Ко ‘klam bilan yurtimga ham bir ко ‘karish
kelsaydi.
Ко ‘ngillar ham havolardek ко ‘klam hidi
bersaydi,
Dillarga ham havolardek к о ‘klam ruhi kirsaydi!..
C h o ‘lponning «B ahorda», «B inafsha», «Boychechak»,
«Istash», «Bahorni soglndim», «Bahor keldi», «Yana ko‘klam»,
«Go‘zal» kabi she’rlarida ham tabiat tasviri millat,
uning dard-
istaklari bilan uzviy birlikda yorqin va jozibali qilib ifodalangan.
C h o‘lpon she’riyatining asosiy mavzusi — V atan, bosh
qahram oni esa — m illati, xalqi. U ning har qanday she’ri
zamirida millat va yurt erki, taraqqiyoti g‘oyasi yotadi.
Cho‘lpon o ‘z she’rlarida zamonaviy, xalqchil g‘oyalami olg‘a
surar ekan, tom m a’nodagi rostgo‘y shoir sifatida doimo haq so‘zni
aytadi, haqiqatni yozadi.
Choipon nafaqat ijod, hatto inson erki
toptalgan va rost gap qatag‘on qilingan mash’um 30-yillarda ham
haqiqatni oehiq-oydin aytishdan tap tortmagan. Shoir millat
ahliga qarata: «Kishan kiyma, bo‘yin egma,
ki sen ham hur
tug‘ilg‘onsan», — deganida yangi sho‘rocha mustamlakachilikni
nazarda tutgan edi. U doimo k o ‘rgan, o ‘ylaganini qo‘rqmay
ifodalay olgan. Jum ladan, kolxoz vositasida butun Sho‘ro
tizimining tanazzulga mahkumligini ochib beradi:
Kolxoz, uning fikricha,
Gullaydigan bir narsa!
Faqat Sho ‘ro bir ozroq
Kenglik bilan qarasa.
K i у a ’ni:
Oliq-soliqning,
Kommunist-firqalikning
Ipini tortib tursa...
K o ‘rinadiki, C h o ip o n she’riyatining mavzu doirasi juda
keng. Shoir o ‘z asarlarida yangi davr m uam m olari,
V atan
qismati, inson qadr-qim mati, xalq qudrati, erk, m a’naviyat
ham da m a’rifat taraqqiyoti kabi
zamonaviy masalalarni aks
ettiradi. Shu bois shoir ijodida zamonaviy ruh b o ‘rtib turadi.
165
Aytish kerakki, o ‘sha davrda yashab ijod etgan boshqa
sh o irla r b iso tid a b o ‘lgani k ab i, C h o ‘lpo n ijo d id a ham
zamonasozlik va murosasozlik ruhida yozilgan «qizil» she’rlar
uchraydi. «Ozod turk bayrami», «Ю-yil», «Qizil bayroq», « 0 ‘n
yil Leninsiz», «Diyorim», «Soz» kabi she’rlar
shu jum ladan
bo ‘lib, ularda inqilob va yangi hayot mavzusi bir tomonlama
tasvirlanadi, madh etiladi. M ash’um shaxsga sig‘inish davrida,
mamlakatimizda jabr-zulm, adolatsizlik va qama-qamalar avjga
chiqayotgan bir p aytda (1935-yilda) e’lon qilingan «Soz»
sh e’rini olaylik. U nda zam onasozlik,
m urosasozlik ochiq
k o ‘rinadi. Biroq bu ham C ho‘lponona ustalik bilan amalga
oshirilganki, hatto mana shunday she’rlar-da adabiyotimizdan
o‘zining munosib o ‘rnini topa oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: