Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Uzoq muddatli strategik rejalashtirish



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

4.8 Uzoq muddatli strategik rejalashtirish
Uzoq muddatli strategik rejalashtirish havza bo‘yicha suv re
-
surslarini boshqarishning uzoq muddatli maqsadlarini o‘z ichi
-
ga oladi. Strategiyani ishlab chiqish jarayonida mavjud muam
-
molar tahlili, ustuvorliklari va boshqaruv tadbirlarini belgilash, 
sarf-xarajat va ko‘riladigan foydalar hamda xavflarni baholash 
masalalari qamrab olinadi. Strategik rejalashtirish mintaqaviy 
va milliy rivojlanish maqsadlari, siyosati va rejalari bilan uzviy 
bog‘liq holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, strategik reja 
yetarli darajada o‘zgaruvchan bo‘lib, yangi ma’lumotlar va o‘z
-
garuvchan sharoitlar paydo bo‘lgan sharoitlarda moslashtiruv 
uchun qulay bo‘lishi lozim. 
Havzaviy boshqaruv strategiyasi suv resurslarini boshqarish 
bo‘yicha uzoq muddatli maqsadlar va ularni amalga oshirishning 
tegishli mexanizmlarini belgilab beradi. Strategiya odatda o‘n 
yildan yigirma yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallanadi. Strategiya 


153
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
havzaviy boshqaruv bo‘yicha umumiy yo‘nalishlarni belgilab 
beradi va uch yildan olti yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan 
detallashtirilgan havzaviy boshqaruv rejasi yoki harakatlar re
-
jasi uchun asos hisoblanadi. Ayrim hollarda rejalar oldindan 
ma’lum bo‘lmagan voqea-hodisalar yoki siyosiy ustuvorliklar tu
-
fayli o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun rejaga shunday ku
-
tilmagan ta’sirlar va bosimlar sharoitida barqarorlikni saqlash 
imkonini beruvchi bo‘limlarni kiritish tavsiya etiladi. 
Strategiya milliy darajada yoki transchegaraviy suv manbalari 
sharoitlarida mintaqaviy darajada quyidagi asosiy ma’lumot
-
larni inobatga olishi lozim:
• 
Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha siyosat va 
institutsional tuzilmalar;
• 
Suv va yer resurslarini boshqarish muammolarining mo
-
hiyati, turlari, miqyoslari va murakkabliklari;
• 
Umumiy rivojlanish va suv resurslarini boshqarish 
maqsadlari;
• 
Havzadagi iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
• 
Suv resurslarini boshqarish sohasi mutaxassislarining va 
institutlarining strategik davr davomida mavjud bo‘ladigan ta
-
biiy va moliyaviy resurslarni boshqarish salohiyati.
Strategiyalar boshqaruv bo‘yicha eng yaxshi vosita bo‘lgani 
holda ular faqat barcha turdagi manfaatdor tomonlarning faol 
ishtiroki sharoitidagina samarali tarzda ishlab chiqiladi. Ayrim 
mamlakatlarda havzaviy uzoq muddatli rejalashtirish bo‘yicha 
huquqiy asoslar yaxshi rivojlantirilgan. Masalan, Yevropa ham
-
jamiyatida suv qonunchiligi “Water Framework Directive” itti
-
foqiga a’zo bo‘lgan har bir mamlakatda Yevropadagi xalqaro va 
milliy havzalar bo‘yicha havzaviy boshqaruv rejalarini ishlab 
chiqishni talab etadi. 
Muvaffaqiyatli havzaviy rejaning ishlab chiqilishi quyidagi 
asosiy shartlarni o‘z ichiga oladi:


154
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
- Havzadagi suv resurslari bilan bog‘liq mavjud vaziyat
-
ning aniq tahlili;
- Maqsad va kutiladigan natijalarning kelishilganligi;
- Manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilinadigan sse
-
nariylarning taklif etilishi;
- Barcha manfaatdor tomonlarning harakatlari va ustuvor 
maqsadlari muvofiqlashtirilganligi;
- Qaror qabul qilish bo‘yicha tegishli doiraviy asoslar 
belgilanganligi;
- Havzaviy strategiyaning keng qamrovli rivojlanish 
maqsadlari, milliy va mintaqaviy taraqqiyotni rejalashtirish ja
-
rayonlari bilan uyg‘unlashtirilganligi;
- Salohiyatni va jamg‘arma imkoniyatlarini rivojlantirish 
zaruriyatlari ko‘zda tutilganligi;
- Manfaatdor tomonlar, shu jumladan ayollar ishtirokini 
ta’minlash va ularning qo‘llab-quvvatlashiga erishilganligi;
- Strategik rejalashtirish jarayonlariga inson va mo-
liyaviy resurslar ajratilganligi;
- Har bir asosiy tadbir va maqsadlarga erishish muddatlari 
belgilanganligi;
- Strategiyada moliyaviy xarajatlar va ularning manbalari 
ko‘zda tutilganligi;
- Rejalashtirish jarayoniga tegishli ma’lumot va xulosalarni 
ta’minlab beruvchi monitoring va baholash tizimi yaratilganligi.
Havzaviy strategiyani ishlab chiqishning beshta asosiy ele
-
menti mavjud. Ular muayyan sharoitlarga bog‘liq holatda qo‘lla
-
nilishi mumkin:
1. Muammolarni aniqlashtirish;
2. Ustuvorliklarni belgilash;
3. Boshqaruv variantlarini aniqlashtirish;
4. Tadbirlar bahosi va ko‘riladigan foydalarni tahlil qilish;
5. Xavflarni baholash.


155
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Har bir element uchun mafaatdor tomonlar bilan dialog o‘tka
-
zish zarur hisoblanadi va bunda qiziqqan tomonlar va/yoki umu
-
miy jamoatchilik bilan maslahat o‘tkazishning yaxshi tajribasiga 
ega bo‘lish katta ahamiyat kasb etadi. 
Strategik rejalashtirish jarayonining kutiladigan natija
-
si – havzaviy tashkilot yoki real maqsadlarni ko‘zlovchi va bu 
maqsadga qanday qilib, qachon va qayerda erishilishini ifodalov
-
chi havzaviy tashabbusning aniq “nazar”i, ya’ni manzili bayonoti 
bo‘lishi lozim. Strategik hujjat amalda barcha jalb etilgan man
-
faatdor tomonlarning tashabbuslari qanday qilib muvofiqlashti
-
rilishini ko‘rsatuvchi hamda havzada joriy etiladigan qoida va 
tartiblarni talqin etuvchi rasmiy tasdiqlangan boshqaruv rejasi 
ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Bayonotlar barcha manfaatdor to
-
monlar uchun oson topiladigan, tushunarli bo‘lgan formatda 
berilishi kerak. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish