,
karkasli turar joy
binosining konstrukstiyalarni hisoblash va loyihalash ko’rsatmalari talaba yoki shu
soha mutaxasislari uchun mustaqil ravishda karkasli binolarning hisobini
bajarishga etarli hisoblanadi. Modelni yaratish prinstiplari o’zgarmaydi, u
obektning turiga bog’liq emas.
Lira dastur majmuasi yangi operastion tizimlar va grafik muhitlarga, texnik
platformalarga va loyihalash jarayonidagi ilmiy-tadqiqot
texnologiyalariga
uzluksiz bog’liq ravishda rivojlanib borayotgan sistema hisoblanadi.