H UQ UQ VA BU RC H Reja: 1. Mavzuga oid matnni ifodali o‘qib, mazmunini kengaytirib yozish.
2. Askarlar faoliyatiga oid tasvirlash asosida bayon yozish.
ILGORLIK FAXR-U G‘URUR, MAS’ULIYAT BAG‘ISHLAYDI Tibbiy xizmat mayori T. Abduxaliqov yurtboshimizning 2010-yil 26-
avgustdagi farmoniga muvofiq II darajali “shon-sharaf” ordeni bilan
taqdirlangan. Yana quvonarlisi, u xizmat qilayotgan harbiy qism jamoasi
2002, 2009 va 2010-yillarda MHX chegara qo‘shinlari orasida eng ilg‘or
qo‘shilma deb e’tirof etilgan. 2009-yil yakuniga ko‘ra “Jangovar xizmatda-
gi namunali xizmatlari uchun” kubogi va vimpeli bilan taqdirlangan.
Zimmalaridagi mas’uliyatni chuqur his qilgan qism shaxsiy tarkibi bor kuch
g‘ayratini davlat chegarasida yuz berishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarlik
holatlarining oldini olish bo‘yicha jangovar vazifalarni sharaf bilan ado
etib kelmoqda.
Ushbu harbiy qismning o‘tgan yilgi ish natijalari ham salmoqli bo‘ldi.
Harbiy qism shaxsiy tarkibi orasida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida
mardlik va fidoyilik namunalarini ko‘rsatgan ko‘pgina harbiy xizmatchilar
davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangani ham bu mas’uliyatli
vazifalar sharaf bilan uddalanib kelinayotganini ko‘rsatib turibdi. Ulardan
biri — shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Nazirjon Egamov
xizmat burchini bajarayotgan vaqtida davlat chegarasini buzuvchilarni
to‘xtatish chog‘ida ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun vafotidan so‘ng
“Jasorat” medali bilan mukofotlangan.
2008-yil 12-noyabr kuni shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy
askar Qutlug‘jon Rahmonov chegara buzuvchilarni to‘xtatish yo‘lidagi
mayli orqali beriladi. Badiiy, so‘zlashuv uslublarida esa bunday kesimlar
nisbatan kam uchraydi.
Topshiriq. Matnni o‘qing. Qanday nutq uslubiga, qaysi sohaga xos
ekanligini aniqlang.
Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchalari
yoki ko‘makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan
tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va
kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir,
mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan
moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II)
oksidi shular jumlasidandir.
Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish
vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush
to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik
hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal
sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda
esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.
Odamzod organik olamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan
evolutsiya jarayonining mahsuli sanaladi. Odamda oliy asab sistemasi bilan
bog‘liq bo‘lgan: 1) aql; 2) idrok; 3) qobiliyat; 4) nutq; 5) mehnat qilish
kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu xususiyatlarning irsiylanishi juda murakkab
bo‘lib, u genetik va ijtimoiy omillar ta’sirida amalga oshadi.