147
ko‘pik hosil qiluvchi modda baki va avtomobilning tashqi osma jihozlari
detallaridan tashkil topadi.
Yuk avtomobillari shassisida yong‘in o‘chirish
avtomobillarini yaratish
uchun yong‘in o‘chirish ustqurmasi o‘rnatiladi. Yong‘in o‘chirish avtomobilining
vazifasiga qarab ustqurma jangovar tarkib uchun kabina (salon), turli
mexanizmlar, yong‘in o‘chirish moddalari uchun sisterna va baklar, yong‘in
o‘chirish texnik qurollarini o‘z ochiga olishi mumkin. Shunday qilib, yong‘in
o‘chirish ustqurmasi tashiladigan yuk hisoblanadi. Bu yuk vazni doimiy, ya’ni
yong‘in o‘chirish avtomobili salt yurishdan holi. Aniqlanishi bo‘yicha, u
transport rejimida va yong‘inlarda jangovar vazifalarni bajarish rejimlarida
ishlatiladi. Yong‘in o‘chirish avtomobillarining
komponovkasi transport
rejimida, uning burilishi cheklangan holatlarda va yong‘inning xavfli omillari
ta’siri ostida statsionar rejimda uning texnik imkoniyatlarini amalda qo‘llash
imkonini berishi kerak.Yong‘in o‘chirish ustqurmasi tuzilishining texnik
darajasi va mukammalligi,shuningdek uning bazaviy shassi tuzilishi bilan
muvofiqligi yong‘in o‘chirish avtomobillariga qo‘yiladigan
talablarning
barchasini amalga oshirilishini ta’minlashi lozim . Bunda uning tuzilishi: bazaviy
shassining xavfsizlik ko‘rsatkichlarini pasaytirmasligi; shaxsiy tarkibni
xavfsizligini ta’minlagan holda jangovar xarakatlarni amalga oshirishning
minimal vaqtini ta’minlashi; yong‘in o‘chiruvchilarning mehnati muhofazasi va
atrof-muhit muhofazasi talablarini qoniqtirishi kerak.
Bu talablarning barchasi
avtotsisternalarga nisbatan ko‘rib chiqiladi. Bu ularni yong‘in o‘chirish
avtomobillarining asosiy qismini tashkil qilishi, avtotsisternalar ko‘p sonli
jangovar hisobga egaligi bilan shartlangan. Avtotsisternalar ko‘chadigan va
ko‘chmas yuklar tashiydi. Barcha yong‘inlarning 99% dan ortig‘i
avtotsisternaning jangovar tarkibi tomonidan o‘chiriladi. Boshqa yong‘in o‘chirish
avtomobillari turlarining ba’zi o‘ziga xos xususiyatlari ularning tuzilishi
ta’riflanganida ko‘rib chiqiladi. Aksariyat yong‘in o‘chirish avtotsisternalarida
standart shassining haydovchi kabinasi o‘zgarishsiz
qoldiriladi va faqat unga
payvandlash orqali jangovar hisob kabinasi (saloni) qo‘shiladi Bunday
komponovkada jangovar hisob kabinasi qoidaga muvofiq, karkassiz yaxlit
metalldan va po‘lat profilli quvurlar, panellar
va shtampovka qilingan
elementlardan payvandlangan bo‘ladi. U avtomobil ramasida o‘rnatiladi va
unga rezina yostiqchalar orqali boltlar bilan mahkamlanadi. Ayrim yong‘in
o‘chirish avtotsisternalari jangovar hisob kabinasi haydovchi kabinasidan
alohida qilib tayyorlanadi. Jangovar hisob kabinasi har bir tarafga bittadan
ikki eshik bilan jihozlanadi. Kabina ichida shaxsiy tarkib uchun suyanchig‘i
nafas olish apparatlari uchun transport konteyneri ko‘rinishida tayyorlanadigan
o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Kabina yon devorlari va shaxsiy tarkib uchun
o‘rindiqlar ostida yong‘intexnik asbob-anjomlarini
mahkamlash moslamalari
o‘rnatiladi. Yong‘in o‘chirishavtomobillarining ayrim komponovka sxemalari
kabinada yong‘in o‘chirish nasosini joylashuvini ko‘zda tutadi.
Samarqand avtomobil zavodi MCHJda ishlab chiqariladigan yong‘in
o‘chirish avtomobillarining texnik ko‘rsatgichlari juda samarali bo‘libgina qolmay
foydalanish va boshqarishda ham bir qator qulayliklarga ega ularning yong‘in
148
xavfsizligi sohasida tutgan o‘rni beqiyos hisoblanadi.Yong‘in chaqiruvi kelib
tushganda yong‘inga qarshi kuch va vositalarni shu jumladan shaxsiy tarkibni
yong‘in hududiga kechiktirmasdan olib borish va yong‘inni bartaraf etishda
uzluksiz yong‘inga qarshi kurashni taminlash uchun
har tomonlama ishonchli
bo‘lgan texnika kuch vositalariga ega bo‘lmoqlik zarur bo‘lib hisoblanadi.Bu
ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash va ularni zamonaviy yechimlarini ishlab
chiqarish zavod injenerlari oldida turgan asosiy maqsad bo‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: