Topshiriq:
Kasb-hunaringiz mavzusida 4-5 maqol yoki she’r ayting.
M U A L L I M L A R G A
Nechog‘ baxtiyorman, ta’zimda shu top
Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam bo‘lardim, qo‘limda kitob
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.
Siz-ku “Alifbo“dan „Qomus“gacha to
Bari-barisini tanitgan ustoz.
Ilk bor Siz ko‘rsatgan duraxshon Zuhro
Bu kun she’rim ichra tashbihdur mumtoz.
Siz mo‘jaz yurakda yo‘qolgan yog‘du
Oqibat quyoshdek socha olur nur.
Buyuklar haqiga qasamyod gap bu
Sizdan boshlanadi asli tafakkur.
Olamda ko‘p erur muborak onlar,
Tabarruk zotlar ham garchand ko‘p erur.
Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar,
Munis muallimlar, Sizga tashakkur.
A. Oripov
o‘qituvchidan ta’lim olgan. Shuning uchun ham xalqimiz yuksak mehr-
muhabbatini, jo‘shqin qalb haroratini “o‘qituvchi” degan so‘zga singdirgan.
O‘qituvchi quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: insoniy g‘oyaviylik,
insoniy e’tiqodlilik, vatanga sodiqlik, yangiliklarni sezish va ularni hayotga
joriy etishda tashabbuskorlik ko‘rsatish, axloqiy poklik va yosh avlodga meh-
ribonlik, oqilona talabchanlik, yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil
birligi, ijtimoiy burchni chuqur anglash, har sohada yosh avlodga o‘rnak
ko‘rsata bilish.
O‘qituvchining jamiyatdagi muallimlik vazifasi ana shu fazilatlarni o‘zida
to‘la mujassam bo‘lishini taqozo etadi.
Topshiriq:
1. Ikki-uchta kasb-hunarni ta’riflang.
2. Nima uchun shu soha, kasb-hunarni tanladingiz? Sababini izohlang.
3. Tanlagan kasbingiz mavzusida rivoyat yoki hikoya so‘zlab berish.
4. Zamonaviy mutaxassis qanday bo‘lishi kerakligini ta’riflang.
GAPDA SO‘Z TARTIBI VA GAP BO‘LAKLARINING
TUSHIB QOLISHI
Biz fikrimizni bayon qilish chog‘imizda zarur so‘zlarni tanlash bilan
birga, ularni muayyan tartibda joylaymiz, chunki so‘zlovchilarning ongida
gap bo‘laklarining tartibi bo‘yicha ko‘nikma mavjud bo‘ladi. Unga ko‘ra
kesim gapning eng oxirida; to‘ldiruvchi to‘ldirilmishdan, hol esa hollan-
mishdan oldin, ega ko‘pincha gap boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan oldin
keladi. Bunday tartib so‘zlashuv va ilmiy uslublarga xosdir. Badiiy va qisman
publitsistik uslubda esa gap bo‘laklari tartibi o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladi.
Gap bo‘laklarining buzilishi esa inversiya deb ataladi.
Inversiya badiiylik, ifodalilik, ta’sirchanlilikni ta’minlash maqsadida
qo‘llanadi.
Biror bo‘lagi yashiringan gaplar to‘liqsiz gaplar deyiladi:
Rahimjon: Ikkovi bir olmaning ikki pallasi!
Odilov: Qo‘ziyev-chi? (A.Qahhor).
Bu o‘rinda Odilovning gapi to‘liqsiz gapdir, unda faqat ega ifodalanib,
boshqa bo‘laklar tushirilgan.
Ba’zan gap bo‘laklari butunlay tushib qolib, gap bo‘laklari bilan gram-
matik jihatdan aloqaga kirmagan so‘zlarning o‘zi to‘liqsiz gapni tashkil etishi
mumkin.
109
108
Do'stlaringiz bilan baham: |