28
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta’minotini
jadallashuvi,
tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma’lumotlarni muntazam yig`ib borilishi,
uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi
kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi. Axborot
jarayonlarini avtomatlashtirish kompyuter texnikasini joriy etishga, ma’lumotlarni
yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uning
asosida ma’lumotlarni berish
avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza
qilish faoliyati axborot ta’minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal
etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega
kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati faqat chuqur maxsus
bilimlar orqali ta’minlanadi.
Axborot inqilobi hayot faoliyatining barcha tomonlariga ta’sir qiladi.
Kompyuter tizimlari: “do`stona interfeysli” kompyuter bil
an
ishlashda abonentlar
videokanal bo`yicha virtual hamsuhbat ob’yektni ko`radilar, ular bilan tabiiy nutq
tilida, audio va videotushuntirishlar, maslahatlar, yo`l-yo`riqlar ko`rsatib, muloqot
qilish mumkin bo`ladi. Shaxsiy kompyuterdan faol foydalanuvchilarlarning
asablariga salbiy ta’sir etadigan “kompyuter yolg`izligi” yo`qoladi.
Eng muhimi o`qitishning avtomatlashtirilgan tizimlari: teskari videoaloqada
abonent, o`quvchining psixologiyasi, tayyorlanganligi, zehnliligini nazarga
oladigan shaxsiy virtual o`qituvchi bilan muloqot qiladi. Hozirda masofadan turib
ta’lim berish usuli qo`llanmoqda, ammo axborotni tinimsiz va tobora jadal ortib
borayotgani mavjud bilimlarni yoshlar yoki ta’lim oluvchilar ongiga singdirish,
tajriba va bilimlarini yuksaltirishda qo`shimcha chora-tadbirlarni talab etadi.
Savdoda har qanday tovar savdo yorlig`iga biriktirilgan
magnit kodi bilan
emas, balki aktiv kompyuter jadvalchasi bilan birga ilova qilib qo`yiladi, bu
jadvalga haridor masofadan turib murojaat qiladi va unga zarur hamma
ma’lumotlarni beradi: nima, qayerda, qachon, qanday, qancha va qaysi narxlarda,
va hokazo.
Bunday virtual tizimlarni yaratish uchun zarur bo`lgan texnik ta’minotlar
taxminan quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
-
arzon, oddiy, ixcham kompyuterlardan; multimedia vositalaridan;
-
kompyuterni bir-biri bilan va tarmoq bilan aloqasi uchun miniatyur qabul
qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmalar;
-
taqsimlangan keng polosali aloqa kanallari, tarmoqlar va shu kabilar
bo`lishi mumkin.
Ko`rsatilgan tashkil etuvchilarning hamda ularning eng oddiy timsollarini
yaratish uchun ko`plab dastlabki shart-sharoitlar hozirdanoq mavjuddir.
Lekin
muammolar ham mavjud. Ularning eng dolzarblaridan bizning har birimizning
butun shaxsiy hayotimiz ommaviy, barchaga taalluqli mulk bo`lib qolmasligi
uchun ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligidir. Bu borada axborot
xavfsizligini quyidagicha tushinish mumkin. Mentalitetimizga yod bo`lgan
buzg`unchi axborotlarni global tarmoq orqali bostirib kelishi va jamiyatimiz
azolarini, ayniqsa yo
sh avlodni ma’naviy zararlashidir.
Axborot hurujlarining
aynan shu usuli g`araz niyatli dushmanlarni ko`proq jalb qiladi, chunki yadro
29
bombasidanda xavfli bu qurol ekologik muammolarni keltirib chiqarmaydi.
Shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarni xavfsizligi ham m
uhim masaladir, garchi
mamlakatimizda ishonchli himoyalangan axborot tarmoqlari tashkil etilgan va
rivojlantirib kelinmoqdaki, axborot tizimlarining yanada
rivojlanishi bundanda
kiber bardoshli himoya uslublarini ishlab chiqish undashi taxminlardan holi emas.
Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash lozimki, axborot tizimlarini tobora rivojlanib
borayotgan davrida, bu yutuq va yangiliklar bilan bir qatorda mavjud xavf-
xatarlarga ham texnik-dasturiy, ham mustaxkam milliy mafkuraviy immunitet
hosil qilish bilan doimo tayyor turmog`imiz, sergaklikni unutmay, dunyo
sivilizatsiyasida muhim o`ringa ega bo`la oladigan yoshlarni, yuksak salohiyatli va
bilimli, eng asosiysi, yuksak ma’naviy insonlar qilib tarbiyalamog`imiz shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: