235
Mbit/s gacha bo’lishi kerak. Videosignallar xar doim juda ko’p ortiqcha axborotga
ega, shuning uchun siqish jarayoni o’tkazish yo’lagi kengligini 200, 100 yoki xech
bo’lmaganda 10 barobar qisqartirish imkonini beradi.
Siqish vositalarini kombinasiyalash va integrallash mumkin bo’lishi
uchun
standartlar kerak. Oxirgi vaqtda bunday standartlar paydo bo’la boshladi va bozor
bu standartlar talabiga javob beradigan darajadagi apparat va dasturiy ta’minotlar
bilan to’lib boryapti. H.261 siqish spesifikasiyasiga ITU
-
T qo’mitasining JPEG,
MPEG
–
1, MPEG
–
2, MPEG
–
3, MPEG
–
4 standartlari kiradi.
Tarmoq muhiti resurslardan
–
multimediani dasturlash vositalari,
jamlagichlari avtomatik ravishda almashadigan qurilmalar, videoserverlar, arxiv va
pereferik qurilmalardan xamkorlikda foydalanish imkonini yaratib beradi.
Tashkilotning butun masshtabida multimedia ilovalarini ishlashini ta’minlash
uchun keng o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan lokal tarmoqdan, unga mos ravishda
tarmoq operasion tizimidan, hamda qo’shimcha
dastur va videoserverlardan
foydalaniladi.
Zamonaviy lokal tarmoqlardan Ethernet, Token Ring yoki FDDI bitta
foydalanuvchi hisobidan o’tkazish qobiliyati cheklanganligi, hamda tarmoqdan
axborotni uzatish vaqtida ushlab qolinish borligi va ushlab qolinishning vaqtini
o’zgarishi mumkinligi uchun foyd
alanilmaydi. Bir xil ilovalar,
masalan
videokonferensiya va kollektiv ishlash vositalari, qatnashish uchun ko’p
foydalanuvchilarni jalb qilishi mumkin, bu esa o’tkazish qobiliyatining o’zaro
munosabati muammosini va servisning sifatini yanada qiyinlashtiradi.
Multimedia vositalarining o’qitish va o’yin ko’rinishida ishlashi uchun bitta
foydalanuvchi uchun axborot o’tkazish yo’lagi 1,5 dan 6 Mbit/s gacha va
videokonferens
–
aloqa uchun
0,4 dan 0,7 Mbit/s gacha bo’lishi kerak. Bu shuni
bildiradiki, o’qitish va o’yin xarakterida ishlatilayotgan o’tkazish qobiliyati 10
Mbit/s bo’lgan lokal tarmoqning 50% bir vaqtning o’zida 1 dan 4 tagacha
foydalanuvchiga xizmat ko’rsatishi mumkin, videokonferens –
aloqa ilovalarida
esa 10
–15 ta foydalanuvchiga xizmat ko’rsata
di. Bundan kelib chiqadiki, bugungi
lokal tarmoqlar mikrosegmentlarga bo’linadi.
Fast Ethernet yoki FDDI lokal tarmoqlarida foydalanuvchilar sonini 10
–
40
va 100
–
150 gacha oshirish mumkin, lekin bu ko’rsatkich ham o’rta o’lchamdagi
korxonaning tarmoq masshtabidagi talabini qondirmaydi. Lokal tarmoqning yangi
texnologiyasi
–
asinxron uzatish rejimi (ATM)
–
xar bir foydalanuvchi uchun
o’tkazish yo’lagining kengligini 52, 100 yoki 155 Mbit/s gacha va’da qiladi. Bu
ko’rsatkich korxona masshtabida multimediani qo’llash imkonini beradi. Masalan,
o’tkazish qibiliyati 2 Gbit/s bo’lgan konsentrator 1,5 Mbit/s
tezlikdagi MPEG
-1
standartida axborot uzatayotgan 1333 ta foydalanuvchiga, yoki
o’tkazish yo’lagi 6
Mbit/s bo’lgan
MPEG-
2 formatini qo’llayotgan 333 ta foyd
alanuvchiga, yoki
o’tkazish yo’lagi 384 Kbit/s bo’lgan
videokonferensiyaning 5200 ta
foydalanuvchisiga xizmat ko’rsatadi.
Ushlab qolinish qiymatining o’zgarishi. Lokal tarmoqning ko’p
texnologiyalari multimedia bilan ishlashga yaroqsizdir, chunki ulardagi ushlab
qolinish qiymati o’zgarib turadi. Natijada real vaqt rejimidagi vizual axborotni
uzatish yolg’on tasvir paydo bo’lish muammosiga duch keladi.
Lokal tarmoqda
236
ushlab qolinish qiymatining o’zgarishini kamaytirishning usullaridan biri
videotrafikka nisbatan yuqori prioritet berishdir. Bu usul video/multimedia
maxsulotlarining lokal tarmoqning mijoz/server tizimlari uchun foydalaniladi.
Ammo bu usulni qo’llashdan olingan sifat darajasi birmuncha pastroq bo’ladi,
shuning uchun ShKda o’tkaziladigan deyarli
xamma multimediali ko’rsatuvlar
CD-ROMning lokal diskiga asoslanadi. Bu muammoni
yechish uchun lokal
tarmoqning loyihachilari izoxron kanallarga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega
bo’lgan (ya’ni, aniq o’tkazish yo’lagiga ega bo’lgan ajratilgan kanal rolin
i
bajaruvchi axborot uzatish liniyalarini o’zaro hamkorlikda ishlatish) yangi
texnologiyalarni ishlab chiqishdi. IsoEnet (IEEE institutning 802.9/802.9a
spesifikasiyasi) va FDDI-
II ko’rinishidagi lokal tarmoqlar mos ravishda o’tkazish
qobiliyati 6 Mbit/s b
o’lgan 1 dan 16 tagacha kanalni taqdim etadi. Bu holatda ular
orasidagi raqiblik mavjud bo’lmaydi va multimedia rejimi tabiiy holatda, ya’ni
bitlarni uzatishda doimiy tezlikka ega bo’lgan signallar ko’rinishida ishlaydi.
IsoEnetni ATM texnologiyasi yo’lida
gi oraliq variant deb qabul qilish kerak,
chunki uning paydo bo’lishi o’tkazish yo’lagi va ushlab qolinish vaqtini
almashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammoni hal qildi. Bu tarmoqning foydasiga
shunday fakt aytadiki, u ISDN tarmoqlarida qabul qilingan sozlash konsepsiyasiga,
zaxiralashga va o’tkazish yo’lagini bo’shatishga asoslanadi.
Ular ISDN bazasida
ishlab chiqarilgan, ATM rejimida ishlatiladigan konsepsiyalarga kelishilgan holda
muvofiqlashgan.
ISDN (
Integrated Services Digital Network
–
turli xil xizmatlarni taqdim
qiluvchi raqamli tarmoq) tarmog’ining nomi raqamli xizmatlar to’plamiga tegishli.
ISDN tovush, axborot, matn, grafik tasvir, musiqa, videosignal va turli xil
ma’lumotlar mavjud bo’lgan telefon tarmog’idan oxirgi foydalanuvchi
ga uzatish
uchun va oxirgi foydalanuvchining biror bir terminalidan qabul qilish uchun
telefon tarmog’ini raqamlashtiradi.
IsoEnet va FDDI-II da izoxron kanallarning,
hamda ATM muhitida aloqa
liniyalarini kommutasiyalashda shaxsiy imkoniyatga egaligining borligi birinchi
navbatda lokal tarmoqlarni global muhitga birlashtirishda kerak bo’ladigan
multimediani va masofadagi lokal tarmoqni qo’llab quvvatlaydigan vositalarni
tanlashda inobatga oladi.
Tarmoqlararo birlashtiruvchi apparat vositalari (ko’priklar,
marshrutizatorlar,
serverlar) va ularga muvofiq bayonnomalar bir necha yillardan beri ma’lumotlarni
paketlar ko’rinishida uzatish ilovalari bilan to’liq muvofiqlashishini
optimallashtiryapti. Aloqa kanallarining buferlarini, shinalarini va yuklamalarini
b
oshqarish funksiyasining zamonaviy ko’rinishi tarmoqlararo birlashishdagi
ushlab
qolinish vaqtining yanada ko’p o’zgaruvchanligiga sharoit yaratib beradi.
Multimedianing infrastrukturasiga tegishli bo’lgan muammolar orasida
tarmoq operasion tizimlari tomo
nidan qo’llab quvvatlashni va videoserverlarni
qo’llashni ajratib ko’rsatish mumkin.
Tarmoq
operasion tizimiga kelsak, video- va multimedia- ilovalari uchun
optimallashgan API- interfeyslarini, masofada turib chaqirish muolajalarini va
boshqa dasturiy vositalarini ishlab chiqish zarurdir.
237
Multimedia funksiyalarini qo’llaydigan videoserver texnologiyalar ishlab
chiqarish ishini avtomatlashtirish va ishchi guruxlarning faoliyatida muhim
ahamiyatga ega. Axborotni o’zaro birga ishlatishda, uni uzatishda va ma’
lumotlar
oqimiga prioritetlar ta’yinlashda effektiv vositalarni ta’minlab berish uchun
multimedia ma’lumotlarini saqlash va ajratish mexanizmi talab qilinadi. Hozirgi
vaqtda so’rov bo’yicha videoaxborotni taqdim qiladigan
katta videoserverlar
yaratilgan.
Korporativ tarmoqda interaktiv imkoniyatlarni qo’llaydigan xuddi shunday
videoserverlardan foydalanilyapti. Videoserverlar IBM, Hewlett-Packard va
Network Connection kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilyapti. Network
Connection kompaniyasi operasion tizim sifatida Microsoftning Windows NT
Advanced Serverdan foydalanadigan Video Compression Station ishchi
stansiyasini va Symmetric Multiprocessing M2V Multimedia Video Superserver
serverini ishlab chiqaradi. Fayllar siqiladi va 30 kadr/sda
tezlik bilan uzatiladi;
bunda 1 dan 5 Mbit/sgacha diapazonda MPEG-
2 siqish vositasi qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: