8
Targ`ibot ishlari ko`pincha bosma matbuot, OAV orqali tashviqot ishlari esa og`zaki olib
boriladi. Jonli so`z ya`ni og`zaki tashviqotni asosiy maqsadi — konkret, yorqin, oddiy va
tushunarli misollar asosida kishilarning davlat siyosatining to`g`riligiga ishontirishdan,
vakiligimizdagi faktlar va xodisalarning ijtimoiy shakllantirish masalasigi aloxida e`tibor berib
kelinmoqda. Ma`lumki targ`ibot va tashviqotning xarakteri, mazmuni, metodlari, maqsad va
vazifalarini belgilashda xal qiluvchi rol o`ynaydi. SHu bois ham targ`ibot-tashviqot ishlarining
zamon talabiga, ruxiga mos, yangi bosqichga ko`tarishda yangicha noan`anaviy metodlardan
foydalanish maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda respublikada asosan ma`naviyat va ma`rifat kengashi ma`naviy-ma`rifiy
tarbiya, targ`ibot-tashviqot ishlari bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarning asosiysi hisoblanadi.
Shunigdek, madaniyat muassasalari, muzeylar, madaniyat va istiroxat bog`lari, madaniyat
markazlari targ`ibot-tashviqot ishlarida muhim o`rin egallaydi. Bugungi globallashuv jarayonlari
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida, yosh avlod ongiga Ona vatanga cheksiz sadoqat, mexr-
muxabbat, ozod va obod vatan barpo etishdek ulug` g`oya, maqsadga e`tiqod ruxini singdirish
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Madaniyat markazlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa madaniyat markazlari o`ziga
xos shakl, usullarda milliy umumbashariy g`oyalarni, davlat siyosatini targ`ib qiladilar. Milliy
qadriyatlarimiz va ulug` mutafakkirlarimiz merosidan butun xalqimiz, jumladan yoshlarimizning
baxramand bo`lishiga xar bir fuqaroda o`z xaq-huquqini, o`z taqdirini o`zi belgilay olishiga,
mamlakatda kechayotgan yangilanishlar, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlarni faol
ishitrokchisi va kurashchisiga aylanishiga ko`maklashadi. Ma`naviyat va madaniyat
muassasalaridagi targ`ibot-tashviqot ishlari bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni
bajaradi, ya`ni ommaga siyosiy bilimlar berish, ijtimoiy-madaniy faoliyatni tashkil etish hamda
shular asosida jamoatchilik fikrini hosil qiladi. Ayni paytda shaxsga ta`sir etish nuqtai nazaridan
targ`ibot-tashviqot ishlarining o`ziga xos vazifasi shundan iboratki har bir kishi bu ishda o`zini
faqat tomoshabin yoki faol kuzatuvchi sifatida emas, balki ro`y berayotgan xodisalarning faol
qatnashchisi, o`z qarashlarini isbot etuvchi shaxs sifatida namoyon qilishi mumkin. SHu bilan
birga, targ`ibot-tashviqot ishlari insonga o`zining faol hayotiy nuqtaiy-nazarini vujudga
keltirishga yordam beradi va shaxsning ijtimoiy jixatdan o`z-o`zini namoyon qilish vositasiga
aylanadi. SHunday qilib targ`ibot-tashviqot ishilarining ommaviyligi milliy g`oya, milliy
mafkurani shakllantirilayotgan jamiyatmiz uchun muhim bo`lib, bu jamiyatning har bir a`zosiga
tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: