Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Muammolarni aniqlashtirish



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Muammolarni aniqlashtirish
Strategik rejani ishlab chiqishda birinchi qadam havzadagi 
suv va yer resurslarini boshqarish bilan bog‘liq muammolarni 
hamda mazkur masalada havzada amalga oshirilayotgan faoli
-
yatlarni aniqlashtirishdan iborat. Bunda samarali usullardan 
biri tizimlashtirish, ya’ni “scoping” usuli hisoblanadi, biroq 
bunda ta’sirlarni dastlabki baholash kabi boshqa usullardan 
ham foydalanish mumkin. Asosiy maqsad mavjud muammolar 
to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish, ularning dolzarblik 
darajasini, kimlarga ta’sir etayotganligini hamda qisqa muddat 
ichida yechimlari bo‘yicha natijaga erishish ehtimolini baholash
-
dan iborat. Quyida Orol dengizi havzasida joylashgan mamlakat
-
larning havzaviy strategiya ustida ishlash tajribasi misol tariqa
-
sida yoritilgan.
Orol dengizi havzasi: Uzoq muddatli strategik rejalashtirish. 
Sobiq Sovet ittifoqi davrida Orol dengizi havzasi 


156
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
integrallashgan iqtisodiy birlik sifatida boshqarilgan. Mustaqillik 
davriga kelib integrallashgan iqtisodiy tizim parchalandi va 
havzada joylashgan har bir mamlakat o‘zlarining iqtisodiy 
taraqqiyotidagi ustuvorliklarini belgilash barobarida ularning 
muayyan maqsadlari o‘rtasidagi tafovutlar paydo bo‘lganini 
his eta boshladilar. Ushbu tafovutlashuvchi maqsadlar suvga 
bo‘lgan raqobat tangligini keltirib chiqardi. 1992-yilning fevral 
oyiga kelib Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston 
va O‘zbekiston Orol dengizi havzasidagi umumiy manfaat
-
larini e’tirof etgan holda davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan 
suv resurslaridan birgalikda foydalanish va ularni muhofaza 
qilishda hamkorlik qilish hamda davlatlararo suv xo‘jaligi komis
-
siyasi (DSXK)ni tashkil etish bo‘yicha shartnoma tuzdilar. Bu 
komissiya mavjud ikki havza suv tashkilotlarini (Amudaryo va 
Sirdaryo) o‘z tarkibiga oldi. DSXK mintaqada suv resurslarini 
boshqarish sohasida strategiyani shakllantirdi.
Mintaqada egalik va barqarorlikka yondashuv quyidagilarga 
asoslangan: 
- mintaqadagi mamlakatlarning barqarorligi va xavfsizligini 
ta’minlash;
- Markaziy Osiyoda yaqin mintaqaviy hamkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash;
- mamlakatlarda erishilgan natijalarni yanada rivojlantirish;
- donorlarning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga yo‘na
-
ltirilgan ko‘maklari uchun tegishli sharoitlar yaratish;
- mintaqaviy siyosiy va moliyaviy xohishni kuchaytirish;
- donorlarning emas, balki mintaqaviy institutlarning mahal
-
liy institutlarga yo‘lboshchilik qilishini ta’minlash. 
Muzokaralarda ijodiy yondashuv:
- muammoga bog‘langan strategiyalarni qo‘llash, masalan, 
energetikaning suvga talabi, suvga bo‘lgan ekologik talablar; 
- hamkorlikda yutqazadigan tomonlarga rag‘batlantirish 


157
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
yo‘llarini taklif etish;

bahs-munozaralar olib borishning asosiy 
elementlarini qo‘llash: ma’lumotlar oqimi, adolatli yondashuv va 
barqaror jarayon;
- transchegaraviy faoliyatlarda mahalliy yechimlardan 
foydalanish;
- suv resurslarini boshqarish bilan bog‘liq xarajatlarni 
e’lon qilishni yangi moliyaviy mexanizmlarni o‘rnatishdagi 
qadam sifatida qo‘llash;
- boshqaruv dasturlarining vakolati va tizimi;
- hamkorlik va tajriba-bilim almashinuviga rozilik;
- mojarolarning oldini olish tadbirlarini dastur va loyi
-
halarga integrallashtirish;
- mavjud institutlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
- global bilimlar bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash.
Tizimlashtirish, ya’ni “scoping” masalaning barcha jihatlari 
e’tiborga olinganligiga ishonch hosil qilish yo‘lidir. Havza bosh
-
qaruvchilari bu ishni turli usullarda, jumladan manfaatdor to
-
monlar bilan o‘tkaziladigan seminarlar, so‘rovnomalar yoki turli 
guruhlardan hisobot so‘rash kabi usullardan foydalanib amalga 
oshirishlari mumkin. Tizimlashtirish mashqi natijalarini umum
-
lashtirish muammoning miqyosi va davomiyligini, birinchi 
navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar ro‘yxatini, muam
-
moga ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ehtimol boshqaruv bo‘yi
-
cha qabul qilinadigan qarorlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan ekologik siyosat va tartiblarni aniqlab beradi. 
Muammolarni bu yo‘l bilan aniqlash havza boshqaruvchilari va 
manfaatli tomonlarga maqsadga erishish yo‘lida nimalar havza 
boshqaruvi vakolati doirasidayu, nimalar undan tashqarida 
ekanligini aniqlashga imkon beradi. Mazkur yo‘l bilan oldindan 
bajarilgan tizimlashtirish jarayoni ham havza uzoq muddatli 
strategik rejalarini va qisqa muddatli harakatlar rejasini ishlab 


158
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
chiqishda katta foyda beradi. 
Matritsa usuli – havza darajasida suv resurslarini bosh
-
qarish muammolarini baholash, muhimligi bo‘yicha ustu
-
vorligini belgilash va tizimlashtirishning yana bir samara- 
li usuli hisoblanadi. Tizimlashtirish va ranjirlash uslubla-
ridan tashkil topgan va ekologik baholashda qo‘llanadigan 
tezkor usul sifatida bu usul turli muammolarni bir-biriga 
solishtirib, ularning muhimligini baholashga imkon beradi. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish