6- MAVZU TАRBIYA JАRАYONINING MОHIYATI VА TARBIYA PRINSIPLARI.
REJA
1.
Tаrbiya jarayonining mohiyati. Tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
2.
Sharq mutafakkirlari komil inson tarbiyasi haqida. Tаrbiya jаrаyonining o’ziga xosligi.
O’z- o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash tushunchalari.
3.
Tarbiyachi shaxsi.
4.
Tarbiya qоnuniyatlаri.
5.
Tarbiya prinsiplari. Tarbiya prinsiplariga qo’yiladigan talablar.
6.
Tarbiya texnologiyasi tushunchasi.
7.
Hamkorlik pedagogikasi. Insonparvarlik texnologiyasi.Tarbiya metodlarini qo’llash.
Tarbiyaviy muhit tushunchasi.
I.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mohiyati,
mazmuni, qonuniyatlari, printsiplari, metodlari hamda tashkil etilishi masalalarini o’rganadi.
Tarbiya jarayoni, deymiz. Jarayon o’zi nima? Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir,
moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh
avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy
dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.
Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning
ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan
va boshqariladigan jarayondir.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod tomonidan o’zlashtirilishi
natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz.
Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir.
Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini to’ldirish,
shakllantirishdir, deydi.
Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-
ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular
shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi.
Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib
toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok
ettirishga qaratilgan barcha ta‘sirlarmajmuidir (“Vatan tuyg’usi”).
Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun
qilinadigan mehnat va g’amhurlikni tarbiya deb tushuntiriladi.
Odamga ish-hunar o’rgatish va umuman shaxsning g’oyaviy-ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga
qaratilgan ta‘lim tizimi ham tarbiya sarasiga kiradi.
Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va qo’llanmalarda
tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning barchasi o’z o’rnida to’g’ridir.
Tarbiya ijtimoiy xodisadir, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham, uning tarbiyasi ham o’z
mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar muhitida, o’zaro munosabatlar
jarayonida, katta avlodga xos ijtimoiy tajribani o’zlashtirib olish orqali shakllanadi.Tarbiyaning
ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati ana shu.
Tarbiya jarayondir, tarbiya keng ma‘noda yoshlarni, insonlarni ob‘ektiv va sub‘ektiv
ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir.
Biron bir maqsaga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan
rejalashtiriladi va tarbiyaga solinadi:
a) o`quvchi – talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish
maqsadida rejalashtiriladi:
b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbaalar
izlab topiladi:
v) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy
manbaalarni qaysini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi:
Xalqimiz ta‘lim beruvchini muallim, tarbiya beruvchini murabbiy deydi.
Ta‘lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular aynan bir-biriga uxshash emas. Ta‘lim va
tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat.
Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir. Ta‘limning asosiy vazifasi o`quvchilarni bilim,
ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul
qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e‘tiqod, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj
va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat.
Pedagogik jarayon agar tarbiya ta‘limda oldin yursagina yaxshi samaralar beradi. Tarbiya
ta‘limga nosbatdan ustivor bo’lishi kerak.
Bilim boshqa, tarbiyalanganlik boshqa. Bilimli bo’lish degani shaxs tarbiyalandi, degani emas.
Shaxs bilimli, ammo tarbiyasiz, axloqsiz, ma‘naviyatsiz, madaniyatsiz bo’lishi mumkin.
“Bilimlar yaxshi xulq bilan bezalishi kerak”, degan edi buyuk mutafakkir A.N.Farobiy. Xalqimiz
ham “Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin”, maqolini bekorga yaratmagan.
Tarbiya jarayoni o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ular quyidagilar:
ta‘lim jarayoni ta‘limga nisbatdan murakkab jarayon hisoblanadi.
Tarbiya jarayoni davomli uzluksizdir. XVIII asrda yashagan frantsuz ma‘rifatparvari
K.A.Gelvetsiy (1715-1771) tarbiyaning davomli jarayon ekanligi haqida gapirib bunday degan
edi: Men hali ham o’rganishni davom ettirmoqdaman; mening tarbiyam hali ham tugallangani
yo’q. Qachon u tugallanadi? U qachon men unga qobilyatsiz bo’lib qolganimda; o’limimdan keyin
tugallanadi. Hayotimning barchasi, aslini olganda, faqat birgina davomli tarbiyadir.
- tarbiya jarayoni ham ikki tomonlama jarayondir:
- tarbiya jarayoni dialektik xususiyatga ega:
- tarbiya natijalarining bir xil bo’lmasligi:
- tarbiyaning komleks ya‘ni yaxlit xususiyaiga ega ekanligi.
Oila, turli jamoa tashkilotlari, fan-texnika, adabiyot, san‘at, ommaviy axborot vositalari, radio,
televidenie va boshqalar ham tarbiyaga kuchli ta‘sir ko’rsatadi.
Tarbiya jarayonida shaxsning turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy aqliy, irodaviy, estetik
xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari
mustakamlanadi.
Tarbiya-O`zbekiston mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlanishida, jamiyatimiz
ijtimoiy taraqqiyotida, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishda xal qiluvchi qudratli
omildir.
Tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri yoshlarning ongi, qalbiga milliy istiqlol
g’oyalarini singdirish, ularda milliy ong, g’ururni shakllantirishdir.
Hozirig kunda tarbiya jarayonida yoshlarda o’zbek xalqiga xos ma‘naviy-axloqiy sifatlarni
ayniqsa, iymon-e‘tiqod, yangicha dunyoqarash, Vatanga muhabbat, unga fidoyilik, vatanparvarlik,
boshqa millat kishilariga hurmat, insonparvarlik, mehr-muruvvat, sharm-hayo, mehnatsevarlik,
mehmondo’stlik kabi fazilatlarni tarbiyalash ta‘lim maskanlari jamoalarining, o`quvchi-
murabbiylarimizning muhim vazifasidir.
Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida emas, mafkura maydonlarida
bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi, deydi davlatimiz boshlig’i I.A.Karimov. Bugungi
mafkuraviy Xuruj juda xafli. Bu xuruj insonlar ongini buzuq g’oyalar bilan zaharlashga
intilmoqda. Bunday mafkuraviy xurujlardan yoshlar ongini, o’zbekning o’zligini asrashimiz
kerak. Yoshlarga bunday buzug’ g’oyalar, mafkuraviy xurujlarning maqsad-mohiyatini
tushuntirib berishimiz zarur.
Bu-tarbiya yo’li bilan, mafkuraviy tarbiya yo’li bilan amalga oshali, deydi yurtboshimiz.
Tarbiya jarayonining tuzilishi. Tarbiya jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
tarbiyaviy vazifalarni belgilash;
Uning mazmuning, shakl va metodlarini aniqlash;
O`quvchi-talabalarini umumiy talablar, me‘yorlar bilan tanishtirish;
Ularda ilmiy dunyo qarash va e‘tiqodlarni shakllantirish;
Amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish;
O`quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, uni taxlil qilish ya‘ni monitoringini olib
borish va boshqalar.
Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari
Mashhur Shaxslarning Tarbiya Haqidagi Fikrlaridan.
Bilim, ma‘rifat yaxshi hulq, axloq bilan bezanmog’i lozim.
(Abu Nasr Farobiy)
“Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko’ra chuqurroq mushohada, undan ham
chuqurroq donoshmandlik kerakligiga ishonch qildim”
(Amir Temur)
“Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘lim-tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”
(Islom Karimov)
“Tarbiya uch narsa ehtiyoj sezadi: iste‘dodga, ilmga va mashqqa”
(Arastu)
“Yaxshi tarbiya-millat ichidan buyuk insonlarni ko’paytirishga, qolganlarni esa sog’lom fikr
yurituvchi fuqarolarga aylantirishga qodir” degan edi ma‘rifatparvar Gelvedtsiy
“Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot, yo najod, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”.
(Abdulla Avloniy)
Tug’ub tashlov bila bo’lmas, bola bo’lg’ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul rahnoma sizga.
(Abdulla Avloniy)
Bordir inson zotiga ancha sharaf,
Yomon hulqini etsa bartaraf.
Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o`quvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga
oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil
etadilar.
Tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari bilan o’zaro bog’liq.
O`quvchi shaxsi tarbiya ob‘ektigina emas, yeng muximi u tarbiya sub‘ekti hamdir.
Tarbiyaning asosiy turlari ikkitadir: Oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya. “Ijtimoiy tarbiya” iborasini
ancha tor ma‘noda shaxsga ta‘sir ko’rsatishning maxsus tuzilgan ijtimoiy institutlarida, ya‘ni
ta‘lim maskanlarida amalga oshiriladigan jarayonini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy tarbiya
jarayonida yosh avlod o’tmish tajribalarini o’zlashtirib, yanadaboyitadi. Tarbiya shaxsni axloqiy-
ma‘naviy, aqliy, jismoniy, huquqiy kamolotida muhim o’rin tutadi. Shunga ko’ra ijtimoiy
tarbiyaning bir necha turlari: aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik mehnat, huquqiy tarbiya kabi turlari
bor. Bulardan tashqari diniy tarbiya, harbiy tarbiya ham mavjud.
Bugungi kunda O`zbekiston jamiyati Prezidentimiz boshchiligida bosh tarbiyachi
vazifasini o’tamoqda. Tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyatini ko’pgina omillar belgilaydi. Bu
omillar quyidagilar: Ta‘limning tarbiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, maktab o`quvchilari
bajaradign ijtimoiy-foydali mehnatni aniq rejalashtirish, maktab, oila va jamoatchilikning
tarbiyaviy ta‘sirini birlashtirish, maktabda turli xildagi tarbiyaviy ish shakllari (Yakka tartibdagi,
guruh, ommaviy ish shakllari) ni, tarbiyaviy tadbirlarini jonlantirish, o`quvchilar faolligini
oshirish, tarbiyalashni qayta tarbiyalash bilan birga qo’shib olib borish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |