Mazmunli о‘yinlarni tushuntirish
. Tarbiyachining vazifasi bolalar kо‘z
о‘ngida о‘yin vaziyatining kо‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, о‘yin
obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan,
ularning ijodiy tashabbusni faollashtirishdan iboratdir. Buning uchun kichik
guruhlarda о‘yinchoq va hikoyadan foydalanishi mumkin.
О‘rta guruhlarda – tanish о‘yinni taklif etib, qoidalarini eslatib о‘tish bilan
cheklanish kifoY.
Katta guruhlarda о‘yin mazmunini eslashni bolalarning о‘zlariga taklif etish
maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri о‘yin harakatlarining borishini bayon qiladi,
58
ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Keyinchalik bolalar о‘zlari tarbiyachining
yordamisiz о‘yinni tashkil eta boshlaydilar.
О‘yinda rollarni taqsimlash
. Tarbiyachi pedagogik vazifalarga amal qilib
(yangi kelgan bolani rag‘batlantirish yoki, aksincha, faol bola misolida botir
bо‘lish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki о‘ziga ishongan bola iltimosini
rad etib, bu rolni qо‘rqib turgan tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin
etishi yoki bolalarni xursand qilgan holda о‘yinga о‘zi kirishib, о‘z zimmasiga
boshlovchi yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi.
Shuningdek, boshlovchi saylashni bolalarni о‘ziga havola etishi va ulardan
bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirganlarini tushuntirib berishlarini
sо‘rashi mumkin.
Kichik guruhda boshlovchi rolini tarbiyachini о‘zi bajaradi. О‘yin
jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va о‘zaro munosabatlar, qoidalarini
bajarilishini kuzatib boradi, qisqacha kо‘rsatmalar beradi, bolalarning hissiy
holatlarini boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida
о‘yinni qayta о‘tkazishdan oldin gapiradi.
О‘yinni yakunlash
. Harakatli о‘yin jismoniy yuklamani kamaytiradigan
holga keltiradigan umumiy yurish bilan tugallanadi. Yurishni ahamiyatiga kо‘ra
bir xil bо‘lgan kam harakatli о‘yin bilan almashtirish ham mumkin.
О‘yin tugagan zahoti uning yakunini chiqarish kerak emas, bolaning tez
harakatdan dam olishga asta-sekin о‘tmasligi yurak faoliyatini va butun
organizmiga noxush ta’sir etadi. Tarbiyachi о‘yinni baholashida uning ijobiiy
tomonlarini ta’kidlaydi, о‘z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik,
о‘zaro о‘rtoqlik yordami kо‘rsatgan bolalar nomini aytadi va qoidalarning buzilishi
hamda bolalarning shu bilan bog‘liq harakatini kuyinib kо‘rsatib о‘tadi.
Katta guruhlarda tarbiyachi bolalarni harakatli о‘yinlarni mustaqil tashkil
etishga tayyorlaydi, bunda о‘yinlarning borishini va, ayniqsa, qoidalarning
bajarilishini hamda bolalar о‘rtasidagi munosabatlarni kuzatib boradi. U bolalarga
harakatli о‘yin variantlarini uning mazmuni, qoidasini, о‘yin harakatlarini
о‘zgartirgan holda о‘ylab topish, keyinchalik yangi о‘zi о‘ylab о‘yin topish
kabi topshiriqlar beradi.
Katta guruh bolalarida mustaqillik, tashkilotchilik malakasini tarbiyalash
maqsadida tarbiyachi ularga kichik guruh bolalari bilan о‘yin tashkil etishini taklif
etadi. О‘yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida о‘tkaziladi.
Harakatli о‘yinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyatga
egadir. О‘yin faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin bolani quvontiradi, ularda
ijobiy hislarni uyg‘otadi. Harakatli о‘yinlar bola dunyoqarashini kengaytiradi,
atrof-muhitni bilishida о‘ziga xos vosita hisoblanadi.
Harakatli о‘yinlardagi qoidalar о‘yinning borishini belgilaydi, bolalar
harakat faoliyatini, о‘zaro munosabatlarini yо‘lga soladi, axloqiy-irodaviy
sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Har bir bolaning о‘yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishda kattalarning
rahbarligi katta ahamiyatga egadir.
59
О‘yinlar orqali bolalarda halollik, adolatlilik, dо‘stlik, botirlik, о‘zini tuta
bilish, qat’iyatlilik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
О‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha va
mо‘ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, о‘yinlar ijodiy xayol,
xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday
qilib, harakatli о‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.
Bola о‘yin faoliyati tufayli fazo va buyum voqeligini amalda о‘zlashtiradi,
shu bilan birga, ularda fazoni idrok etish mexanizmining о‘zi ham о‘ta
takomillashadi.
Masalan, bola tomonidan harakat yо‘nalishini mustaqil tanlash va harakatini
о‘yin qoidasida qat’iy belgilangan yо‘nalishda bajarishi, bir tomondan, о‘yin
vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va kо‘rish-motor reaksiyasini (о‘yin
harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan о‘z harakatlarini fazo-о‘yin
muhitida anglash va tasavvur qilishni talab etadi.
Harakatli о‘yinlar bolalarda oddiy vaqt mо‘ljalini shakllantiradi. Ular
quyidagilarda ifodalaniladi: о‘yin harakatlarining izchilligini tushunib olishda
avval, sо‘ng, bundan keyin, bundan oldin, barini bir vaqtda kabi о‘yin
topshiriqlarini signalga kо‘ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez
bajarishida kо‘rinadi. Bu о‘yinlarga bolalar fazoda mо‘ljal olishni, harakatlar
izchilligi va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi.
О‘yinlarning mazmunini, butun о‘yin vaziyatini, uning qoidalarini,
personajlar harakatini mustaqil tushuntirish, bolalarning joylashish о‘rnini, о‘yin
atributlarini va harakat yо‘nalishlarini fazoviy iboralarni ishlatgan holda kо‘rsatish,
о‘tkazilgan о‘yinga baho berish bolalarning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Harakatli о‘yinlar katta yoshidagi bolalarda ijodiylikni rivojlanishi uchun
qulaylik yaratadi. Bunda bolalar eshitgan ertaklari mazmuni asosida kichik
о‘yinlarni о‘ylab topishlari mumkin bо‘lgan harakatli о‘yinlar о‘z mazmuni va
shakliga kо‘ra estetik faoliyat hisoblanadi. О‘yin harakatlarining rang-barangligi
ularni bolalarning aniq chaqqonlik bilan, о‘ziga xos ifodali bajarishlarida aks etadi.
Harakatli о‘yinlarda musiqani qо‘llash ham katta estetik ahamiyatga egadir.
Harakatli о‘yinlarni о‘tkazishda harakatlar gо‘zalligini va madaniyatini
unutmaslik kerak: diqqatni harakatlari birmuncha ifodali bolalarga qaratish,
obrazlarni ifodali, muvaffaqiyatli bera olganlarni rag‘batlantirish kerak.
Buturli emotsional harakatlardan iborat murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat
belgilangan qoidalar asosida tо‘satdan о‘zgaradigan sharoit va vaziyatlarda
bajariladi. Harakatli о‘yin shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish
xususiyatlari bilan farqlanadi.
О‘yin davomida tо‘satdan о‘zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish va
tezkorlik, chaqqonlik (chalg‘itish, «tuzoq»dan qochish kabi jismoniy fazilatlar
namoyon bо‘ladi.
О‘yin paytida bolalar faoliyati obrazli syujet yoki о‘yin vazifalari asosida
tashkil etiladi va bu bolaning jismoniy mashqlarni ishtiyoq bilan va uzoq muddat
bajarishi uchun ijobiy hislar uyg‘otadi. Bu, о‘z navbatida, ularning organizmga
ijobiy ta’sirni kuchaytiradi hamda chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi.
60
О‘yin qoidalariga rioya qilish, axloqiy fazilatlar (о‘zaro yordam, ongli
intizom va h.k.)ni tarbiyalashga yordam beradi. О‘yin faoliyatida majmua
harakteriga ega turli harakatlar uyg‘unligi (yugurish, sakrash va h.k.) kо‘riladi.
О‘yinlardan, ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib
boriladigan ishda foydalanish yaxshi natijalarni beradi.
Harakatli о‘yinlar muhim ahamiyatga ega bо‘lgan kompleks ta’lim-tarbiya
jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati
jismoniy
rivojlanishga,
harakat
kо‘nikmalari va jismoniy sifatlarning
shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional
quvnoqlik tuyg‘ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy
ta’sir etadi. Harakatli о‘yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va
metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab о‘tilgan vazifalarni samarali hal etishga
yordam beradi.
Harakatli о‘yinlarni о‘tkazishda erishiladigan sog‘lomlashtirish samarasi
bolalarning о‘yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi
ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog‘liqdir. Emotsional kо‘tarinkilik
bolalarda barcha uchun umumiy bо‘lgan maqsadga erishishga intilish uyg‘otadi va
u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning о‘zaro mosligida, fazoda va о‘yin
sharoitlarida aniq mо‘ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda
bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga erishishiga nisbatan kuchli
ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli tо‘siqlarni yengib о‘tishga yordam
beruvchi irodaning roli oshadi.
Harakatli
о‘yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat
kо‘nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bо‘lib
xizmat qiladi. О‘yin jarayonida bola о‘z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas,
balki maqsadga erishishga qaratadi. U о‘yin shartlariga muvofiq harakat qiladi,
bunda chaqqonlik kо‘rsatadi va shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning
uchun masalan, «Bо‘ri jarlikda» о‘yini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni
bilib olganlaridan keyin beriladi.
Harakat faoliyati sifatida harakatli о‘yin muayyan maxsus xususiyatlarga
ega. U boladan signal va о‘yinda tо‘satdan bо‘ladigan о‘zgarishlarga tezda javob
berishni talab qiladi. О‘yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar mushak
tarangligi darajasining о‘zgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan, «Tuzoq»
о‘yinida har bir bola boshlovchi harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim:
boshlovchi unga yaqinlashganda qarama-qarshi tomonga shitob bilan qochib
о‘tadi; о‘zini xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib, tо‘xtab turadi; boshlovchi
yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi.
Deyarli har bir harakatli о‘yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid
signallar mavjud. Bunday faol harakat faoliyati bola qо‘zg‘alish va tormozlanish
jarayonlarini takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimni mashq
qildiradi, shuningdek, kuzatuvchanlik, topqirlik, о‘zgaruvchan atrof-muhitda
mо‘ljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan qutilish yо‘lini topish, tezda
qaror qabul qilish va uni amalga oshirish, botirlik, chaqqonlik, tashabbus
kо‘rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.
61
Harakatli о‘yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib
taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog‘liq
ovunmachoqlar, ermak о‘yinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattaroq
yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bо‘lgan (о‘z ichiga
bolalarni rom qiluvchi о‘yin boshlanmalari, xirgoyilari, sanashmachoqlarni
oluvchi) xalq о‘yinlari katta о‘rin olgan. Bularning hammasi hozirga qadar badiiy
jozibadorligi, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda va qimmatli о‘yin folklorini
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |