K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


 Kapital qo‘yilma va kapital qurilish tushunchasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127
5.3. Kapital qo‘yilma va kapital qurilish tushunchasi 
Kapital qurilish ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarining 
asosiy fondlarini yaratuvchi va shakllantiruvchi tarmoq hisoblanadi. Kapital 
qurilish mazkur fondlarni tayyorlashda sarf qilinadigan mehnat, moliyaviy va 
material xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan kapital qo‘yilma va kapital qurilish farqini 
aniqlab olish zarur. 
Kapital qurilish
-
xalq xo‘jaligining alohida bir tarmog‘i bo‘lib, uning 
tayyor mahsuloti asosiy fondlar hisoblanadi. Jamiyatning moddiy-texnik 
bazasini yaratishing asosiy yo‘nalishlari - yangi korxonalarni qurish, yaratish 
bilan birgalikda ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va texnik 
jihatdan qayta qurollantirish chora-tadbirlariga bevosita bog‘liq. Boshqacha qilib 
aytganda, davlat investitsiya siyosati nafaqat yangi obyektlarni vujudga keltirish, 
balki mavjud korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilishi 
lozim.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatida kapital qurilish, 
buyurtmachi va pudratchi o‘rtasidagi, harakatdagi me’yoriy hujjatlar asosida 
tuzilgan shartnoma asosida olib boriladi.


87
Obyekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari bo‘yicha 
belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan 
korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta 
jihozlashga tuziladi. 
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy–huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa 
normativ–huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
Qurilishda pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari bo‘yicha 
aniqlangan shartnomaviy joriy narx bo‘yicha belgilangan tartibda tanlov 
savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin o‘n kun muddat ichida tuziladi. 
Buyurtmachilar
- investorlar tomonidan investitsion loyihalarni amalga 
oshirish uchun vakil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar. Shu bilan birga, ular 
investitsiya faoliyati subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaydilar. 
Buyurtmachilar rolida investorlarning o‘zlari ham namoyon bo‘lishlari mumkin. 
Investorlar bo‘lmagan buyurtmachilar esa shartnomada belgilangan tartibda va 
davrda kapital qo‘yilmalarga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish 
huquqiga ega bo‘ladilar. 
Pudratchilar
-
yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lib, ular buyurtmachilar 
tuzgan shartnomalar asosida ishlarni bajaradilar. Pudratchilar qurilish-montaj 
ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lishlari 
kerak. 
Qurilish 
faoliyatini 
litsenziyalash 
qurilish 
mahsulotlari 
iste’molchilarining huquqlarini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi. 
Kapital qo‘yilma obyektlaridan foydalanuvchilar -
yuridik va jismoniy 
shaxslar hamda davlat organlari, mahalliy hokimiyat, xorijiy davlatlar, xalqaro 
tashkilotlar bo‘lib, ushbu obyektlar ular uchun yaratiladi. 
Investitsiya faoliyatida kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashni ochish 
uchun buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagilarni taqdim 
etadi: 
1)
qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq 
ro‘yxati);
2)
qurilishning titul ro‘yxati; 
3)
buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi; 
4)
pudratchi tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash 
yuzasidan shartnomasi nusxasi; 
5)
qurilish–montaj ishlarini bajarishga “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining 
ruxsati. 
Qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati

obyektlar ro‘yxatini, shuningdek, 
ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmini o‘z ichiga 


88
oluvchi, har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida 
tuziladigan moliyaviy hujjat. 
Qurilishning titul ro‘yxati
-
qurilishning butun davriga kapital qo‘yilmalar 
hajmini va uni sarflash yo‘nalishlarini ko‘rsatgan, uning texnik–iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda har bir obyekt bo‘yicha tuziladigan 
moliyaviy hujjat. 
Qurilishda ish hujjatlari –
alohida binolar va inshootlarga hamda ish 
turlariga ish chizmalari komplekti. 
Kapital qo‘yilma –
yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish 
va noishlab chiqarish obyektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig‘indisiga 
aytiladi.
Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi, 
ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko‘rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni – qo‘yilmalarni – xarajatlar 
majmuasini anglatadi. Kapital qo‘yilma yoki kapital investitsiyalarni real 
investitsiyalardan farqlab olish zarur. Real investitsiyalar fizik obyektlarga 
kiritiladigan investitsiyalar majmuasini bildirib, ular nafaqat mahsulot ishlab 
chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish obyektlariga kiritiladigan investitsiyalarni 
anglatadi, balki boshqa turdagi noishlab chiqarish obyektlariga va tijorat 
maqsadlari ko‘zlanmaydigan sohalarga, xususan, ijtimoiy samara olib keluvchi 
sohalarga ham kiritiladigan investitsiyalardan iborat bo‘ladi. Real kapital 
qo‘yilmalar esa faqat ishlab chiqarish fondlarini takror ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Kapital qo‘yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilardan iborat: 

kapital qo‘yilmalarning tarmoq tuzilishi, ya’ni jamiyat miqyosida kapital 
qo‘yilmalarning tarmoqlar bo‘yicha sarflangan qiymatini anglatadi; 

kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilishi, ya’ni asosiy fondlarning 
aktiv elementlari va passiv elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini 
anglatadi. Aktiv elementlar deganda, o‘z qiymatini bevosita mahsulot yoki 
xizmatlar tannarxiga o‘tkazuvchi, bevosita amortizatsiyalanuvchi elementlar va 
obyektlar tushuniladi, bularga texnologik uskunalar, mashina va qurilmalar 
qiymati misol bo‘ladi. Passiv elementlar esa o‘z qiymatini tannarx tarkibiga 
bilvosita kiritib boruvchi obyektlar va vositalar qiymatini anglatadi. Ularga 
bino-imoratlar, mebel, ofis jihozlari, kompyuter texnikasi va moddiy hamda 
nomoddiy obyektlar misol bo‘la oladi; 

kapital qo‘yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi, ya’ni mavjud 
obyektlarni qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi 


89
obyektlarni barpo etish va harakatdagi korxonalarni kengaytirish bo‘yicha 
qilingan xarajatlarning nisbatiga aytiladi. 
Kapital qo‘yilmalar qiymati davlat, korporativ va xususiy investitsiyalarni 
rejalashtirish jarayonida qo‘llaniladi, ular asosida investitsion faoliyat 
prognozlashtiriladi. Yillik o‘zlashtirilish zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar hajmi 
davlat investitsiya dasturida ko‘rsatib o‘tiladi. Kapital qo‘yilmalar hajmi dastur 
tarkibidagi dastlabki hujjatda aks ettiriladi. Kapital qo‘yilmalar hajmi 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi, 
qo‘yilmalar qiymatini aniqlashda, Moliya vazirligi va Markaziy bank ham 
ishtirok etadi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini baholashda
vaqt omilini hisobga 
olmaydigan quyidagi usullardan foydalaniladi: 

kapital qo‘yilmalarning mutloq iqtisodiy samaradorligi; 

sarflangan mablag‘ning qoplanish muddati; 

keltirilgan sarf. 
Kapital qo‘yilmalarning mutlaq iqtisodiy samaradorligi quyidagi formula 
bilan hisoblanadi: 
.
 
(5.3.1) 
bu yerda: P – har yilgi daromad; 
K – mablag‘lar sarfi. 
Bu ko‘rsatkich samaradorlik belgilanganlik me’yoridan katta bo‘lish 
kerak, E ≥ Y
n

Avval Y
n
– hukumat tashkilotlari tomonidan markazlashtirilgan holda joriy 
etilgan. Hozirgi kunda Y
n
sifatida bank foiz o‘lchovidan (i) foydalanmoqda yoki 
o‘z loyihasi uchun belgilangan kattalikni olishlari mumkin.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish