O’lchov transformatorlarining vazifasi, tuzilishi va ishlash printsipi. 23-variant


b) Kuchlanish transformatorlarining tuzilishi



Download 432,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana12.07.2022
Hajmi432,12 Kb.
#782506
1   2   3   4   5
Bog'liq
INFO K 3-mi

b) Kuchlanish transformatorlarining tuzilishi 
Konstruksiyasi bo‘yicha uch fazali va bir fazali transformatorlar bo‘ladi. Uch fazali 
kuchlanish transformatorlari 18 kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarda, bir fazali 
transformatorlar esa istalgan kuchlanishlarda qo‘llaniladi. Transformatorlar 
izolyasiyasining tipiga ko‘ra quruq, moyli hamda quyma izolyasiyali bo‘lishi 
mumkin. 
Quruq transformatorlarning chulg‘amlari PELsimidan tayyorlanadi, chulg‘amlar 
orasidagi izolyasiya vazifasini esa karton o‘taydi. Bunday transformatorlar 1000 V 
gacha bo‘lgan kurilmalarda qo‘llaniladi (NOS-0,5 bir fazali, quruq, 0,5 kV li 
kuchlanish transformatori). 
Moy izolyasiyali kuchlanish transformatorlari - ochiq va yopiq taqsimlash 
qurilmalarida 6 - 1150 kV kuchlanishlarga qo‘llaniladi. Bu transformatorlarda 
chulg‘amlar va magnit o‘tkazgich moy ichida turadi va u izolyasiya hamda sovitish 
uchun xizmat qiladi. 
Bir fazali ikki chulg‘amli NOM-6, NOM-10, NOM-15, NOM-35, 
transformatorlarini bir fazali uch chulg‘amli ZNOM-15, ZNOM-20, ZNOM-35 
transformatorlaridan farq qilish lozim. 


Birinchi 
tipdagi 
transformatorlar 
chulg‘amlarining sxemasi 67-rasm, a da 
ko‘rsatilgan. Bunday transformatorlar ikkita 
kiritgich YUK ga va ikkita kiritgich PK ga ega, 
ularni 
ochiq 
uchburchaklik 
yulduzcha, 
uchburchaklik sxemasi bo‘yicha ulash 
mumkin. Ikkinchi tipdagi transformatorlarda 
YUK chulg‘amining (67-rasm, b) bir uchi erga 
tutashtirilgan, YUK ning yakka kiritgichi qopqoq 
ustida joylashgan PK ning kiritgichlari esa 
bakning yon tomoniga chiqarilgan YUK 
chulg‘am faza kuchlanishiga, PK ning asosiy 
chulg‘ami 100 V ga, ko‘shimcha chulg‘ami 100/
3
V ga hisoblangan. Bunday transformatorlar 
erga ulanadigan deb ataladi va 76- rasm, v da 
ko‘rsatilgan sxema asosida ulanadi. 
ZNOM-15, 
ZNOM-20, 
ZNOM-24 
tipdagi 
transformatorlar 
kuchli 
generatorlarning 
komplekt shina o‘tkazgichlariga o‘rnatiladi. Magnitlanishdagi isroflarni kamaytirish 
uchun ularning baki magnitlanmaydigan po‘latdan taiyorlanadi. 
NTMI tipidagi uch fazali moyli transformatorlar besh sterjenli magnit o‘tkazgich va 
75- rasm, v dagi sxema bo‘yicha ulangan uchta chulg‘amga ega. Bunday 
transformatorlar izolyasiyani kontrol qiluvchi priborlarni ulashga mo‘ljallangan. 
110 kV va undan yuqori kuchlanishli kurilmalarda NKF tipidagi kaskadli kuchlanish 
transformatorlari qo‘llaniladi. Bu trans-formatorlarda YUK chulg‘am bir necha 
magnit o‘tkazgichlar bo‘yicha bir tekis taqsimlangani uchun, uni izolyasiyalash 
osonlashadi. NKF-110 transformatori (68-rasm) ikki sterjenli magnit o‘tkazgichga 
ega bo‘lib, uning har bir sterjenida U
f
/2 ga hisoblangan YUK chulg‘am joylashgan. 
YUK chulg‘amining umumiy nuktasi magnit o‘tkazgich bilan ulanganligi uchun 
erga nisbatan U
f
/2 potensial ostida bo‘ladi. YUK chulg‘am, shuningdek, magnit 
67- rasm. Bir fazali moyli kuchlanish 
trasfomatorlari: 


NOM-35 turidagi; b 

ZNOM 
turidagi; 1 

YUK kirgichi; 2 

PK 
kirgichlari kutisi; 3 

bak. 
68- 
rasm. 
NKF-110 
kuchlanish 
transformatori; a 

sxemasi; b 

tuzilishi; 1 

YUK kirgichi; 2 

moy 
kengaytirgich; 3 

chini g‘ilof; 4 –
asos; 5 

PK 
kirg‘ichlar kutisi.


o‘tgazgichdan U
f
/2 ga izolyasiyalanadi. PK ning chulg‘amlari (asosiy va 
qo‘shimcha) magnit o‘tkazgichning pastki sterjeniga o‘ralgan. YUK chulg‘amlar 
bo‘yicha yuklamani bir xil taqsimlash uchun aloqa chulg‘ami II xizmat qiladi. 
Magnit o‘tkazgich hamda chulg‘amdan tashkil topgan bunday blok chinni g‘ilofga 
joylashtirilib, ustidan moy quyiladi. 
220 kV li kuchlanish transformatorlari (TN) ustma - ust joylashtirilgan ikkita 
blokdan iborat, ya’ni ikkita magnit o‘tkazgich bilan U
f
/4 ga izolyasiyalangan YUK 
ning to‘rt pog‘ona kaskadli chulg‘amiga ega. NKF-330 va NKF - 500 kuchlanish 
transformatorlari tegishlicha uch va to‘rtta 
bloklarga, ya’ni YUK chulg‘amining olti va 
sakkizta pog‘onasiga ega. 
CHulg‘am kaskadlari qancha ko‘p bo‘lsa, ularning 
aktiv va reaktiv qarshiliklari shuncha ko‘p bo‘ladi, 
xato ortib boradi va shu sababli NKF-330, NKF-
500 transformatorlari faqat 1 va 3 aniqlik 
klasslarida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, 
kuchlanish transformatorining konstruksiyasi shuncha murakkab va shuning uchun, 
500 kV va undan yuqori kuchlanishli kurilmalarda yuqori chastotali bog‘lash 
kondensatorlari S
1
ga quvvat ajratadigan kondensator S
2
(69- rasm) yordamida 
ulangan sig‘imli quvvat ajratadigan transformator qurilmalar qo‘llaniladi. S
2
dan 
olinayotgan kuchlanish (10—15 kV) ikkita ikkilamchi chulg‘amga ega bo‘lgan 
transformator TN ga uzatiladi. Bu transformator ham NKF yoki ZNOM 
transformator sxemasi asosida ulanadi. Transformator TN ning birlamchi 
chulg‘amida va reaktor R ning chulg‘amida o‘ramlar sonini pog‘onali rostlash 
ko‘zda tutilgan, bu hol reaktor induktivligini tanlash va U
2
miqdoriga aniqlik kiritish 
uchun xizmat qiladi. Reaktor R va transformator TN umumny bakka joylashtiriladi 
va moy bilan to‘ldiriladi. Transformatorning ishlash aniqligini oshirish uchun uning 
birlamchi chulg‘am zanjiriga kuchlanish bo‘luvchining sig‘im qarshiligini 
kompensatsiyalovchi reaktor R ulangan. To‘siq 3 reaktor bilan kuchlanish 
transformatoriga yuqori chastotali toklarni o‘tkazmaydi. 
69-
rasm. 
Sig‘imli 
kuchlanish 
transformatori sxemasi. 


Bunday qurilma sig‘im kuchlanishli transformatori deb ataladi (NDB). 
Barcha elementlar to‘g‘ri tanlanib, sxema to‘g‘ri sozlansa NDE qurilma 0,5 va 
undan yuqori aniqlik klassida tayyorlanishi mumkin. 500 va 750 kV li kurilmalar 
uchun NDE-500, NDE-750 qurilmalar qo‘llaniladi. 
Quyma izolyasiyali kuchlanish transformatorlari yanada keng qo‘llanilmoqda. 
ZNOL.06 seriyadagi erga ulanadigan kuchlanish transformatorlari nominal 
kuchlanish bo‘yicha besh xil tayyorlanadi: 6, 10, 15, 20 va 24 kV. Ularda magnit 
o‘tkazgich lentali qirqilgan, S- simon bo‘lib, bu xol aniqlik klassini 0,2 gacha 
oshirish imkonini beradi. Bunday transformatorlarning massasi katta bo‘lmay, 
istagan xolatda o‘rnatilishi mumkin, yong‘inga xavfsiz. ZNOL.06 transformatorlari 
YOTK hamda komplekt tok o‘tkazuvchilardagi NTMI va ZNOM moyli 
transformatorlar o‘rniga, NOL.08 seriyadagi transformatorlar esa NOM-6 va NOM-
10 lar o‘rniga almashtirishga mo‘ljallangan. 
Xulosa 
O'zgaruvchan tokni to'g'rilash sxemalari elektron jihozlarning barcha shakllarida 
keng tarqalgan. O'zgarmas tok manbaini ishlatadigan har qanday joyda, rektifikator 
davri kiritiladi, chunki elektron mikrosxemalar doimiy ishlashi uchun doimiy 
oqimdan foydalanadi. Garchi quvvat manbalari uskunalar funktsiyasining to'g'ridan-
to'g'ri qismini tashkil etmasa ham, ular juda muhimdir, chunki elektr ta'minotining 
biron bir shakli bo'lmasa, butun elektron ishlamaydi. Elektr ta'minoti uzatish 
xarakteristikalari sababli o'zgaruvchan tokdan foydalanganligi sababli, shuningdek, 
transformatorlarning ishlashini ta'minlash uchun o'zgaruvchan tokni ishlatish kerak 
bo'ladi, doimo o'zgaruvchan tokni to'g'rilash sxemalari topiladi. Ushbu sxemalar 
ichida ko'prikni to'g'rilash moslamalari ham juda keng tarqalgan, chunki ular ushbu 
sxemalarda ishlatiladigan komponentning arzon va samarali shaklini tashkil qiladi. 

Download 432,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish