Namangan davlat universiteti madaniyatshunoslik


“Ilmdan boshqa najot yo‘q



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/142
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#783891
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Bog'liq
Мажмуа таргибот 3-курс

“Ilmdan boshqa najot yo‘q 
va bo‘lishi ham mumkin emas”
degan hadisi sharifni hayotiy e'tiqod deb bildilar. Milliy 
istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma'rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy 
ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar. Bu davrda Abdulla 
Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jaev, 
Abdurauf Fitrat, Ibrat domla, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Hoji 
Muin va boshqa yana yuzlab ulug‘ insonlar milliy uyg‘onish va millatparvarlik harakatining 
oldingi saflarida turdilar. Ular yangi usul maktablari bilan bir qatorda, odamlarning dunyoqarashi 
va turmush tarzini o‘zgartirishga qaratilgan gazeta-jurnallar, nashriyot va kutubxonalar, teatrlar 
tashkil etdilar. Ming afsuski, jadid bobolarimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarni amalga 
oshirishga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yo‘l bermadi. Ma'rifat fidoyilari o‘sha davrning turli 
johil kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor bo‘ldilar. Avval chor hukumati, keyinchalik 
sovet hukumati ularni ayovsiz quvg‘in va qatag‘on qildi. Shu tariqa milliy uyg‘onish va 
taraqqiyot harakati el-yurtimiz uchun armon bo‘lib qoldi. 
Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo‘lida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-
ma'rifiy, adabiy-badiiy merosi biz uchun bugun ham beqiyos ahamiyatga ega. Masalan 2020 yil 
tavalludining 145 yilligi nishonlanayotgan ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja 
Behbudiy o‘z vaqtida 
biz uchun ikki emas, to‘rt tilni bilish zarur
, deb bong urgan edi. 
Behbudiy bobomizning ushbu da'vati hozir ham g‘oyat dolzarb bo‘lib turibdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Obod mahalla” dasturi 
to‘g‘risida”gi PF-5467-son Farmoni mahallalarning me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, 
hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, shu asosda aholining turmush darajasini 
oshirish maqsadida qabul qilindi. “Obod mahalla” dasturi doirasida: 
2018-2019-yillarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan 
mahallalar ro‘yxati ; 
2018-2019-yillarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishning asosiy 
ko‘rsatkichlari ; 
2018-2019-yillarda amalga oshiriladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini 
moliyalashtirish parametrlari tasdiqlandi. 
Dastur ijrosining borishi yuzasidan shahar (tuman)lar hokimlari har chorak yakuni bilan 
xalq deputatlari shahar (tuman) kengashiga hisobot berib borishi belgilab qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yil 27 iyun 
kuni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish, aholi punktlarini obod 
maskanlarga aylantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 29 martdagi farmoniga muvofiq qabul qilingan “Obod qishloq” 
dasturi doirasida joriy yilda 159 ta tumandagi 386 ta qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari 
olib borilmoqda. Ushbu qishloqlarda 142 mingta yakka tartibdagi uy va mingdan ziyod ko‘p 
qavatli uy, 3 ming kilometr yo‘llarni ta’mirlash, 2,5 ming kilometr elektr energiyasi, 2 ming 


12 
kilometr ichimlik suv tarmoqlarini qurish va qayta tiklash, 2 ming 400 ta bozor va boshqa 
infratuzilma ob’ektlari qurish belgilab olingan. Bundan tashqari, 388 ta umumta’lim maktabi, 
313 ta bog‘cha, 168 ta tibbiyot muassasasi, 38 ta mahalla binosi va boshqa ijtimoiy soha ob’ekti 
qurish va ta’mirlash rejalashtirilgan. Bu borada bajarilgan ishlar tahlil qilinib, galdagi muhim 
vazifalar belgilab berildi. Hududlarga qurilish materiallarini uzluksiz va yetarli miqdorda 
yetkazib berish, qishloqlarda shunday mahsulotlar do‘konlarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. 
Bu belgilangan tadbirlarning sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlab, qurilish ishlari narxi 
oshib ketishining oldini oladi. Dasturga qo‘shimcha ravishda kiritilgan qishloqlarning bosh 
rejasini ishlab chiqish, zarur mablag‘larni shakllantirish, qishloqlarga investitsiyalar jalb qilish 
bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor 
qaratildi. Bunday tarmoqlarni qurish va ta’mirlashni jadallashtirish, shuningdek, yo‘llar, elektr 
va tabiiy gaz tizimlarini ta’mirlash zarurligi ta’kidlandi. Qishloqlarda ta’lim va tibbiyot 
muassasalari, savdo va maishiy xizmat ob’ektlari qurish, kichik tsexlar tashkil etish bo‘yicha 
ham vazifalar belgilandi. 
Bugungi kunda tajriba sifatida Toshkent shahrining 11 ta tumani va yurtimizdagi 30 ta 
shaharda 1 tadan mahalla hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘tgan qisqa 
vaqtda 
ushbu 
41 
ta 
mahallada 
72 
milliard 
so‘mlik 
ishlar 
bajarilgan. 
Bu boradagi ijobiy tajribani va aholi xohish-istaklarini inobatga olib, “Obod mahalla” dasturi 
qabul qilindi.Ushbu dasturga muvofiq 2018 yilda har bir shaharda kamida 2 tadan va 2022 
yilgacha har yili kamida 3 tadan mahalla qiyofasi tubdan yangilanadi. Ichimlik suvi, elektr va 
tabiiy gaz, kanalizatsiya tarmoqlarida qurilish-ta’mirlash, sizot suvlari sathini pasaytirish ishlari 
olib boriladi. Shuningdek, 5 ming 607 kilometr ichki yo‘llar, 369 ta ijtimoiy soha ob’ektini 
ta’mirlash, 969 ta bozor infratuzilmasi ob’ekti va servis shoxobchalari barpo etish mo‘ljallangan. 
Buning uchun mahalliy hokimliklar huzurida “Obod mahalla” jamg‘armalari tuziladi. 
– “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish islohotlarimiz orasida eng 
muhim o‘rinlardan birini egallaydi.
Dasturni amalga oshirish uchun 2018-2019 yillarda jami 3 trillion 130 milliard so‘m 
mablag‘ ajratiladi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur dastur mahallalarni obod qilishda muhim 
qadam bo‘ladi. 
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash yuzasidan 
qat’iy nazorat mexanizmini yanada kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda 
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida har bir tuman va shahar bo‘yicha alohida “yo‘l 
xaritasi”ni hamda uy-joylar, ijtimoiy va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishini tashkil 
etish yuzasidan “tarmoq jadvali”ni tasdiqlash zarurligi ta’kidlandi. Har haftaning chorshanbasi 
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” kuni deb belgilandi. Shu kuni respublika – viloyat – tuman 
darajasidagi barcha tashkilotlar bilan ushbu dasturlar ijrosini tanqidiy muhokama qilib
muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Joylardagi haqiqiy 
ahvolni biz xalqimizdan yashirmaymiz va borini qanday bo‘lsa, shunday ko‘rsatib boramiz. 
Albatta, bu ko‘pchilikka yoqmayapti, ko‘p rahbarlar buni hazm qila olmayapti. Lekin, biz bu 
boradagi barcha holatni va boshlagan ishlarimizni xalqimiz bilan bamaslahat va jamoatchilik 
nazorati ostida amalga oshiramiz.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish