O`zbekistonda statistikaning vujudga kelishi va rivojlanishi.
O`zbekistonda statistikani rivojlantirishda Toshkent halq ho`jaligi institutida 1932 yildan
boshlab o`z faoliyatini boshlagan “Statistika” kafedrasining olimlari o`zlarining munosib
xissalarini qo`shishgan. Respublikamizda birinchilar qatorida doktorlik dissertatsiyasini
yoqlagan, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi unvoniga sazovor bo`lgan N.M. Soatov
va e.A. Akramovlar shular jumlasidandir. 1979 yilida ushbu olimlarning muharrirligi ostida
birinchi marta o`zbek tilida “Statistika asoslari” nomli o`quv qo`llanma “O`qituvchi” nashriyoti
tomonidan chop etilgan5. SHuningdek, statistika fanini rivojlantirishga o`z xissasini qo`shgan
professorlar I.N.Ermatov, H.N.Nabiev, S. Sirojiddinov. R. Alimov, YO.Abdullaevlarni alohida
e`tirof etishimiz mumkin.
O`zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o`zbek xalqiga
o`rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi "Statistika" kafedrasi 1932 yilda Toshkent,
keyinchalik -Samarkdnd va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma
iqtisodiy institut va fakul’tetlarda statistika kafedralari mavjud. Ularda o`zbek statistikasini
yaratgan va yaratayotgan ajoyib olimlar faoliyat ko`rsatmoqda. Respublikamizda birinchi bo`lib
statistikadan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan shaxs bu - O`zbekistonda xizmat
ko`rsatgan fan aroobi unvoniga sazovor bo`lgan olimlarimiz N.M.Soatov vaE.A.Akromovdir.
Ular muharrirligi ostida ilk bor o`zbek tilidagi "Statistika asoslari" nomli o`quv qo`llanmasi
chop etilgan. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab statistika
faoliyatini tashkil etish masalasida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Dastavval, statistika va
bashorat qilish ishlarini uyg`unlashtirish hamda metodologik-uslubiy masalalarni bozor
iqtisodiyoti sharoitlariga moslashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992
yil 6 avgustdagi UP-949 sonli sonli Farmoni va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1992 yil 7 avgustdagi 367-sonli qaroriga ko`ra Davlat statistika qo`mitasi
Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo`mitasi bilan birlashtirilib, O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika
(“O`zistiqbolstat”) Davlat qo`mitasi tashkil qilindi. Respublikamizda statistika ishlarini qonuniy
va xalqaro standartlar asosida olib borish ishlarini tashkil qilish uchun 1993 yilning 2 sentyabrida
Oliy Majlis tomonidan «Davlat statistikasi to`g`risida» qonun va 1994 yilning 24 avgustida
Vazirlar Maxkamasining 433-sonli qaroriga binoan «O`zbekiston Respublikasining xalqaro
5
Абдуллев Ё
.
Статистика назарияси
.
100 савол ва жавоб
.
Т
.
: Меҳнат
.
,2000, -Б
.11.
31
amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o`tish bo`yicha Davlat dasturi» qabul
qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 dekabrdagi UP-3183-sonli
«O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish
to`g`risida»gi Farmoniga binoan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning negizida
O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika
qo`mitasi tashkil qilindi. Ushbu farmonga binoan statistika idoralari zimmasiga quyidagi
vazifalarni hal qilish yuklatiladi:
statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy xalqaro
talablar va andozalarga mos keladigan statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta`minlash;
ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyotining asos tamoyillariga javob beradigan, milliy
hisoblar tuzish ta`minlaydigan hamda xalqaro statistika andozalari muvofiq bulgan yagona
statistika metodologiyasi ko`rsatkichlar tizimini ishlab chikib, tadbiq etish;
statistika va hisobot ko`rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini ta`minlash,
statistika axborotini olish bemalolligi, uning ochiqligi va oshkoraligini kengaytirish chora-
tadbirlarini amalga oshirish;
statistika axborotini yig`ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday
aralashuvlarga yo`l qo`ymaydigan statistika ishlarini tashkil qilish tizimini yaratish;
statistika organlarini zamonaviylashtirish hamda ularni statistik axborotlarni tezkor
uzatish va kayta ishlashni ta`minlaydigan zamonaviy komp’yuter hamda axborot
kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari bilan tsayta jixozlash, statistika buyicha yagona
axborot tizimini yanada rivojlantirish;
korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, iqtisodiy-statistik klassifikatorlar
tizimini yuritish. Ushbu Farmonning 7 bandida statistika idoralariga statistika axborotlarining
haqqoniyligini ta`minlash borasida katta vakolatlar berilgan: «Belgilab qo`yilsinki, ishlab
chiqarilgan va sotilgan maxsulot (ishlar, xizmatlar) xajmlarining sun`iy ravishda
kamaytirilishiga, korxonalar faoliyatiga noxolis baxo berilishiga, pul mablag`larining bankdan
tashqari noqonuniy aylanishiga olib keladigan noto`g`ri statistik hisobotni takdim etishda,
statistika ma`lumotlarini yashirishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq qattiq
javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar».
2003 yilning 8 yanvarida Vazirlar Mahkamasining 8-sonli «O`zbekiston Respublikasi
Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi qarori qabul qilinib, unda
respublika Davlat statistika qo`mitasi tizimining tuzilmasi, markaziy apparatining tashkiliy
tuzilmasi, qo`mita to`g`risidagi Nizom, maxsus jamg`arma to`g`risidagi Nizom tasdiqlanib,
Davlat statistika qo`mitasi huzurida davlat statistikasini rivojlantirish, uning faoliyat ko`rsatishi
va uni muvofiqlashtirish muammolari buyicha kollegial maslahat organi tashkil etilishi belgilab
qo`yilgan.
Dunyo jinoyatchiligi to`g`risidagi statistika ma`lumotlari bir muncha tashvishlanarli
holatni vujudga keltiradi, chunki, bu ma`lumotlardan oxirgi 40-50 yil ichida er yuzidagi
jinoyatchilik ilgarigiga nisbatan 3-4 marta oshib ketgan. Masalan, sobiq ittifoq davlatlarida 6-8
marta, AQSHda 7-8 martagacha, Buyuk Britaniya va SHvetsiyada 6-7 marta, Frantsiyada 5-6
marta, germaniyada 3-4 marta, YAponiyada 1,5-2 martagacha oshib ketgan. BMT
ma`lumotlariga qaraganda, 1985-1990 yillar mobaynida jinoyatchilikning yillik o`sishi o`rtacha
5 % ni tashkil etgan respublikamizda jinoyatchilikning barkaror holatda saqlanib qolishiga,
uning og`ir va o`ta og`ir turlarining kamayishiga erishilganligini O`zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi bergan ushbu statistik qiyosini ko`rib chiqamiz “Ma`lumotlarga ko`ra shu yilning
2015 yilning 10 oyida mamlakat hududida umumiy jinoyatlar soni o`tgan yilga qaraganda 184
taga yoki 0,3 foizga kamaygan. Respublika miqyosida og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar 2,1 foizga,
o`g`irlik 16 foizga, avtotransportni xaydab olib qochish 14,4: foizga, bezorilik 4,6 foizga,
retsidiv jinoyatlar 4,9 foizga, jinoiy guruxlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2,3 foizga, mast
xolda jinoyat sodir etish 2,31 foizga, voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 8,3
foizga, ularning jinoyatdagi ishtiroki 4,5 foizga, ayollarning ishtiroki 2,6 foizga, ishla-maydigan
va ukimaydiganlarning ishtiroki 0,3 foiz-) ga kamayishiga erishildi.
32
Bu davrda umumiy jinoyatchilik hamda uning og`ir va o`ta og`ir turlarini fosh etish
ko`rsatkichlari ham doimiy ravishda ortib bordi. Umumiy jinoyatchilikning ochilishi 1999 yilda
78 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilda bu ko`rsatkich 82 foizga, og`ir va o`ta og`ir
jinoyatlarning ochilishi esa 75,3 foizdan 85,5 foizga etdi.
Tergov sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish yuzasidan ko`rilgan chora-tadbirlar
ham o`zining ijobiy natijasini berdi. 2004 yilning 10 oyi davomida prokuratura organlari
tomonidan 16406 jinoyat ishlari buyicha dastlabki tergov xarakatlar olib borilib, ularning 11011
tasi ayblov xulosalari bilan sudlarga yuborildi.
Ichki ishlar vazirligi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, voyaga yetmaganlar orasida,
afsuski, qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, bezorilik,
o‘g‘rilik, giyohvand moddalar iste'mol qilish yoki sotish bilan bog‘liq og‘ir jinoyatlar ham
uchrab turadi. Statistikaga ko‘ra, respublikada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan
jinoyatlar soni 2018 yilda 938 tani, 2019 yilda 739 tani, 2020 yilning birinchi yarmida 338 tani
tashkil etgan. Xo‘sh, voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishiga nimalar sabab bo‘lmoqda?
Tahlillarga ko‘ra, qotillik jinoyatlari uchun hukm qilinganlar ko‘p hollarda nosog‘lom muhitda
tarbiya topgan bo‘lib chiqadi. Ularning 20 foizga yaqini ota-onasiz, uchdan bir qismi to‘liqsiz
oilada (ota yoki onasiz) o‘sgan. Har beshinchi holatda oilaning to‘liqsizligi ota yoki onaning
sudlangani bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Ota yoki onaning jinoyat yo‘liga kirishi bolaning ham shu
yo‘ldan borishiga turtki bo‘luvchi asosiy omillardan biri sanaladi.
O‘smirlar jinoyatchiligi ko‘pincha oiladagi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Psixolog Zebiniso
Ahmedova voyaga yetmaganlarni jinoyat qilishga undaydigan omillar haqida gapirar ekan, ular
orasida bolaga yetkazilgan ruhiy va jismoniy jarohatni alohida ta'kidlaydi. “Voyaga yetmaganlar
jinoyatlarining aksariyati ularning ota-onadan ajralib chiqish jarayonida sodir bo‘ladi, ya'ni
o‘smirlarda mustaqil qaror qabul qilish jarayoni boshlangan davrda. O‘smirning voyaga yetish
davri 9-12 yosh va 12-16 yoshga bo‘linadi. Shu vaqtda bolada o‘ziga ishonch va hurmat
shakllantirilmasa, uning orzulari ota-ona tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, u o‘zini hyech
narsaga qodir emasdek his qila boshlaydi. Natijada bu bola dunyoga nafrat bilan ulg‘ayishi
mumkin. Agar oilada bolaning ehtiyojlari va tashvishlari bilan hyech kim qiziqmasa, unga
beparvo bo‘lib, fikri e'tiborga olinmasa va unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilsa, u o‘z shaxsini
buzg‘unchilik va jinoyat sodir etish orqali ko‘rsatishga harakat qiladi. Xullas, bolaga ruhiy va tan
jarohati yetkazilsa, u boshqalarga nisbatan shunday harakat qilishdan qo‘rqmay qo‘yadi. Ba'zan
bir sinfdan oliygohlarga juda kamchilik o‘qishga kiradi. Qolganlarida esa jamiyatga kerak
ekanliklari to‘g‘risida shubha paydo bo‘lishi mumkin. Keyin ular mardikorlik yoki shunga
o‘xshash mayda ishlarga o‘zini uradi. Buning oldini olish uchun ota-ona farzandini ilm olishga
rag‘batlantirishi, o‘qishi uchun zarur sharoitni yaratib berishi kerak. Shuningdek, ota-ona bilan
ishlash, ularga bola parvarishi va tarbiyasini o‘rgatish juda muhim. Chunki o‘smirlar
jinoyatchiligi ko‘pincha uydagi muhit bilan bog‘liq bo‘ladi”, – deydi ruhshunos.
Insonda o‘z xatti-harakati oqibatini anglash 25 yoshdan keyin to‘liq shakllanadi. Voyaga
yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha dasturiy prinsiplarga ko‘ra, o‘smir
bolalar tarbiyasi va himoyasi bilan nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari, balki oila,
ijtimoiy institutlar, maktab, mahalla va yoshlar tashkilotlari ham shug‘ullanishi kerak.
Xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bolada o‘z xatti-harakati oqibatini bilish 25 yoshdan keyin
to‘liq rivojlanadi. Jinoyat sodir etgan o‘smirlarning 80 foizida ular ulg‘aygach ijobiy xarakter
shakllanib, jinoyat yo‘lini tark etishgan.
Xalqaro statistika tashkilotlari - ma’lumotlarning mamlakatlararo taqqoslamaliligini
ta’minlaydigan standartlar yaratuvchi va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlardir.
“O‘zbekiston Respublikasini amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tkazish
Davlat Dasturi” ishlab chiqilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 avgust 433-sonli
qarori bilan tasdiqlangan. Bu dasturda ko‘zlangan asosiy tadbirlar o‘tgan davrda amalga
oshirildi, jumladan, milliy hisobchilikning asosiy hisoblamalari yaratildi, moliya, pul, baholar
statistikasi qaytadan ishlab chiqildi, bir qator tarmoq va soha statistikalari xalqaro andozalar
asosida isloh qilindi. Amalga oshirilmay qolgan masalalar va boshqa yangi tadbirlarni o‘z ichiga
33
olgan “2005 yilgacha O‘zbekiston davlat statistikasini isloh qilish tizimini Kompleks Dasturi”
ishlab chiqildi. Hozirgi kunda hayotda amalga oshirilmoqda.
Xalqaro statistikani tashkil etish masalalari Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va
uning ixtisoslashgan muassasalari, Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), sog‘liqni saqlash butun
dunyo tashkiloti (VOZ), Oziq-ovqat komissiyasi (FAO), maorif, madaniyat va fan sohasida
hamkorlik komissiyasi (YuNESKO) hamda boshqa xalqaro tashkilotlar - Yevropa iqtisodiy
hamkorligi, xalqaro valyuta fondi,butun dunyo banki, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot xalqaro
tashkiloti va boshqa muassasalarning statistika xizmatlari diqqat markazida turadi. Ular turli
mamlakatlar statistik ma’lumotlarining taqqoslamaligini ta’minlash maqsadida xalqaro andoza
(standart) va tavsiyalarni ishlab chiqadi, xalqaro taqqoslashlarni amalga oshiradi, mamlakatlar
guruhi, mintaqa va butun dunyo bo‘yicha statistik ma’lumotlarni bosib chiqaradi. Bosma
to‘plamlar orasida BMT yilnomasi Statistics Yearbook, butun dunyo banki yilnomasi
International Financial Statistics (Yearbook), xalqaro valyuta fondi blyuteni Bulletin of IMF,
Xalqaro demografiya tashkiloti yilnomasi Demographic Yearbook, Xalqaro mehnat tashkiloti
yilnomasi Yearbook of Labour Statistics ayniqsa diqqatga sazovordir. Xalqaro statistika instituti
statistika sohasida xalqaro ilmiy markazdir, u 1887 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy vazifasi -
statistik usullar va ishlamalarni unifikatsiyalash, davlat statistikasi uslubini takomillashtirish,
statistika nazariyasi rivojlanishiga ko‘maklashish. Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi (MDX) a’zo
mamlakatlari statistika xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish bilan 1992 yilda tuzilgan MDH
Statistika Qo‘mitasi shug‘ullanadi. U MDH a’zo - mamlakatlari bo‘yicha statistik to‘plamlarni
nashr etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |